O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“XALQARO TURIZM VA TURIZM SERVISI” KAFEDRASI
“MEHMONXONA INTERERI VA LANDSHAFTI” fanidan
O‘QUV MATERIALLARI
1-MODUL. “MEHMONXONA INTERERI VA LANDSHAFTI” FANIGA KIRISH.
1-mavzu: Mehmonxona intereri va landshafti fanining maqsadi va vazifalari
REJA:
Turizm sohasining rivojlanishida mehmonxonalarning to‘tgan o‘rni.
“Mehmonxona intereri va landshafti” fanining maqsad va vazifalari. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
1.1. Turizm sohasining rivojlanishida mehmonxonalarning to‘tgan o‘rni
Mehmonxona sanoati korxonalarining yuzaga kelishi qadimgi Rim bilan aloqadordir (taxminan er.av. 50-yillar). Rim Imperiyasi yirik bo’lganligi sababli amaldor va savdogarlar tez-tez tashqariga chiqib turganlar. Natijada ularni joylashtirish uchun doimiy hovli-joy va tavernalar yuzaga kelgan.
Rim davlatining asosida qatiy sinfiy tizimning mavjudligi joy bilan ta’minlash korxonalari rivojiga ham e’tiborni kuchaytirdi. Xatto davlat amaldorlari yo’lga otlanishdan avval o’z qo’l ostidagilari orqali joylashish o’rnini kelishib olishga odatlandilar.
Qadimgi Rimdagi qo’nib o’tish manzillari asosiy yo’l bo’yida va qishloqlarda joylashgan, faqat qulaylik haqida gap bo’lishi mumkin emasdi. Rim Imperiyasininig qulashi bilan hovli va tavernalar o’z-o’zidan inqirozga uchradi. Faqat 4 asrdan so’nggina, O’rta asr davri (500-1300 y.) boshlangungacha, yangi turda joylashtirish korxonalari yuzaga kela boshladi.
Jahon mehmonxona sanoati rivojiga O’rta asrlarda Angliyada sodir bo’lgan jarayonlar ham o’z ta’sirini o’tkazdi. 1066 yilda Angliyaning istilo qilinishi oqibatida sayohatchilar soni oshdi. Hususiy uylar mehmonxona o’rnini bosdi va hovlilar tijorat korxonasi sifatida qo’llandi. O’rta asrlarda odamlar muqaddas joylarga ko’proq tashrif buyura boshladilar. O’sayotgan talabni qondirish maqsadida turar joylarni kengaytirildi. Uyg’onish davriga kelib esa, Yevropada iqtisodiy o’sish boshlandi, mamlakatlararo aloqalar muntazam yo’lga qo’yildi.
Ingliz hovlilari yog’ochdan qurilgan, yirik sayohatchilar esa toshli qasrlarda va monastirlarda to’xtash unda yashab turishni hohlaganlar, bu joylar qaroqchilar hujumidan ishonchli himoya qilingan. Lekin uyg’onish davrida qirol Genrix VI monastrlarni tarqatib yuborish haqida farmon berganidan so’ng, sayohatchilar hovlilarda qolishga majbur bo’ldilar. Yevropa va Amerika bo’ylab sayohatga chiqa boshlagan inglizlar asta-sekin uy qurish va uni boshqarish sirlarini o’zlashtirdilar.
Bugungi kunda dunyoda 30 mingdan ziyod turli otellar mavjud. Aniqrog’i, bu ko’rsatkich “Reed Travel Grour” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Offical Hotel Guide–96” katalogida ko’rsatilgan. Bu mehmonxonalardagi umumiy nomerlar soni 12 mln. ni tashkil qiladi.
Hozirda jahon bo’yicha mehmonxona o’rinlarning soni 17,5 milliondan ortib ketgan. Ularning 37,8 foizi Yevropada, 35 foizi Amerikada, 22,2 foizi Osiyo va Okeaniyada, 2,8 foizi Afrikada va 2,2 foizi O’rta Sharq mintaqasida joylashgan. Dunyo mamlakatlari bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, mehmonxonalarning aksariyati AQSH, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Meksika, Kanada, Tailand, Gresiya, Avstriya, Indoneziya, Avstraliya, Rossiya, Turkiya va Argentina mamlakatlarida joylashgan. Qolgan mamlakatlarning birortasining egalik qilayotgan o’rinlarining soni dunyo bo’yicha umumiy ko’rsatkichning 1%ga yetmaydi. Inson sayohat qilishni boshlagandan buyon uydan tashqarida qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, boshpana va ovqatlanishga ehtiyoj sezadi. Bunday talablarni qondirish uchun keyinchalik turistik korxona va tashkilotlar paydo bo’ldi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |