Xavfsizlik qoidalari


V. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ularni



Download 0,53 Mb.
bet33/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

V. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ularni

ekspluatatsiya qilish

39. Elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hisob-kitob qilish uchun iste’molchilar majburiy tartibda Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bilan, 750 kVA va undan Yuqori quvvatga ulangan iste’molchilar esa — Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlash-tirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan ko‘p funksiyali elektron hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.

40. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning

avtomatlashtirilgan tizimlari ko‘rsatkichlarning buzilishidan, inson omilining ta’sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

41. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning

avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari bo‘lmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga hamda iste’molchilar va subiste’molchilarning elektr tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.

42. Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minoti-ning bitta manbaidan ta’minlanganda tegishli hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun alohida o‘rnatilishi lozim.

43. Hisobga olish priborlari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va

energiyani o‘lchash vositalari, shuningdek jamlovchi qurilmalar hamda iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o‘rnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi kerak.

Hisobga olish priborlari, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, Iste’molni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va tizimlari o‘z balansida bo‘lgan korxona javob beradi.

Elektr energiyasini texnik hisobga olish (elektr energiyasi sarfining

belgilangan me’yorlari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, ko‘p energiya sarflaydigan agregatlarda, texnologik liniyalarida, binolarda, alohida ob’ektlarda o‘rnatiladi.

44. Ko‘p xonadonli uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish

maqsadida hisobga olish priborlari har bir xonadon uchun maxsus ajratilgan joylarda o‘rnatiladi.

Har bir xonadonga o‘rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy

ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlari o‘rnatiladi.

45. Hisobga olish priborlari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo‘ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchining mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslashidan o‘tkaziladi va o‘rnatiladi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va plombalanadi.

46. Hisobga olish (tok va kuchlanishni o‘lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yo‘qolishi) iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda hisobga olish priborlarini almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslashidan o‘tkazish va o‘rnatish, shu jumladan ulash bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasining xizmatlariga haq to‘lash iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

47. Iste’molchi o‘lchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz

ekspluatatsiya qilinishini hamda o‘z balansida bo‘lgan va o‘zi foydalana-digan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini ta’minlashi shart.

SHartnoma bo‘yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuv-chi iste’molchi sifatida jismoniy shaxs ish ko‘rgan taqdirda, elektr tarmoqlarining, shuningdek elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yuklanadi, ushbu Qoidalarda belgilangan holatlar bundan mustasno.

48. Hisobga olish priborlarida:

kojuxlar mahkamlangan joyida, to‘lov hisoblagichlari bilan birgalikda

foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarida esa — alohida ajratilgan joylarda «O‘zstandart» agentligining yoki uning hududiy bo‘linmasining belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak;

hisobga olish priborining klemmnik qopqoqlarida, shuningdek sinov

bloklarida, o‘tuvchi klemmniklar qopqoqlarida, kuchlanishning ajratuvchi o‘lchov transformatorlari simlarida — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning (yoki uning vakolatli xizmatlarining) belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak.

Hisobga olish priborlarini va o‘lchash transformatorlarini vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazish «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili bilan birgalikda iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi kerak.

49. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vakili o‘zida tegishli amal qilish muddati ko‘rsatilgan, o‘z nomi yozilgan guvohnomasi bo‘lgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida, priborning ko‘rsatkichlarini yozib olish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari va sxemalarini to‘sqinliksiz borib ko‘rish huquqiga ega.

50. Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov

transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish faqat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining roziligi bilan amalga oshiriladi.

51. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‘zgartirish yoki uning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ishlarni bajarish uchun iste’molchi, ishlarni boshlashdan oldin, bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ishlarni bajarish davrida elektr energiyasi hisobi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish