Xalqaro tijorat ishi


- BOB. XALQARO TOVAR BIRJALARI AUKTSIONLARI VA



Download 3,44 Mb.
bet130/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

9- BOB. XALQARO TOVAR BIRJALARI AUKTSIONLARI VA
SAVDOLARIDA TIJORAT OPERATSIYALARINI
TASHKILLASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH TEXNIKASI

  1. Xalqaro tovar birjalari, birja savdosining asosiy markazlari va
    mohiyati


Xalqaro tovar birjalari - bu doimo ishlab turadigan bozorni maxsus turidir. Birjalarda ommaviy xom ashyo va oziq-ovqat tovarlariga oldi-sotdi bitimlari tuziladi. Birjalarda tovarlar taqdim etilmasdan va ko’rilmasdan belgilangan standart va namunalar asosida sotiladi va hand qilinadi.
Bitimlar etkazib berish muddati va sifati qat’iy belgilaydigan namunaviy birja shartnomalari asosida tuziladi. Birjalarda ma‘lum tovar partiyalari emas, balki ma‘lum sortga, tipga, markaga ega bo‘lgan birja tomonidan belgilangan tovar miqdori sotiladi va sotib olinadi. Birjada sotuvchi xaridorga maxsulotni emas, tovarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi xujjatni beradi. Bunday xujjat bo‘lib sotuvchi tovarni birja omboriga topshirganligini tasdiqlovchi ombor guvohligi (varrant)bo‘lib hisoblanadi. Bu xujjat asosida xaridor birja omboridan tovar olishi mumkin.
Xalqaro birja oborotini ko‘p miqdori, real tovarni ta‘minotini ko‘zda tutmaydigan, fyuchers bitimlari to‘g‘ri keladi. Fyuchers bitimlari bo‘yicha birjani aylanma hajmi yiliga, 5 trln. dollarni tashkil etadi, bu jahon oborotini 60-70 foiziga teng. Fyuchers bozorlarini umumiy soni 150 taga etgan, jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha 110 ta va sanoat xom ashyosi va yarim fabrikatlar bo‘yicha 40ta.
Birjalarda aylanadigan tovarlarni deyarli uchdan ikki qismi qishloq xo‘jalik va o‘rmon tovarlari xissasiga to‘g‘ri keladi. To‘qimachilik tovarlariga 18,8 foiz, oziq-ovqat tovarlariga 6 foiz to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda ham paxta xom ashyosini sotish bo‘yicya xalqaro yarmarka har yili tashkil qilinmoqda.
Qimmatbaho metallar(tilla, kumush, platina, palladiy hissasiga shu guruh tovarlarini 30 foizi to‘g‘ri keladi. Rangli metallar miqdori 20 foizni tashkil etadi.
Xalqaro birja savdosini asosiy markazlari AQSHda va Angliyada mujassamlangan. Oxirgi yillarda Yaponiya birjalarini roli oshib bormoqda. AQSHdagi yirik birjalardan biri bo‘lib *Chikago bord of treyd* hisoblanadi (uning AQSH bo‘yicha bitimlar miqdori 46 foizni tashkil etadi), *Chikago merkentayl ikscheyndj* ham shular qatoriga kiradi (30 foizga yaqin), *Nyu-York tovar birjasi (25 foiz), *Nyu-York paxta birjasi*, *Nyu-York makentayl ikscheyndj*, *Nyu-York kofe va kakao birjasi*.
Angliyadan eng yirik birjalardan bo‘lib *London fyuchers va optsion birjasi - FOKS* oldingi *Boltik fyuchers ikscheyndj* (Angliyadagi birja sadosining 75 foizini tashkil etadi), London xalqaro neft birjasi hisoblanadi. Yaponiyadagi eng yirik birjalardan bo‘lib *Tokio tovar birjasi* hisoblanadi.
Xalqaro tovar birjasiga murojat qiluvchi tovar nomenklaturasi, birja universal yoki mahsuslashtirilgan bo‘limiga bog‘liqdir.Universal birjalarda keng doiradagi turli xil tovarlar operatsiyalari o‘tkaziladi.
Universal birjalarga quyidagilar kiradi:

  1. AQSH da:

*Chikago bort of treyd* - bug‘doy, makkajo‘xori,tuz, suli va boshqalar;
*Chikago merkentayl ikscheyndj* - chorva mahsulotlari, kartoshka, tuxum, arralangan binokorlik materiallari, *Mid Amerika kommoditi ikscheyndj Chikago* - qishloq xo‘jalik mahsulotlari, tirik mol,qand, kumush, tilla;
Nyu-York paxta, neft va sitruslar birjasi - paxta, yaxlagan apelsin sharbati kontsentrati, neft, propan-gazi.

  1. Angliyada:

London fyuchers va auktsion birjasi (FOKS) - kakao, kofe, kauchuk, mazut, neft, o‘simlik yog‘lari, jun, charm, teri;
*Boltik fyuchers ikscheynd*dagi - bug’doy, arpa, kartoshka, yirik qoramol, jo‘ja go‘shti, fraxt shartnomalari.

  1. Yaponiyada:

*Tokio tovar birjasi* - tilla, kumush, platina, kauchuk, paxta ipi, jun ipi. Bundan tashqari universal birjalari bo‘lib Sidney va Syangan (Gonkong) birjalari hisoblanadi.
Mahsuslashtirilgan keng yo‘nalishdagi birjalarga quyidagilar kiradi.

  1. AQSH da:

*Nyu-York tovar birjasi* - mis, kumush, tilla, alyuminiy, shakar, kofe, jun, apelsin sharbati kontsentrati, shakar, kartoshka, paxta;
*Nyu-York kofe, shakar va kakao birjasi*;
*Don Birjasi* (Minneapolisda) - bug‘doy, pista urug‘i;
*Nyu-York merkentayl ikscheyndj* - palladiy, platina, dizel yoqilg‘isi, benzin, neft, gaz-propan.

  1. Angliyada:

*London metallar birjasi* - mis, qo’rg’oshin, olovo, alyuminiy, rux (tsipk), kumush, nikel.
Tor ixtisoslashgan birjalarga quyidagilar kiradi:

  1. AQSH da *Kanzas siti bord of treyd* - bug‘doy, arpa, suli, qora bug‘doy.

*Vinnipeg birjasi* - guruch va zig‘ir urug‘i.

  1. Angliyada:

London jun birjasi - tozalangan jun;
*Xalqaro London neft birjasi* - dizel yoqilg‘isi, mazut, neft.
Tor ixtisoslashgan Yaponiya birjalari xususan, don mahsulotlari (KOBE), shakar, kauchuk, tekstil xom-ashyosi va don mahsulotlari, ipak (Yokagama) va shuningdek rivojlangan mamlakatlardagi birjalar.
Yirik birjalarda va chet el mamlakatlarida savdo quyidagi tovarlar bilan amalga oshiriladi:
Parij - shakar, kakao, kofe;
Amsterdam - kartoshka, kakao;
Rotterdam - kofe, don mahsulotlari, frakt shartnomalari;
Gamburg - kofe;
Antverpen - jun, paxta.
Jahon savdosida ishlash faoliyati va bajarish funktsiyalari jihatidan birjalar xalqaro va milliyga bo‘linadi. Xalqaro birjalar muayyan jahon tovarlar bozorlariga xizmat ko‘rsatadi. Bunday birjalarni birja operatsiyalarida turli davlatlarning ishbilarmon vakillari qatnashadilar.
Birjalar birja operatsiyalari natijasida olinadigan foydalarni erkin o‘tkazib berishni ta‘minlashadi; ularda arbitraj operatsiyalari deb ataladigan har xil mamlakatlar birjalarida belgilangan baholar tafovuti (farqi) asosida arbitraj operatsiya deb ataladigan spekulyativ foyda olish maqsadida o‘tkaziladi. Birjalarni xalqaro xarakteri: ular qaerda joylashgan bo‘lsa, mamlakatga mos bo‘lgan valyuta, savdo va soliqlar rejimi bilan ta‘minlanadi.
Xalqaro birjalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar: AQSH da Chikago va Nyu-Yorkda joylashgan barcha birjalar; Angliyada - London fyuchers va optsion birjasi, London metall birjasi; Yaponiyada - jahon bozorida aylanadigan tovar bilan barcha birjalarda amalga oshiriladigan bitimlar.
Regional bozorlariga xizmat qiluvchi birjalar ham xalqaro qatoriga kiradi. Ularda birjani ixtisoslashgan tovarlari bo‘yicha bitimlar tuziladi. Bunday birjalarga Londondagi *Boltik fyuchers ikscheyndj*, Vinipegsdagi, Parijdagi, Sidneydagi, Singapurdagi, Syangandagi birjalar kiradi.

  1. Birja bitimlarini maqsadlari

Birjada ikkita asosiy bitimlar turi tuziladi: mavjud bo‘lgan tovarlarga bitimlar va muddatli (shoshilinch-fyuchers) bitimlar.
1. Mavjud bo'lgan tovarlarga bitimlar. Sotuvchidan xaridorga xaqiqiy tovar o‘tishi bilan ya‘ni birja omborlarining birida mavjud bo‘ladi va tovarni qabul qilish bilan yakunlanadi.
Bu shuni ma‘lum qiladiki, birjada tovar sotgan sotuvchi xaqiqatda tovarga ega bo‘lishi va uni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda etkazib berishi kerak. Mavjud tovarga bitimlar etkazib berish muddatiga ko‘ra darhol etkazib beradigan bitimlar va kelajakda etkazib beriladigan bitimlarga bo‘linadi.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish