OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR VA PLAKATLAR
TAQIQLOVCHI PLAKATLAR
KO‘RSATMALI PLAKATLAR
KO‘RSATUVCHI PLAKATLAR
13-Amaliy ish
Elektr energiyadan foydalanish qoidalari
Bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan
tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida elektr energiyasini etkazib berish,hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga
oshiriladi. Namunaviy shartnoma shakli qonun hujjatlariga muvofiq «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda «O‘zdavenergonazorat» DI deb ataladi) tomonidan tasdiqlanib, sungra o‘rnatilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Iste’molchi va elektr ta’minoti korxonasi o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
shartnoma mavzusi;
iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va elektr energiyasi sifati
ko‘rsatkichlariga rioya qilish bo‘yicha tomonlarning shartlari va majburiyatlari;
elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligi hamda elektr tarmoqlari va
elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish chegaralari;
hisobga olish priborlarini o‘rnatilgan joyi;
iste’molchilarning elektr energiyasi uchun haq to‘lash bo‘yicha tarif guruhlari;
foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, uskunalar va priborlarning zarur exnik
holatini va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shartlar;
iste’molchilarni, subiste’molchilarni elektr tarmog‘iga ulash tartibi
(iste’molchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);
elektr energiyasini texnologik yoki avariyaviy bron darajasigacha etkazib
berishning eng kam hajmi (faoliyat xususiyatlari, asosiy mahsulotni ishlab chiqarishning, ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va mazkur iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan kelib chiqib majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar uchun);
tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
fors-major holatlari;
tomonlarning rekvizitlari.
Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki amal
qilish muddatini uzaytirish masalalarini hal etishda tomonlar qonun huj-jatlariga, shuningdek mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
Subiste’molchilar elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga binoan iste’molchilar bilan tuzadilar.
4. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun «O‘zstandart» agentligi yoki uning o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari qo‘llanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan birgalikda
iste’molchilar iste’mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi hisobga olish priborlarining (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo‘lganda hisobga olish priborlarini ulash sxemasini tekshirib ko‘rishi kerak.
Aholida Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga ko‘ra maishiy iste’molchilarning hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini birgalikda yozib olish, zaruriyatga qarab, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari xohishi yoki iste’molchilar buyurtmanomalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o‘zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida un besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 2010 yil 17 maydagi 92-son qaroritahririda — O‘R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda)
Bunda elektr energiyasiga tariflar o‘zgargan sanadan qat’i nazar, elektr
ta’minoti shartnomasi o‘z kuchida qoladi va iste’molchi olingan elektr energiyasi va quvvati uchun Yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab u bo‘yicha haq to‘lashga majburdir. (5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-son qaroritahririda — O‘R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda) Bunda iste’molchi, tarif oshirilgan taqdirda, elektr energiyasining to‘lov kunidan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun avans tarzida haq to‘langan miqdori
uchun qo‘shimcha to‘lovlardan ozod qilinadi.
6. O‘z tarmoqlari orqali subiste’molchilarga elektr energiyasini etkazib
beruvchi iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini, subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, elektr energiyasining umumiy (yig‘ma) miqdori bo‘yicha tuzadilar.
7. Iste’molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat
miqdori darajasida, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo‘llanishdan tashqari).
8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchiga (maishiy
iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o‘zaro kelishgan elektr energiyasi etkazib berish rejimiga rioya qilgan holda etkazib berishga majburdir.
9. Sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar
quyidagilarga majbur:
mahsulot birligini ishlab chiqarish, (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan — umumiy ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh bo‘yicha; yillik, choraklik va oylik —progressiv me’yorlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (o‘zgartirilishi) va Yangi texnika joriy etilishi bilan ularni qayta ko‘rib chiqish;
umuman korxona bo‘yicha, shu jumladan ko‘p energiya sarflaydigan uskunalar,
sexlar va iste’molchilar guruhlari bo‘yicha elektr energiyasi balanslarini tuzish hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiya-sidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz sarflanishi va isrof bo‘lishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kelgusi davr uchun elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni va elektr tarmoqlari-ning energiya o‘tkazish qobiliyatini oshirish, elektr ta’minoti sxemalarini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab chiqarishning, bajariladigan ish turlarining mo‘ljallanayotgan prognoz hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi me’yorlaridan kelib chiqib, ularni kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;
mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan
me’yorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
elektr energiyasini tejash bo‘yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. «O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan iste’molchida energiyadan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq) nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo‘yicha
tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aniqlangan elektr energiyasidan nooqilona foydalanish holatlaridan kelib chiqqan holda energiya iste’mo-lining shartnomadagi miqdorini kamaytirishga haqlidir.
10. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish zarur bo‘lganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda, elektr energiyasini uzatishda tanaffus yoki cheklashlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
11. Ob’ektning elektr ta’minoti loyihasida ko‘zda tutilgan, o‘zaro
zaxiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo‘yilishi (sabablaridan qat’i nazar) elektr ta’minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
12. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish sohasidagi
me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq «O‘zdavenergonazorat» DI tomonidan amalga oshiri-ladi.
13. Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste’molchi elektr
qurilmalarining avariya xavfi tug‘diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati aniqlanganda «O‘zdavenergonazorat» DI elektr energiyasi etkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni
foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, elektr energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to‘g‘risida hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
16. Elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning texnik holatiga va ularni
ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi elektr energetikasi sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
17. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Ma’muriy kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchi o‘rtasida tuziladigan elektr ta’minoti shartnomasida belgilab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |