Shakl hosil qilishning yangi falsafiy ko‘rinishi
(19 asrdan 20 asr boshlarigacha)
18 asr oxiri 19 asr boshlarida vujudga kelgan sanoat revolyutsiyalari manufaktura ishlab chiqarishni inkor etib, yirik mashina sanoat industrial rivojlanishga asos soldi.
Bu esa, o‘z navbatida fan va texnika taraqqiyotini taqozo etdi. Sanoat inqiloblari bavridan boshlab, dizayn insoniyatning badiiy loyihalash faoliyatida yangicha mazmun kasb eta boshladi. Bu davr dizaynining vujudga kelishida shakl hosil qilishdagi badiiy qarashlar inqirozi sabab bo‘ldi. Yirik sanoatning dunyoga egalik qilish kayfiyati, ayniqsa 1851 yil Londonda tashkil etilgan birinchi jahon sanoati ko‘rgazmasida namoyon bo‘ldi. Aynan shu ko‘rgazma uchun arxitektor D. Panstonning ulkan xrustal saroyi ishlab chiqilgan edi.
Mazkur “xrustal saroy” me’morchilikda inqilob yasadi va bu o‘z navbatida yangicha uslubni vujudga keltirdi. Bu voqea munosabati bila yangicha uslub “san’at va hunar” yo‘nalishiga asos solindi. Uning muallifi angliyalik filosof Jon Reskin bo‘ldi (1819-1900). Bo‘lajak dizayn yo‘nalishining asoschisi deb angliyalik yozuvchi, musavvir, noshir. U.Morris (1834-1896) ni aytish mumkin. Uning taklif va tavsiyalariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishda, badiiy sanat vakillarining qatnashishi shart edi.
U.Morris g‘oyalari asosida Glazgoda, Nansida, Darmshtatda, Venada, Talashkino qishlog‘ida badiiy mahorat maktablari quriladi, tashkil topdi. Aynan shu g‘oyaga ko‘ra AQShda dizaynerlar Charlz, P.Limbert va Elbert Xabartlar tashabbusi bilan hunar va sanoat ishlab chiqarishdagi hamkorlikni ta’minlovchi “missiya stili” yoki “oltin dub” stili vujudga keldi.
Qo‘lbola mahsulotlar ishlab chiqarish juda qimmatga tushardi, ular ayni paytda sanoat mahsulotlari bilan raqobatbardosh bo‘la olmas edilar. Shuning uchun hunarmandlik ustaxonalari asta-sekin tugatila boshlandi. 20 asr boshlariga kelib san’atda sintez harakati avj oldi va bu harakat “Modern” uslubini yuzaga chiqardi. Bu esa o‘z navbatida dizaynni mustaqil yo‘nalish sifatida shakllantirdi.
Modern – (moderne fransuz tilidan olingan bo‘lib, eng yangi, zamonaviy) – Germaniyada “yugendstil”, Avstriyada “sesession”, Fransiya va Belgiyada “Ar nuvo”, Rossiya va Buyuk Britaniyada “modern”, Italiyada “Liberti” kabi nomlar bilan atalib, Yevropa va Amerika san’atida 19 asr oxiri 20 asr boshlarida estetik qarashlardan voz kechib, zamonaviy plastik shakllardan foydalanishni taqozo etadigan yo‘nalishdir. Modern barcha davlatlar uchun harakterli xususiyatlari umumiy holda san’at-sintezi, barcha san’atlar uchun umumiy bo‘lgan shakllar:
- tabiiy shakllarga taqlid qilish;
- tabiiy shakllarga qaytish (bu lozung Xen Ri Val De Velde)ga xosdir.
Modern bu yo‘nalishning yetakchi vakillari: Charlz Renni makintosh (1868-1928), Viktor Orta (1861-1947), xenri Van de Velde (1863-1957), Gektor Gimar (1867-1942), Otto Vagner (1841-1918), Antonio Gaudi (1852-1926), Yozef Xoffman (1870-1956), F.O.Shextel (1859-1926), L.N.Kenushev (1862-1917) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |