Universal eksport firmalari ommaviy iste’mol tovarlarining keng turlarini sotish bilan shug‘ullanadilar va bir necha xil tarmoq mahsulotlarini sotadilar. Ular ko‘p korxonalardan mahsulot sotib oladilar va ko’p mamlakatlarga sotadilar. Ba’zan ular o’z e’tiborlarini bir - ikki mamlakatgagina qaratadilar, o‘zlarining xorijdagi xaridorlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatadilar, ularning barcha qiziqish va talablarini qondirishga xarakat qiladilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi firmalar, paxta, sherst, choy, kauchuk, kofe, ipak, indigo va boshqa mahsulotlarni tayyorlab beradilar. Buning uchun ular bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan bog‘lana oladigan bir qancha tayyorlovchi vositalarga: fermerlarga, mayda plantatorlarga ega bo‘lishlari lozim. Tayyorlovchi - vositachilar qo‘lida doimo tovar tayyorlovchi zanjir jamlangan bo‘ladi: mahalliy bazadagi alohida ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni bevosita oluvchi olib sotarlardan tortib, tovarlarni eksport firmalariga qayta sotuvchi qadoqlovchi sotuvchilargacha.
• Import firmalari o’z hisobiga xorijdan tovarlar sotib oladilar va uni ichki bozordagi sanoatchilarga, ulgurji va chakana savdogarlarga sotadilar. Bunday firmalar omborxonalariga zaxira tovarlarga ega bo’ladilar va talab bo’yicha tovarlarni darxol ichki bozorga chiqaradilar.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda import firmalari xarid qilish va sotish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘ladilar va bir turdagi xom ashyo va oziq- ovqat mahsulotlarini sotadilar. Bunday firmalar faqat import bilan shug‘ullanibgina qolmaydilar, ular ichki bozor talabi bo‘yicha tovarlarni saralaydilar, qadoqlaydilar. Bu kofe, choy, tamaki, shakar, to’qimachilik mahsulotlari kabilardir. Yuqoridagi operatsiyalarni amalga oshirishdagi tajribaning mavjudligi bu firmalar raqobatbardoshligining asosiy omillaridan biridir.
Import firmalari tovarlarni xorij import qiluvchilaridan tovar birjalari va auktsionlardan yoki import firmalari tomonidan xorijda ochilgan doimiy xarid idoralaridan olishlari mumkin.
Import firmalari mashina va uskunalar savdosida ham katta ahamiyatga ega. Bu ularning uskuna sotib olinganidan keyin ham unga texnik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liqdir. Qonunga ko‘ra, uskuna import qiluvchilari yaxshi texnik bazaga, yuqori malakali mutaxassislar shtatlariga ega, mahalliy iste‘molchilar bilan barqaror aloqa o‘rnatganlar.
Ko’pincha import firmalar dilerlarning keng zanjiriga - mashina va uskunalarni bevosita iste‘molchilarga sotuvchi va sotilgandan keyingi texnik xizmatni amalga oshiruvchi mayda savdogarlarga ega. Qonunga ko‘ra, mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchilar bilan import firmalari o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlar yuzaga keladi.
Ulgurji firmalar sanoat va tayyorlovchi firmalar bilan chakana savdo firmalari o‘rtasida vositachi sifatida ishtirok etadi. Ular tovarlarni o‘z hisoblaridan xorijda yirik partiyalarda xarid qiladilar va ularni mahalliy bozorda alohida iste‘molchilarga kichik partiyalarga bo‘lib sotadilar hamda ular o‘rtasidagi narx hisobiga daromad oladilar.
Ulgurji va import firmalari o‘rtasidagi farqni aniqlash juda mushkul. Asosiy farq shundaki, import firma bevosita import qiluvchidan tovarlarni ortig‘i bilan xarid qiladi, ulgurji firmalar esa nafaqat import, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish tovarlarini ham sotib oladilar va ularni o‘z tarmoqlari orqali import tovarlaridan ham uzoqroqda xarakatlantiradilar. Qisqasi, ulgurji firmalar qo‘shni mamlakatlar bozorlaridagi xorij tovarlarini sotib oladilar.
Ulgurji import qiluvchi firmalar faqatgina ulgurji savdo vazifalarinigina emas, ko‘p hollarda chakana savdo vazifasini ham bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |