Xavfsizlik qoidalari


XI. Blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar



Download 0,53 Mb.
bet42/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

XI. Blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar

155. YAgona elektr energetika tizimining elektr tarmog‘iga bevosita yoki

iste’molchilarning elektr tarmoqlari orqali ulangan iste’molchilarning elektr stansiyalari blok-stansiyalar hisoblanadi. Ular o‘zaro kelishilgan ish rejimiga rioya qilishlari hamda tizim operatorining va Yuqori operativ-dispetcherlik xizmatlarining ko‘rsatmalari va farmoyishlariga bo‘ysunish-lari shart.

Blok-stansiyalar bo‘yicha elektr energiyasi ishlab chiqarishning yillik hajmlari va blok-stansiyalar tomonidan yagona elektr energetika tizimiga elektr energiyasi etkazib berishning yillik hajmlari «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan blok-stansiya o‘rtasidagi shartnoma bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.

156. «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi elektr energiyasi etkazib berishning shartnomada kelishilgan oylik miqdoriga muvofiq blok-stansiyaga har bir sutka uchun yuklamaning va yagona elektr energetikasi tizimiga elektr energiyasi etkazib berishning jadvalini belgilaydi.

Blok-stansiya tomonidan yuklama dispetcherlik jadvalida belgilangan

miqdordan kamaytirilsa, «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi blok-stansiyaga ega bo‘lgan sanoat va idoraviy iste’molchilar bo‘yicha, blok-stansiya tomonidan yuklama kamaytirilgan miqdorda quvvatga cheklashlar kiritish huquqiga ega, blok-stansiya yuklamasining kamayishiga fors-major vaziyatlari sabab bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

157. YAgona elektr energetika tizimiga etkazib beriladigan, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan iste’mol qilinadigan aktiv elektr energiyasini hisobga olish blok-stansiya tomonidan balans bo‘yicha mansublik chegarasida o‘rnatilgan,

aktiv elektr energiyasini qabul qilish va etkazib berishni alohida-alohida qayd etadigan hisobga olish priborlari bilan amalga oshiriladi.

Blok-stansiyaga tegishli bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarida elektr

energiyasini yagona elektr energetika tizimiga etkazib berishdagi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan olishdagi texnologik sarflari Blok-stansiyaga hisobiga tegishli bo‘ladi.

158. Blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchi hisob-kitoblarni:

«O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan — yagona elektr energetika tizimiga etkazib berilgan elektr energiyasi uchun;

hududiy elektr tarmoqlari bilan — hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan

olingan elektr energiyasi uchun tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.

159. Etkazib beriladigan va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun blok-stansiyalar bilan hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

160. Hisob-kitob davrida yagona elektr energetika tizimiga Blok-stansiyaga aybi bilan to‘liq etkazib berilmagan elektr energiyasi miqdori shartnomada belgilangan elektr energiyasi hajmi bilan yagona elektr energetika tarmog‘iga amalda etkazib berilgan elektr energiyasi o‘rtasidagi tafovut bo‘yicha aniqlanadi.

161. Blok-stansiya fors-major holatlari tufayli elektr energiyasi etkazib berishdagi tanaffuslar uchun javob bermaydi.




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish