2.2. Mehmonxona rivojlanishida landshaft to‘g‘risida tushuncha.
Landshaft termini bizga geografiya fanidan ma’lum. Landshaft dizayni esa bugungi kunda ochiq osmon qurshab turgan kenglikdagi yer, suv, o‘simlik kabi tabiiy unsurlarga ma’lum darajada shakl berib, unga arxitekturaviy formalar yordamida badiiylashgan hamda inson ehtiyojlariga moslashgan makon yaratish san’ati, “arxitekturaviy landshaft” deb nomlangan yangi tushuncha yuzaga keladi.
Landshaft dizayni – ijodiy faoliyat turi bo‘lib, sun’iy muhitni shakllantirish, ko‘kalamzorlarni bezash, geoplastika, kichik arxitektura shakllari, dekorativ qoplamalarni yaratish va vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalanish kabilar bilan shug‘ullanadi.Landshaft dizaynining maqsadi – arxitekturani tabiat elementlari bilan o‘zaro bog‘lashdir.
L andshaft dizayni ob’ektlari – ochiq va usti yopilgan fazolardir. Ularga ko‘cha va maydonlar, kichik rekreatsion (dam olish, hordiq chiqarish) joylar (xiyobon, skver, bog‘lar, yo‘lak va ko‘chalar), turli maqsadga mo‘ljallangan parklar, yashash joylardagi dam olish va xo‘jalik maydonchalari (bolalar, kattalar dam olish va sport maydonlari), turli funksional xonalarning intererlari kiradi.
46-rasm. Landshaftda rangkompozitsiyasiLandshaft dizaynida ham kompozitsiyadagi barcha qonun va qoidalarga amal qilinadi ya’ni masshtab, ritm, metr, kontrast, nyuans, faktura, kompozitsion yaxlitlik, dominant va boshqalar loyihaviy rejalashtirishda inobatga olinadi.
O‘tmishdagi asrlar davomida yaratilgan bog‘-parklarustalari ham o‘z faoliyatlariga tabiatan boshqariladigan va barcha san’at turlariga umumiy bo‘lgan qonuniyatlarga tayanganlar. Bog‘lar yaratilishida arxitektura va tasviriy san’at (jivopis), poeziya va musiqa jammuljam bo‘lib birlashadi va umumiy mazmun kasb etadi. Ammo landshaftni qurish, tizimga solish ko‘proq arxitektura qonuniyatlariga yaqinligi isbot talab qilmaydi. Shuning uchun ham biz atrof-muhit fazosini tabiiy landshaft vositasi orqali tashkillashtirishni bog‘ning landshaft arxitekturasi sifatida e’tirof etamiz.
Landshaft dizaynida loyihaviy ishlarining bajarilishida joy harakteri, regionning milliy an’analari, iqlim, suv, o‘simlik (flora va fauna), relef, moliyaviy talab, dizaynerning mahorati, xullas buyurtmachining didi kabi faktorlarga duch kelinadi. Shuning uchun ham bog‘ yaratish san’ati madaniyatimizdagi eng murakkab yo‘nalish hisoblanadi.
L andshaft loyihasida ikki asosiy izlanish mavjud. Birinchisi – bu yer, suv, o‘simliklar, arxitekturaviy qurilmalar va hokazolar mavjud bo‘lgan hududni yangicha rekonstruksiyalash, unga yangi shakllar kiritish, o‘simlik dunyosini qayta shakllantirish, hududdagi barcha komponentlarni qayta oriyentatsiyalash; ikkinchisi – bu yangi o‘ziga xos rejali hudud bo‘lib, bunda dizaynerdan suv, o‘simliklar, manzarali va mevali daraxtlar, kichik arxitekturaviy formalarni arxitekturaviy-rejalashtirish, xullas “uy va bog‘” yaratish talab qilinadi. XVI asrda ingliz faylasufi Frensis Bekon bog‘ haqida quyidagilarni e’tirof etgan edi: “Bog‘ – insonning maishiy hayotida eng tozasidir. Chunki u inson ruhiyatini tozalaydi, uningsiz qasrlar, binolar inson qo‘li yaratgan qo‘pol qurilmalardir xolos”. Buning bilan biz inson turmush tarzi uchun landshaft arxitekturasida bog‘larning o‘rni, ekologik maqbullik qanchalik muhim ekanligini fahmlab olishmiz mumkin. Qanday bo‘lmasin dizayner o‘z loyihasida qo‘yidagi to‘rt asosiy prinsipni esdan chiqarmasligi kerak: uch o‘lchamli fazo miqyosida fikrlash, qo‘llanilayotgan materiallardan maksimal foydalanish, inson fiziologik talablarini inobatga olish – bunda loyihaviy yechimlarga ilmiy yondoshish, joyning flora va faunasi imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanish.
Loyihalashtiriladigan muhitni yil fasllari, kunning vaqti landshaft xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan boshqa o‘zgaruvchanlikni hamda loyihada ko‘rsatilmagan – suv shildirashi, gullarning xushbo‘y hidi, fontandagi kamalak va uning ranglari va boshqalarni inobatga olish zarur.
47-rasm. Muhitni hajmiy-fazoviyjihatdan shakllantirishLandshaft dizaynining asosiy maqsadi – insonga ochiq muhitni yoqimli qilib, dilga xushnudlik, funksional, estetik va ekologik xususiyatga ega qilib yaratish, bunda estetik faktor asosiy o‘rinni egallaydi.
49-rasm. Landshaft yechimida arxitekturaviy tabiiy va sun’iy elementlarning qo‘llanilishiL andshaft dizayni kompozitsiyasidarelef (geoplastik element sifatida), o‘simlik, suv, havo (asosiy vizual manba sifatida) asosiy elementlar hisoblanadi.Bundan tashqarilandshaft dizaynining asosiy kompozitsion elementlariochiq muhit, o‘simlik, qurilishlar, sharsharalar, ranglar-ning turlichaligi, yorug‘lik, soya, havo vizual perspektivani yuzaga keltiradi.Kuzatish orqali kelib chiqadigan his-xayajonlanish va uning emotsional kayfiyatga ta’siri, masshtab, rang, konstrastlar uyg‘unligi kabi vositalar orqali sodir bo‘ladi. Bu esa kompozitsiyaning asosiy faktorlaridir.
L andshaft dizaynining boshqa san’at turlaridan asosiy farqi:
- landshaft dizaynining asosi bu tabiat (o‘simlik, relef, yer, suv, havo, toshlar va hokazolar)dir;
- landshaft strukturasining asosi – jonli, tabiiy muhit - doimo organizmdagi o‘zgaruvchanlikni sodir bo‘lib turishi.
50-rasm. Manzaraviy landshaft kompozitsiyasiLandshaft dizayning boshqa turli kompozitsiyasi dinamik strukturaga, ya’ni vaqt o‘tishi bilan uzluksiz o‘zgarib turishi bilan bog‘liqdir. Landshaft ob’ekti yaratilish jarayonida landshaftda tabiiy elementlarning sintezi va sun’iy shakllar, ya’ni landshaftning yangi ko‘rinishda paydo bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |