VI. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi
1-§. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
52. Bevosita hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlaridan hamda iste’molchilar yoki subiste’molchilar elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan elektr energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar elektr energiyasining belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflari bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
53. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida iste’molchilarni tarif guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
54. Elektr energiyasiga tariflar bir stavkali va ikki stavkaliga bo‘linadi.
Bunda:
— bir stavkali tarif iste’molchiga etkazib berilgan har bir kVt soat elektr
energiyasi uchun haq to‘lashdan;
— ikki stavkali tarif yagona elektr energiyasi tizimining eng katta yuklam-asida ishtirok etuvchi, buyurtma berilgan har bir kVt quvvat uchun (asosiy to‘lov) va etkazib berilgan elektr energiyasining har kVt soati uchun iste’molchi tomonidan haq to‘lashdan (qo‘shimcha to‘lov) iborat bo‘ladi.
55. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishda, iste’molchida ko‘p tarif-li hisobga olish pribori mavjud bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan tarif qo‘llanishi mumkin. Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning quyidagi davrlarida iste’mol qilingan har bir kVt soat elektr energiyasi uchun haq to‘lashdan iborat bo‘ladi:
yarim tig‘iz davr — asosiy tarif (sutkaning yorug‘ vaqti);
tig‘iz davr — eng Yuqori tarif (yagona energiya tizimining eng katta yuklamali
vaqti — ertalabki va kechki «eng katta miqdor»);
tungi davr — imtiyozli tarif (sutkaning qorong‘i vaqti).
Asosiy tarif (T)ning miqdori iste’molchilarning har bir guruhi uchun
belgilangan tartibda tasdiqlangan tarifga muvofiq bo‘ladi.
56.Bir necha tarif guruhlariga ega bo‘lgan iste’molchilar bilan hisob-kitob-lar, har bir tarif guruhiga o‘rnatilgan hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
57. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar elektr ta’minoti shartnomasiga
muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki iste’molchining o‘zi tomonidan yoziladigan to‘lov hujjatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
58. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berish oldindan to‘langan haq doirasida amalga oshiriladi.
59. Elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisobot davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan miqdorga nisbatan 5foizdan ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilinganda, hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgandan ortiq iste’mol qilingan jami hajm uchun belgilangan tarifning 50foizi miqdorida hududiy elektr tarmoqlari korxonasifoydasiga jarima sanksiyalari to‘lanishi ko‘zda tutiladi.
60. Hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlar yozib olinmagan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, keyinchalik hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchi bilan birgalikda aniqlangan amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilgan holda, elektr energiyasi iste’molining shartnomadagi miqdori bo‘yicha hisob-kitob qiladi.
61. Elektr ta’minoti shartnomasi bo‘yicha iste’molchi sifatida maishiy
iste’mol uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxs ish ko‘rganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi tomonidan u foydalangan elektr energiyasi uchun haq to‘lanmagan taqdirda, elektr ta’minoti shartnomasining bajarilishi bekor qilinishi mo‘ljallanayotgan kundan kamida bir oy oldin iste’molchini ogohlantirgan holda, elektr ta’minoti shartnomasi bajarilishini bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
62. To‘lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish priborlari ko‘rsatkichida
noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, iste’molchi murojaat qilgan kundan boshlab un sutkadan kechiktirmay, hisob-kitobni tekshirishi, zarurat bo‘lganda esa hisobga olish priborini ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.
Hisobga olish priborlarini ko‘rikdan o‘tkazish yoki to‘lov hujjatidagi
xatoliklar to‘g‘risida murojaat qilish iste’molchini to‘lov hujjatidagi to‘lovni belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlaridagi aniqlik chegarasidan og‘ishlar mazkur hisobga olish pribori uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq bo‘lmasa, bunday chetga chiqishlar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlar deb hisoblanadi.
Agar to‘lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish priborini ko‘rikdan
o‘tkazishdan keyin (shu jumladan iste’molchi murojaat qilmasa ham) qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.
63. Hisobga olish pribori iste’molchining aybi bilan buzilgan (plombasi buzilgan, oynasi singan va shu kabilar), hisobga olish priborini ishga tushirish sxemasi o‘zgargan, hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlar ulangan yoki elektr energiyasi boshqacha usulda o‘g‘irlangan hollarda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yishga haqlidir va hisobga olish priborlari
oxirgi marta o‘zgartirilgan yoki ularni ulash sxemasi tekshirilgan kundan boshlab butun o‘tgan, ammo da’vo muddatidan ko‘p bo‘lmagan, davr uchun elektr qabul qilgichlarning ulangan quvvati va iste’molchining elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan ishlash soatlari bo‘yicha energiya sarfini qayta hisoblab chiqishi shart. Bunda hisobga olish pribori ko‘rsatkichini yozib olish ulash sxemasini tekshirish deb hisoblanmaydi.
64. Elektr energiyasi sarfini qayta hisob-kitob qilish iste’molchini elektr
energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
65. Elektr energiyasini hisobga olish iste’molchining aybisiz vaqtinchalik
buzilganda etkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori bo‘yicha, hisobga olish buzilishiga qadar bo‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiri-ladi.
Elektr energiyaning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur.
Agar hisobga olish priborini, ob’ektiv sabablarga ko‘ra, ko‘rsatilgan muddatda (tok transformatorining, hisobga olish priborining yo‘qligi, o‘tib bo‘lmaydigan yo‘llar va shu kabilar tufayli) tiklash imkoniyati bo‘lmasa, iste’molchiga etkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ikki tomonlama bitimi bilan belgilanishi kerak.
66. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasida hisob-kitob
qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani, shuningdek quvvatni hisobga olish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi tarmoqlarining balans bo‘yicha mansublik chegarasida amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarning 68-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
67. Hisob-kitob davrida iste’molchilarga etkazib berilgan elektr energiya-si miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomoni-dan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori o‘rtasidagi tafovut, «O‘zdavenergonazorat» DI tasdiqlagan me’yorlar miqyosida ushbu elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida ularning isrof bo‘lishiga ketgan elektr energiyasi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, hududiy elektr tarmoq-larining davr harajatlariga o‘tkaziladi va yuridik shaxslarning foyda solig‘ini hisoblashda chegirilmaydi.
Mazkur band Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish-ning avtomatlashtirilgan tizimi bilan qamrab olinmagan elektr tarmoqlari-ga nisbatan 2011 yil oxirigacha bo‘lgan davrda amal qiladi.
68. Hisobga olish pribori elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik
chegarasida o‘rnatilmaganda, elektr tarmog‘ining chegarasidan hisobga olish pribori o‘rnatilgan joyigacha bo‘lgan uchastkadagi elektr energiyasining texnologik sarfining hajmi iste’molchi bilan birgalikda hisoblash yo‘li orqali aniqlanadi va elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligiga qarab hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining hisobiga o‘tkaziladi.
69. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bo‘yicha
iste’molchining elektr tarmog‘i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasi-ning elektr tarmog‘iga uzatilganda, iste’molchi tarmoqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, iste’molchining elektr tarmog‘iga kelib tushgan elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda yagona elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o‘tkaziladi.
70. Iste’molchining aybi bilan elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatil-gan elektr energiyasi hajmi to‘liq iste’mol qilinmagan taqdirda, avans tari-qasida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
71. Iste’molchining elektr energiyasi uchun qarzi bo‘lgan taqdirda uning avans
to‘lovi hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yunaltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi.
72. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob
bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini imzolash rad etilgan taqdirda, qarzni undirish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi-ga muvofiq shartnomaviy hajmdan kelib chiqqan holda iste’molchining bankdagi hisob raqamiga to‘lov talabnomasi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
73. Iste’molchi egallab turgan binosidan uni berish, sotish yoki boshqa
sabablarga ko‘ra ko‘chib ketgan taqdirda, u bu haqda hududiy elektr tarmoqlari korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiya-si uchun ko‘chib ketish kunigacha to‘liq hisob-kitob qilishi shart, shundan sung hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ob’ektga elektr energiyasi etkazib berishni to‘xtatadi. Yangi iste’molchini rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
74. Tomonlar, ularning xohish va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib bo‘lmaydigan va oldindan bilib bo‘lmaydigan favqulodda holatlarni o‘z ichiga olgan engib bo‘lmas kuch (fors-major) oqibatida o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javob bermaydi.
75. Agar ko‘rsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta’sir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarining amal qilish, ammo elektr ta’minoti shartnomasining amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lmagan vaqtga uzaytiriladi.
76. Elektr qurilmalari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari
korxonasining elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmog‘idan darhol uzib qo‘yiladi,iste’molchi-dan esa ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste’-molchi rasmiy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘tgan vaqt mobaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) yoki da’vo muddati uchun ulangan elektr uskunalarining belgilangan quvvat bo‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi hisobidan undiriladi.
Bunda ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining undiri-lishi elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
77. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyalari-ni belgilangan tartibda xususiy operatorga o‘tkazishi mumkin.
Elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyalarini bajaruvchi xususiy
operatorlar o‘z faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |