Xalqaro tijorat ishi


Shartnoma xarakati muddati



Download 3,44 Mb.
bet119/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Shartnoma xarakati muddati. Savdogar bilan shartnoma belgilangan va belgilanmagan muddatlarda imzolanishi mumkin. Ikkila holatda ham tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli xarakterdagi munosabatlar nazarda tutiladi. Ma‘lum muddatga imzolangan shartnomada kelishuvlarning xarakat muddati aniq ko‘rsatiladi (1-3 yil). Bunda, qonunga muvofiq, agar tomonlardan biri belgilangan muddat davomida kelishuv xarakati muddati tugaguniga qadar (1 oydan - 3 oygacha) shartnomani buzish yoki uning shartlarini o‘zgartirish haqidagi istaklarini yozma yoki og‘zaki tarzda bildirmasalar, unda shartnoma avtomatik tarzda aniq kelishilgan muddatga yoki aniqlanmagan muddatga cho‘ziladi. Shartnomani belgilanmagan muddatga imzolashda tomonlar faqatgina uning bekor qilinishi tartibini ko‘rib chiqadilar.
Shartnoma bo’yicha savdogarning tovar realizatsiyasi bilan bog’liq majburiyatlari. Shartnomada, odatda, tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdogar majburiyatlarini aniqlovchi va eksport qiluvchi foydasiga uning faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan qator shart-sharoitlar mavjud. Ulardan eng asosiylarini keltiramiz.
Raqobatsizlik haqida izoh. Modomiki, eksport qiluvchi shartnoma bo‘yicha savdogar o‘zining barcha imkoniyatlaridan foylanishidan manfaatdor ekan, kelishuvda tez-tez shunday izoh keltiriladiki, bunda savdogar eksport qiluvchi roziligisiz shartnoma hududiga eksport qiluvchiga raqobatdosh bo‘lgan biron-bir firmani na to‘g‘ri va na egri holda taklif eta olmaydi va eksport qiluvchi tovarlari uchun raqobatdosh hisoblangan tovarlarni sotish bilan shug‘ullanmaydi. Agar eksport qiluvchi, boshqa tadbirkorlar foydasiga shartnoma bo‘yicha savdogar faoliyatini cheklamasa, eksport qiluvchi uni bunday faoliyat haqidagi axborotlarni taqdim etishga majbur qiladi.
Minimal aylanma haqida izoh. Savdogar tomonidan shartnoma bo‘yicha tovarlarni sotishni rag‘batlantirish uchun, odatda, shartnomaga minimal aylanma haqida izoh kiritiladi. Bu izoh savdogar shartnoma bo‘yicha shartlashilgan muddat ichida tovarlarni xarid qilishga majbur bo’ladigan minimal summani ko’rib chiqadi yoki etkazib berish muddati bo‘yicha tovarlarning miqdorini aniqlaydi yoki uning ulushi bozorda belgilangan foizdan past bo‘lmagan miqdorda yoki summada oldi-sotdini amalga oshirishi mumkinligi haqida ko‘rsatmani tashkil qiladi.
Texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qilish. Mashina va uskunalarni sotishda shartnoma bo‘yicha savdogarlarning majburiyatlariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish ham kiradi. U kafolatli muddatlarda shartnoma bo‘yicha savdogar va xaridor o‘rtasida etkazib berish shartlariga muvofiq, xizmat ko‘rsatishni ta‘minlashni, shuningdek, kafolat muddati tugagandan keyin ta‘mirlash ishlarini nazarda tutadi.
Shartnoma bo‘yicha savdogar xaridor oldida mahsulot etishmasligiga javob beradi va ayrim hollarda, qachonki, eksport qiluvchi xaridor oldida mustaqil majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, o‘z nomidan unga kafolat bersa, u xaridor oldida sotuvchi sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, bunday holatda eksport qiluvchi shartnoma bo‘yicha savdogarga kafolat davrida reklamani amalga oshirishni topishiradi. Agar xaridor oldidagi kafolat bo‘yicha majburiyatlarni shartnoma bo‘yicha savdogar olsa, unda tomonlar eksport qiluvchi zaxira qismlarni shartnoma bo‘yicha savdogar ixtiyoriga bepul qo‘yishi va nuqsonlar eskirishi bo‘yicha ishlar qiymati ma‘lum foizlar hisobi bilan qoplanishi haqida kelishib oladilar. Xuddi shu kabi eksport qiluvchining shartnoma bo‘yicha savdogar oldidagi kafolatlari bo‘yicha javobgarligi xajmi ham aniqlanadi. Ko‘pincha tomonlar shartnoma bo‘yicha savdogar eksport qiluvchi tomonidan o‘rnatilgan stavkalar bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘lovini ishlab chiqishi lozimligi haqida kelishib oladilar.
Ba‘zan shartnoma bo‘yicha savdogar bilan texnik xizmat ko‘rsatish haqida alohida bitimlar imzolanadi. Bu xizmatlar quyidagi shartlardan tashkil topgan: mutaxassislarni shartnoma bo‘yicha savdogar ustaxonasiga o‘tkazish haqida; eksport qiluvchining nazoratni amalga oshirish huquqi haqida; eksport qiluvchi tomonidan ustaxonalarga axborot materiallarini uzatish, texnik xujjatlashtirish, etkazib berish shartlari va zaxira qismlarga to‘lovlar yo‘li bilan yordam ko‘rsatilishi.
Reklamaning amalga oshirilishi. Bu shartda shartnoma bo’yicha savdogarga reklamani amalga oshirish bo’yicha majburiyatlar yuklanadi. Bu maqsadga yo‘naltirilgan xarajatlar butunlay shartnoma bo‘yicha savdogar hisobiga tegishli bo’lishi, yoki eksport qiluvchi hisobiga qisman tegishli bo’lishi mumkin. Shartnomada, shuningdek, shartnoma bo’yicha savdogar o’z bozorida reklamaning aynan qanday vositasidan foydalanishlari lozimligi haqida kelishib olinadi. Eksport qiluvchi, o’z navbatida, savdogar ixtiyoriga prospektlarni, fotosuratlarni, plakat va kinoroliklarni bepul berishga majbur. Yangi bozorga kirish va yangi tur mahsulotlarni sotuvga chiqarishda eksport qiluvchi import qiluvchi mamlakatidagi reklamalar uchun ketgan xarajatlarning yarmini ko’pincha o’ziga oladi. Shartnoma bo’yicha savdogar majburiyatlariga tovarlar namunalarini ko’rsatish va ularni namoyish etish uchun zallar tashkil qilish ham kiradi.
Axborotlarni taqdim etish. Narxlar haqida kelishilgan shartlar kuzatuvini tekshirish savdogarning kelishuvlarda ko’rib chiqilgan majburiyati bo’lib, u tovarlarni sotishda bozor kon’yunkturasi holati, narx va sharoit doirasida raqobatchilar faoliyati, asosan, uskuna etkazib berishdagi axborotlarni eksport qiluvchiga etkazish yo’li bilan aniqlanadi. Bu axborotlar doimiy ravishda berib boriladi (har oyda yoki har chorakda). Unda, odatda, texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, savdogar omborida zaxira qismlari mavjudligi masalalari ham ko’rib chiqiladi.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish