2.1. Mehmonxonalar jozibadorligini oshirishda interer tushunchasining mohiyati
“Interer” so‘zining ifodasi inglizcha “Interior” ya’ni ichki makon muhiti degan ma’noni anglatadi. Intererda tizim (interior system) - hamma bog‘lanishlarning jami va uni aniqlovchilarning mantiqan tuzilishi hisoblanadi. Interer kompozitsiyasi vositasi (interior Arrangement) - makon tizimida va uning jihozlari elementlarida qatnashuvchi materiallarning dekorativ-badiiy xususiyatlari.
O‘lkamiz zamini qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoqboshlangan va asrlar osha hozirgacha davom etib kelmoqda.
Differensial1 – farqlash, moslanish ma’nosida
Amaliy san’atga chuqur falsafiy yondoshish natijasida shartlilik,stilizatsiya - ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o‘zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo‘lganki,hozirda jahonga mashhur me’morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi san’atlarning ajoyib darajada uyg‘unligidan va mujassamligidan iboratdir. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi.Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati insonlarni badiiy axlokiy, umuminsoniy hislatlar darajasida tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy saviyalarini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o‘tmishda o‘zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, buyrachilik,zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun jaxonga dong‘i ketgan.
Dastlab O‘rta Osiyo me’morchiligida IX-XII asrlarda jamoat binolarining ichki va tashqi devorlaribezagida pardozlangan bezakli g‘ishtlardanfoydalanila boshlandi.Intererdagi kompozitsiyalarda devor yuzasi bo‘ylab g‘ishtlar archasimon, shaxmat taxtasi yurishi yo‘nalishida, juft-juft qilib terilgan.
XIV asrdan boshlab intererlar monumental naqsh bilan bezatila boshlandi.Ganch devor yuzasiga o‘simliksimon va handasaviy naqshlar yelimli ranglar bilan ishlangan.Bezak kompozitsiyasining ko‘p qismini zarhal yuritilgan naqshlar egallaydi. O‘rta Osiyo me’morchiligida qadimdan to‘sinli shiftlar qo‘llanilgan. To‘sinli shift xona sathining katta-kichikligiga qarab 4,9,12,15 va undan ortiq qismlarga bo‘lingan. Shift yuzasidagi bo‘linmalar oddiy va murakkab ko‘rinishda bo‘lgan.Oddiy bo‘linmalar to‘g‘ri to‘rtburchak , kvadrat tuzilishida, murakkab bo‘linmalar har xil ko‘rinish va kattalikdagi romb, uchburchak, oltiburchakkabi kompozitsiyalar ko‘rinishida yaratilgan. Bo‘linmalarda ko‘p burchakli,turunj, davragul naqshlari ishlangan.To‘sinlar esa asosan madoxil, o‘simliksimon va morpech-o‘rama naqshlar bilan o‘yib bezatilgan. Uylardajihozlarni saqlash uchun taxmon tokchalar o‘rnatish odati qadimdan mavjud. Ularning go‘zal va shinam bo‘lishiga alohida e’tibor berilgan. Tokchalar usti ganchdan jimjimador nafis ravoqchalar shaklida ishlangan. Ravoqchalar atrofiga esa mayda nafis naqshlar o‘yilgan va rangli o‘simliksimon naqshlar chizilgan.
Ustunlar xona intererida konstruksiya vazifasini bajaradi.Ular kaltaroq to‘sinlar bilan maydoni keng xona tomini yopish imkonini beradi. Ustunlar asosan poykursi, ko‘zagi, tana,kalla kabi qismlardan tashkil topadi.Ularning ko‘zagi, kalla qismlariga geometrikhamda o‘simliksimon murakkab naqshlar o‘yib ishlanadi. Shuningdek, ustun qismlari katta yaxlit barg yoki gul naqsh, mayda-mayda o‘yiqchalar, har xil kattalikdagi xalqalar bilan, poyustunlar esa marmar, toshga o‘yib ishlangan islimi va geometrik naqshlar, chiroyli yozuvlar, naqsh-nigorlar bilan bezatiladi.
16-rasm. Kirish eshigida bajarilgan yog‘och o‘ymakorligi namunasiY og‘och o‘ymakorligi o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turlaridan biridir. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib ishlanadi. Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlar xususan qadimgi Sharq antik dunyo mamlakatlari arxitekturasida keng ishlatilgan. Amaliy san’atning ushbu turi XI-XII asrlarda yanada gurkirab rivojlandi. Murakkab naqsh turi bo‘lgan geometrik naqsh, ya’ni girih naqshi yetakchi o‘rinni egalladi. Yog‘och eshiklar asosan “bog‘dodi” ya’ni yuzasiga o‘ymakorlik naqshi solingan va tekis yuzali “uvaydi” turida bo‘ladi. Uvaydining yuzasi zanjira naqsh bilan bo‘linmalarga bo‘linadi. Bo‘linmalar markazida doirasimon va burchaklarida chorak doira naqshlar o‘yib ishlanadi.
17-rasm. O‘ymakorlikda o‘simliksimon naqshning qo‘llanilishiXona jihozlaridan kursi, xontaxta, tagkursi, sandiq va beshiklar o‘zining vazifasidan tashqari xona ko‘rinishiga fayz kiritib, o‘ziga xos go‘zallik bag‘ishlaydi. Ushbu jihozlarning qismlari yuzalariga doirasimon, ko‘p bargli, zarur qismlariga o‘yib mayda naqshlar ishlangan. Yuza atroflari esa zanjira-ingichka yo‘l-yo‘l naqshlar tizimi bilan aylantiriladi.
a
b
v
18-rasm. Buyumlarning yuzasi hamda intererda qo‘llanilgan o‘ymakorlik ishlaridan namunalar: a – quticha va lavh; b – sakkiz qirrali kursi; v – binoning kirish qismi.
R espublikamizda hozirgi kunda qad ko‘tarayotgan zamonaviy arxitektura inshootlari, uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezatishda ham yog‘och o‘ymakorligining go‘zal namunalarini ko‘rishimiz mumkin.
19-rasm. Ganchdan yasalgan qandilG anch o‘ymakorligi san’ati asrlar davomida o‘ziga xos uslublar bilan rivojlanib keldi. Har bir davrda uning o‘ziga xos jihatlari va farqlari sezilib turadi. Qadimgi ganch o‘ymakorligi hajmiy ko‘rinishda bo‘lib, realistik tasvirlar asosida ishlangan. Ularda ko‘pincha odamlar, hayvonlar, qushlar tasviri, o‘simliksimon naqshlar, geometrik shaklli naqshlar ko‘p qo‘llanilgan. Ba’zan esa gorelefli usulda ishlangan ganch namunalarini ham ko‘rish mumkin.
20-rasm. Ganch o‘ymakorliginingintererda qo‘llanilishiX-XI asrlarda naqqoshlik yog‘och, tosh va ganch o‘ymakorligi yanada rivojlandi. Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, har xil geometrik shaklli qilib g‘isht terish keng qo‘llanildi. Ganchkorlikning gullab yashnagan davri XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Uning uslublari, texnikasi ancha murakkablashdi. Rangli ganchlar, bo‘yoqlar, naqsh va tasvirlar, panjarasimon o‘yma naqshning o‘simliksimon, geometrik va ramziy turlaridan tashqari nishon ko‘rinishidagi turlari qo‘llaniladigan bo‘ldi. Ganch o‘ymakorligida asosiy naqsh bo‘lgan hoshiya naqshni bog‘lab turadigan naqsh bu zanjiradir. Zanjira ramka vazifasini bajarib namoyon, tokcha, eshik, deraza va taxmonlarning chetiga ishlatiladi. Panjaralar O‘rta Osiyo me’morchiligida o‘ziga xos harakterga ega bo‘lib, ko‘pincha geometrik va o‘simliksimon naqsh tuzilishida qo‘llaniladi.
Naqsh va bezaklar hunarmandchilik turlaridan sopol, metall buyumlar ishlab chiqarishda ham keng qo‘llaniladi. Kulolchilik Sharqning eng qadimiy hamda navqiron san’atidir. Kulolchilik hunari loydan piyola, kosa, tovoq, ko‘za, lagan, xurmacha tog‘ora, xum, tandir, o‘yinchoqlar, qurilish materiallari va hokazolar tayyorlaydigan soha hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda buyum turiga qarab o‘simliksimon va geometrik naqshlar qo‘llaniladi. Sopol idishlar yuzasiga girih, turunj, baxt girihi, bodom guli kabi naqshlar ishlash keng tarqalgan. Misgarlikda esa geometrik va o‘simliksimon naqsh (sitora, gardish, ishkalak, turunj, chashmi bulbul, qo‘chqorak, pushti baliq) lar juda nozik did bilan ishlanadi.
O‘zbek xalq amaliy san’atining zardo‘zlik, kashtachilik va kigiz bosish, gilam to‘qish turlarida gul, o‘simlik, qush, hayvon tasvirlari hamda o‘simliksimon, geometrik yoki aralash naqshlar keng qo‘llaniladi.
21-rasm. Naqshlarning amaliy san’at turlari bo‘yicha namunalari: a – sopol idishlar; b – misgarlik buyumlari; v – zardo‘zlik; g – gilamdo‘zlik.
Yurtimizda badiiy naqqoshlik san’ati hozirgi kunda ham keng ko‘lamda rivojlanib, hozirgi paytda naqshlardan me’morchilikda, uy jihozlari, mayda yog‘och o‘yinchoqlar, musiqa asboblari, sovg‘alar va turmushda kerakli buyumlarni bezashda foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |