IV. Elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik holati yuzasidan tomonlarning javobgarligi
34. Elektr uskunalarining holati, foydalanilishi va ularga xizmat
ko‘rsatilishi yuzasidan iste’molchilar bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi elektr uskunalarining balans bo‘yicha mansubligi bilan belgilanadi va bu elektr ta’minoti shartnomasiga ilova qilinadigan elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligini va tomonlarning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha javobgarligini chegaralash dalolatnomasida qayd etiladi.
Elektr tarmoqlari va uskunalariga xizmat ko‘rsatish chegaralarini va ularning
holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining vakillari tomonidan imzolanadi.
1000 Volt va undan Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgarlik chegaralari:
yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan elektr uzatish havo
liniyasining o‘tish izolyatori ulanmasida va simning ochiq taqsimlash qurilmalari izolyatorlari portal tortiladigan shodasining taranglovchi qisgichidan chiqishda;
elektr uzatishning ta’minlovchi yoki chiquvchi liniyalarini kabelli yoki havodagi kirish simlari ulanish uchliklarida belgilanadi. Bunda oldingi jumlada keltirilgan ulanmalarning holati uchun podstansiyani ekspluatatsiya qiluvchi korxona javob beradi.
Turli tashkilotlarga tegishli, (yopiq yoki ajratgichlar orqali) tarmoqlangan simlarga ega bo‘lgan 1000 Volt va undan Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish yuzasidan javobgarlik chegarasi asosiy liniyaning tarmoqlanish qilingan tayanchida belgilanadi. Asosiy elektr uzatish liniyasi tasarrufida bo‘lgan korxona tarmoqlangan simlarni ulovchi qisqichlarning holati uchun javob beradi.
1000 Voltgacha kuchlanishli elektr qurilmalarining holati va ularga xizmat
ko‘rsatish uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi:
havodagi tarmoqlanishda — bino yoki quvur tayanchida o‘rnatilgan birinchi
izolyatorlarda;
kabel bilan kiritishda — binoga kirish joyida ta’minlovchi kabelning
ulanish uchliklarida belgilanadi.
Bunda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga, muassasalarga va boshqa
noishlab chiqarish iste’molchilariga tegishli uylardagi elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasidagi ulanmalarning holati uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi javob beradi.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish xususiyatlariga ko‘ra
javobgarlikning boshqa asoslangan chegaralari ham belgilanishi mumkin.
35. Iste’molchi elektr qurilmalarning texnik holati va Iste’molchilar-ning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi, elektr energiyasining oqilona sarflanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimlari bajarilishi, elektr energiyasi sifatining ta’minlanishi, shuningdek «O‘zdavenergonazorat» DI ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
36. Iste’molchi yuridik shaxs sifatida tugatilgan taqdirda uning elektr
qurilmasiga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi etkazib berish taqiqlanadi.
Agar elektr energiyasi etkazib berish to‘xtatilmagan bo‘lsa, u holda buning oqibati uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
37. Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish
qoidalarida va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida hisobga olinmagan ishlab chiqarishning va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishning o‘ziga xos (er osti, portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqa) shartlari mavjud bo‘lganda, iste’molchilar ushbu elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma-larga ega bo‘lishlari shart.
38. Iste’molchi elektr tarmoqlarining texnik holatini ta’minlash bo‘yicha ekspluatatsion harajatlar uchun subiste’molchilar, iste’molchi bilan subiste’molchi o‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma bo‘yicha elektr energiyasining umumiy hajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq to‘laydilar.
Ekspluatatsion harajatlarni subiste’molchiga beriladigan elektr energiyasi tarifiga qo‘shishga ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |