Мавзу
|
Аудитория соатлари
|
Мустацил таълим
|
Хаммаси
|
Жами
|
Шу жумладан:
|
маъруза
|
амалий (семинар)
|
1
|
2
|
3
|
|
|
|
|
7-семестр
|
1.
|
"Корхоналар тижорат фаолияти" фанининг предмети ва мазмуни
|
4
|
2
|
2
|
8
|
12
|
2
|
Корхона тижорат фаолияти объект ва субъектлари
|
4
|
2
|
2
|
8
|
12
|
3
|
Корхона тижорат фаолиятига таъсир этувчи ички ва ташки мухит омиллари
|
8
|
4
|
4
|
8
|
16
|
4
|
Корхонанинг тижорат фаолиятда маркетинг
|
8
|
4
|
4
|
8
|
16
|
5.
|
Корхона тижорат фаолиятида бозор тадкикотлари
|
8
|
4
|
4
|
8
|
16
|
6.
|
Корхона тиижорат фаолиятида копенсацион(^арама-карши) операциялар
|
8
|
4
|
4
|
17
|
25
|
7.
|
Товар сотиб олиш ва товар етказиб бериш.
|
8
|
4
|
4
|
8
|
16
|
8.
|
Тадбиркорлик фаолияти субъектларининг шартномавий асослари
|
12
|
6
|
6
|
8
|
20
|
9.
|
Тижорат фаолиятининг савдо воситачиликйули билан амалга оширилиши
|
8
|
4
|
4
|
8
|
16
|
10.
|
Товар биржалари аукционлари ва савдоларида тижорат операцияларини ташкиллаштириш ва амалга ошириш техникаси
|
4
|
2
|
2
|
8
|
12
|
11.
|
Тижорат амалиётда реклама, кургазма ва ярмаркалар фаолияти
|
4
|
2
|
2
|
8
|
12
|
|
Жами
|
76
|
38
|
38
|
97
|
173
|
bob. XALQARO TIJORAT OPERATSIYALARI:
MOHIYATI VA MAZMUNI
«Xalqaro tijorat ishi» va «xalqaro tijorat operatsiyalari»
tushunchalarining mazmuni
Xalqaro tijorat ishi - moddiy qimmatliklar va xizmatlarni xalqaro almashtirishga xizmat qiladigan, xalqaro tijorat operatsiyalarini tashkil qilish va yuritish texnikasi bilan bog’liq nazariy va amaliy bilimlarning alohida doirasi hisoblanadi. Almashtiruv amalga oshirilishi uchun bir- biriga bog‘liq ma‘lum xarakatlar:
- xaridorni topish;
- u bilan barcha shartlar - tovar, xizmat uning miqdori, sifati, narxi, etkazib berish muddati ko’rsatilgan shartnoma bitimini tuzish;
-shartnomani bajarish: tovarni olib ketish uchun tayyorlash, uni xaridorga etkazib berish, tovar uchun hisoblar o’tkazishni amalga oshirish kerak.
rasm. Xalqaro tijorat operatsiyalarini amalga oshirish
xarakatlari
Almashtiruv amalga oshirilishi uchun bir- biriga bog'liq ma'lum harakatlar: к /
. U bilan barcha shartlar- tovar, xizmat, uning miqdori, sifati, narxi, yetkazib berish muddati ko'rsatilgan shartnoma tuzish
3. Shartnomani bajarish:
tovarni olib ketish uchun
tayyorlash, xaridorga yetkazib
berish, tovar uchun
hisobotlar o'tkazish
Bunday harakatlar tijorat xarakteriga ega. Jahon bozoridagi almashinuvni boshqarish, almashinuv operatsiyalarini o‘tkazishning ma‘nosi shundaki, unda moddiy qimmatliklar va xizmatlarni almashtirish jarayonini amalga oshiruvchi kishilar faoliyatining turli ko‘rinishilarini tashkil qilish, boshqarish, yo‘naltirish ko‘zda tutiladi.
Tijorat faoliyati orqali firmaning bozordagi iste‘molchi - kontragent bilan aloqasi yuzaga keladi. Agar bu aloqa xorijiy kontragentlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, u firmaning tashqi iqtisodiy faoliyati hisoblanadi. U firmalar tomonidan eksport-import operatsiyalarini o‘tkazish va chegara ortidagi ishlab chiqarish va savdo faoliyatini boshqarishga yo‘naltirilgan.
Xalqaro tijorat ishi - jahon bozorida almashinuv operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar echimini ta‘minlovchi tashkiliy tuzilmalar va alohida firmalarning ish yuritish doirasidir. Bu faoliyatni amalga oshirishda xalqaro amaliyotning murakkab shakl va uslublaridan foydalaniladi. Shu tarzda xalqaro tijorat ishining asosiy mazmuni xalqaro tijorat operatsiyalari o‘tkazish yo‘li bilan tovarlar, xizmatlar va ilmiy-texnik va ishlab chiqarish hamkorligi natijalarini xalqaro almashtirishdan iborat ekanligini aniqlash mumkin.
Xalqaro tijorat operatsiyalari ob’ektlari boshqaruv operatsiyalari kabi tovarlar, xizmatlar, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik natijalarini almashtirishni o‘zida aks ettiruvchi moddiy jarayonlar hisoblanadi. Bu ob‘ektlar jahon bozorida amalga oshiriladigan tijorat operatsiyalari ko‘rinishlarini aniqlashga yordam beradi.
Xalqaro tijorat operatsiyalarining turlari
Xalqaro tijorat operatsiyalarini ikkiga bo‘lish mumkin:
asosiytijorat operatsiyalari;
ta‘minlovchi tijorat operatsiyalari.
Asosiy tijorat operatsiyalariga turli mamalakatlarda joylashgan kontragentlar (bevosita ishtirokchilar) o‘rtasida o‘zaro ayriboshlash asosida amalga oshiriladigan operatsiyalar kiradi, ta‘minlovchi tijorat operatsiyalariga esa, tovarning sotuvchidan xaridorgacha bo‘lgan xarakati bilan bog‘liq operatsiyalar kiradi.
Asosiy tijorat operatsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
tovar almashinuvi va moddiy shakl bo’yicha (tijorat eksport va importi);
patent, litsenziya, «nau-xau» savdo shaklidagi ilmiy-texnik bilimlarni almashtirish bo‘yicha;
texnik xizmatlarni almashtirish bo‘yicha;
ijaraviy;
xalqaro turizm bo‘yicha;
axborot doirasida maslahat xizmatini taklif etish va boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha, kinofilm va teledasturlarni almashtirish bo‘yicha.
Xalqaro tovar aylanmasidagi ta‘minlovchi operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
yuklarni xalqaro tashish;
transport-ekspeditorlik;
yuklarni sug‘urtalash;
xalqaro tashish paytida yuklarni saqlash;
xalqaro hisobotlar yuritish.
Ta‘kidlash kerakki, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik doirasini xalqaro tijorat ishining maxsus doirasi sifatida ajratib ko‘rsatish lozim. Bu hamkorlik aniq tashkiliy boshqaruv faoliyati natijasi sifatida ishtirok etadi, uning maqsadi:
ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperirlashtirish;
ob’ektlarning qo’shma qurilishini tashkil qilish va ulardan foydalanish;
ilmiy tadqiqotlar doirasidagi kooperatsiyalar (birgilikdagi faoliyat) haqida bitimlarni imzolash hisoblanadi.
Boshqaruvning tashkiliy-texnik jihatini o‘rganish bu operatsiyalarning ob‘ektlari va sub‘ektlari nuqtai nazaridan tijorat operatsiyalarining turli ko‘rinishlarini, jumladan, shakllar, uslublar, iqtisodiy dastagi va ularni sotish vositalarini qamrab oladi.
Xalqaro savdo munosabatlarining iqtisodiy mexanizmlaridan samarali foydalanish quyidagilarni talab qiladi:
mahalliy korxonalar, uyushmalar, tashqi savdo tashkilotlarining xorijiy kontragentlar (hamkorlar) bilan tijorat operatsiyalarini o‘tkazish tajribalaridan unumli foydalanish;
asosiy va ta‘minlovchi operatsiyalarning mustahkam aloqasini o‘rnatish;
xorij firmalari bilan ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy va ilmiy- texnik xamkorlik natijasida vujudga keladigan afzalliklardan samarali foydalanish;
xalqaro savdoning turli tovar va xizmatlari shakl va uslublarini unumli qo‘llash.
Asosiy xalqaro tijorat ishini o‘zlashtirish faqatgina nazariy bilimlarni egallashnigina emas, shuningdek, tayyorlov doirasida amaliy jihatdan yangiliklarni topish, xalqaro savdo bitimlarini imzolash va bajarish, savdo vositachilik va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni ham nazarda tutadi.
Xalqaro tijorat ishini o‘rganish quyidagi masalalarni:
xalqaro savdoning yangi uslub va shakllarini;
tijorat operatsiyalari o‘tkazish texnikasi: savdo-sotiq
shartnomalarini tayyorlash va imzolash, ularning mazmuni va bajarilishini;
savdo-vositachilarning vazifalari, ularning jahon bozoridagi operatsiyalarni bajarishdagi roli, savdo vositachilari bilan tuzilgan shartnomalarning mazmunini;
xalqaro tovar birjalari, xalqaro auktsionlar, savdo, yarmarka va ko‘rgazmalar operatsiyalari texnikasi va ularni tashkil qilishni;
ilmiy-texnik bilimlar savdosi va boshqa xalqaro xizmatlarni tashkil qilish, patent, litsenziya, texnik xizmat ko’rsatish (inijiring), ijara operatsiyalari, xalqaro turizm bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish texnikasi va ularni tashkil qilishni;
xorij firmalari xalqaro ishlab chiqarish aloqalarini tashkil qilish, xalqaro ishlab chiqarishni kooperirlashtirish (birgalikda tashkil qilish) va oxirgi (qo‘shma) mahsulotni ishlab chiqarishning xususiyatlarini;
davlat monopolistik boshqaruvining asosiy shakllari va vositalari hamda firmalarning tashqi iqtisodiy faoliyati rivojlanishiga ularning ta‘sirini;
xalqaro aloqalar rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘llari va usullarini bosqichma-bosqich ko‘rib chiqishni talab qiladi.
«Xalqaro savdo bitimlari» tushunchasining mazmuni
Xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish ma‘lum huquqiy me‘yorlarni qo‘llash va ularni o‘tkazishda aniq usullardan foydalanishni talab qiladi.
Xalqaro savdo bitimlari, deganda turli mamlakatlar joylashgan ikki yoki bir necha tomonlarning belgilangan miqdor va sifat birligidagi yoki tomonlarning kelishilgan shartlariga muvofiq tovarlarni etkazib berish, xizmat ko‘rsatish haqidagi shartnomasi (kelishuvi) tushuniladi.
Shartnomaning xalqaro xarakteri shundaki, uning sub‘ektlari turli mamlakatlarning tijorat korxonalari yoki tadbirkorlari hisoblanadi.
Bir mamlakat ichida turli davlatlarga, millatlarga tegishli tijorat korxonalari tomonidan imzolangan shartnomalar xalqaro xarakterga ega bo‘lmaydi (masalan, turli mamlakatlar firmalarining bir mamlakat xududida joylashgan filial va shu‘ba kompaniyalari o‘rtasida imzolangan shartnomalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |