VII. Elektr energiyasi iste’molchilari hamda hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining huquq va majburiyatlari
125. Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining elektr qurilmalarini texnik shartlarga muvofiq hududiy elektr
tarmoqlariga ulash;
sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lgan elektr energiyasi
olish;
elektr energiyasi etkazib berishning to‘xtatib qo‘yilishi sabablari to‘g‘risida
belgilangan tartibda axborot olish;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ular iste’mol qiladigan elektr
energiyasi hajmlarining o‘zgartirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini o‘zgartirish bo‘yicha taklif mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishdan oldin 10 kundan kechikmay (joriy oy tugagungacha) berilishi kerak;
elektr energiyasi to‘liq hajmda etkazib berilmasligi yoki sifat ko‘rsatkichlari
davlat standartlariga muvofiq bo‘lmagan elektr energiyasi etkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi tomonidan
etkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;
elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan
nizolarni hal etish uchun sudga yoki bo‘ysunishi bo‘yicha Yuqori tashkilotga, mansabdor shaxsga murojaat qilish.
Elektr energiyasi iste’molchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-sonqaroritahririda — O‘R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
126. Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagilarga majbur:
elektr ta’minoti shartnomasi shartlarida belgilangan elektr energiyasini
iste’mol qilish rejimiga rioya etish;
elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq, kelgusi hisob-kitob oyi uchun elektr energiyasi va iste’mol qilinadigan quvvat hajmi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash (maishiy iste’molchilardan tashqari);
ishlatilayotgan elektr qurilmalari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr ta’minoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi to‘g‘risida xabar qilish;
elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
«O‘zdavenergonazorat» davlat inspeksiyasining elektr qurilmalarining texnik holati yaxshilanishiga va ishlatishning tashkil etilishiga, shuningdek elektr energiyasidan oqilona foydalanilishiga yunaltirilgan yozma ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;
Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarining talablari bajarilishini
ta’minlash;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga
olish priborlarini ko‘rishiga imkon berish.
Elektr energiyasi iste’molchilari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining talabiga ko‘ra quyidagilarni hisobga olishi va xabar qilishi shart:
iste’mol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi
miqdori;
yagona elektr energetika tizimining eng ko‘p va eng kam yuklamali davrlarida
reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
yagona elektr energetika tizimining eng ko‘p yuklamasining o‘tish davrida aktiv
energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-sonqaroritahririda — O‘R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda)
127. Ob’ektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalaniladigan
iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi uzatish
xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish huquqiga ega emas.
128. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagilarga majbur:
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasi-ga elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan hajmda uzluksiz etkazib berish;
o‘zining elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida elektr energiyasi sifat
ko‘rsatkichlarini davlat standartlarida belgilangan darajada saqlab turish;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;
iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘g‘risida ma’lum qilish;
joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning hajmi va vaqtini ko‘rsatgan
holda, o‘z vaqtida xabar qilish;
iste’molchiga energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi
etkazib berilishini ta’minlash;
iste’molchilarning elektr energiyasining to‘liq etkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa qoida buzilishlari to‘g‘risidagi arizalarini, iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqish, ularni qoida buzilishlarini bartaraf etish va iste’molchi-larga ushbu Qoidalarga muvofiq batafsil javob yuborish;
o‘zining elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida elektr energiyasining texnologik isroflarini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
elektr energiyasining elektr tarmoqlari bo‘linish chegarasida hisobga olinmagan iste’molini aniqlash;
iste’molchilar tomonidan buyurtma berilgan elektr energiyasi hajmini etkazib berishning texnik imkoniyatlarini va ulardagi tijorat hisobini olish tizimlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha xulosa berish;
iste’molchilarning elektr tarmoqlari va qurilmalarini o‘z hududiy elektr tarmoqlariga ulanishi yuzasidan texnik shartlar berish;
iste’molchilarga etkazib berilgan elektr energiyasini belgilangan tartibda hisobga olib borish;
iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh
kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga o‘zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini ko‘paytirish
(kamaytirish) mumkin bo‘lmagan taqdirda — bu haqda, rad etish sababini ko‘rsatgan holda, iste’molchiga xabar qilish;
uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan iste’molchilarga belgilangan tartibda elektr energiyasi etkazib berilishini ta’minlash.
129. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr ta’minoti
korxonasi quyidagi hollarda elektr energiyasini iste’molchiga etkazib berishni belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yishi mumkin va uzib qo‘yish oqibatlari uchun javob bermaydi:
(129-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-sonqaroritahririda — O‘R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda) elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasidagi miqdordan ortiqcha sarflanganda yoki elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimi buzilganda;
elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasisiz iste’mol qilinganda;
«O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlari bo‘lmaganda;
elektr energiyasi (quvvati) uchun elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan
miqdorda va muddatda to‘lov to‘lanmaganda;
elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan
ulanganda yoki quvvat elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan miqdordan oshirib yuborilganda;
(129-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 17 maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010 y., 20-son, 152-modda) elektr qabul qilgichlar hisobga olish priborlaridan tashqari ulanganda yoki elektr energiyasini hisobga olish sxemasi buzilganda, shu jumladan hisobga olish priborlarining va o‘lchash transfor-matorlarining plombalari buzilganda;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili hisobga olish priborlarini
ko‘rishga qo‘yilmaganda.
Elektr manbaidan uzib qo‘yilishi texnogen va avariya oqibatlariga olib
keladigan, o‘ta xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalarida qarzdorlik paydo bo‘lgan taqdirda haq to‘lanmaganligi uchun elektr energiyasi etkazib berishni cheklash, belgilangan tartibda, elektr ta’minoti-ning texnologik va avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, «O‘zdavenergonazorat» DIning yozma
buyurtmanomasiga binoan, elektr energiyasi isrofgarchilik bilan sarflangan hollarda, elektr qurilmalarining avariyaga olib keladigan yoki odamlar hayotiga xavf tug‘diradigan qoniqarsiz texnik holatida iste’molchiga elektr energiyasi etkazib berishni to‘xtatadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha holatlarda yagona elektr energetika tizimi tarmoqlariga qayta ulash va elektr energiyasini etkazib berish iste’molchi tomonidan ushbu bilan bog‘liq harajatlar to‘langanidan keyin amalga oshiriladi.
130. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi:
iste’molchi elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilmay, elektr energiyasi iste’moli yoki quvvatining shartnomaviy miqdoridan oshib ketishiga yo‘l qo‘ygan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvalini bajarmagan sutkalarda past sifatli elektr energiyasi etkazib berilganligi uchun;
zaxira manbaini avtomatik ulash, avtomatik qayta ulash va avtomatik davr-tezlikli o‘chirishlarning ishlash vaqtida elektr energiyasini etkazib berishdagi tanaffuslar uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |