Xalqaro tijorat ishi


Mahsulotning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari



Download 3,44 Mb.
bet14/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Mahsulotning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari
tavsifi
Mahsulotning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tovar xususiyatining miqdoriy tavsifini beradi va tovar raqobatbardoshligini aniqlashda qo‘llaniladi.
Texnik ko'rsatkichlar mahsulotning texnik darajasini, asosiy qo‘llanish doirasini aniqlovchi xususiyatlarini va iste‘mol jarayonida mahsulot bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarni xarakterlaydi. Bunga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi: ko‘rsatmasi, umidliligi va uzoq muddatliligi, texnologikligi, ergonomikligi va boshqalar.
Mahsulot ko'rsatmasi ko'rsatkichlari ma‘lum mamlakatda qo‘llanilish shartlariga muvofiq ravishda undan foydalanish imkoniyatini ta‘minlovchi mahsulotlarning texnik xususiyatini xarakterlaydi.
Mahsulot maxsus xususiyatlarini, uning ma’lum tip va ko‘rinishga egaligini aniqlovchi tasniflovchi ko‘rsatkichlar. Bunday ko‘rsatkichlarga samolet, vertolet, avtobus va engil avtomobillar uchun yo’lovchi sig’imi; yuk avtomashinalari, samolet, vertolet va temir yo’llari vagonlarining yuk ko’tarish qobiliyati; elektrodvigatel, elektrotexnika uskunalarining turli tiplari uchun tezlik va quvvatlilikni kiritish mumkin;

  • Mahsulot texnik qarorlarining yangiligi va texnik darajasi yangiligini xarakterlaydigan texnik samaradorlik ko‘rsatkichlari. Masalan, uskunalarni qayta ishlovchi stanoklar uchun ishlab chiqaruvchanlik, EHM uchun vaqt birligida axborotlarni qayta ishlash xajmi;

  • Mahsulot yaratishda qo‘llaniladigan asosiy loyihaviy konstruktorlik qarorlari tavsifini beruvchi konstruktiv ko‘rsatkichlar. Bunday ko‘rsatkichlar mahsulot tasnifi uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish mahsulot raqobatbardoshligi darajasini baholash uchun cheklangan;

  • Mahsulot tarkibi va tuzilmasi, xajmi, og‘irligi ko‘rsatkichlari mahsulotni bevosita taqqoslash uchun qo‘llaniladi.

  • Chidamlilik va uzoq muddatlilik ko‘rsatkichlari mahsulotni sinab, qo‘llab ko‘rish natijalari bo‘yicha baholanadi va foydalanishning kafolatli muddati oralig‘ida ta‘mirsiz ishlashi bilan xarakterlanadi. Mahsulotlarning chidamliligi loyihalashtirish bosqichida ko‘rib chiqilishi va ishlab chiqaruvchilar tomonidan kafolatlanishi lozim.

  • Texnologik ko‘rsatkichlar mehnat sig‘imi, material sig‘imi, mahsulot birligida ishlab chiqarishga ketgan vaqt, materail, xom ashyo xarajatlarini maqbul taqsimlashga shartlashilgan tannarx xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

  • Ergonomik ko‘rsatkichlarda aniq mahsulotdan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan inson organizmi xususiyatlari va o‘ziga xosliklariga muvofiq keluvchi mahsulot xarakterlanadi. Bunday ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: gigienik; antropometrik; fiziologik, psixologik va boshqalar. Odatda, bunday ko‘rsatkichlarning ahamiyati milliy qonunchilik yoki xalqaro me‘yorlar bilan aniqlanadi.

  • Estetik ko‘rsatkichlar, avvalo, mahsulotning tashqi shakli bilan, uning jozibadorligi, ijobiyligi, aniq xaridor ta‘siriga beriluvchanligi bilan xarakterlanadi.

  • Ekologik ko‘rsatkichlar atrof-muhitni himoyalash va undan oqilona foydalanish doirasidagi xalqaro va milliy tashkilotlar tomonidan belgilangan standartlar, qonunlar, me‘yorlar orqali aniqlanadigan atrof- muhitni himoyalash bo‘yicha talablarga muvofiq xarakterlanadi. Bunday ko‘rsatkichlarning ahamiyati texnik va boshqa milliy reglamentlar bilan aniqlanadi.

  • Iqtisodiy ko’rsatkichlar aniq mahsulotni o’zlashtirish va undan foydalanish bilan bog‘liq xaridor xarajatlarining qiymatini baholash imkonini beradi.

  • Xarid narxi va mahsulotdan tijorat yo‘lida foydalanish narxi turli jiddiy tafovutlarga ega. Iste’molchi tovarlari uchun xarid narxidan qisqa vaqt davomida foydalanish mahsulot raqobatbardoshligini aniqlovchi omillar hisoblanadi.

Ishlab chiqarishga mo’ljallangan texnik mahsulot tijorat narxi quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi: mahsulotning og‘irligi, hajmi, qadoqlanishi va saqlanishi, shuningdek, mahsulotlarni foydalanish joyigacha transportirovka qilish uchun xarajatlar; o‘rnatish uchun xarajatlar, mahsulotni foydalanishga topshirish; mahsulotdan foydalanish bo‘yicha texnik xujjatlashtirish, ishlochilarni o‘qitish, foydalanish jarayonida mahsulotga texnik yordam ko‘rsatishga ketgan xarajatlar va boshqalar.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, shuningdek, quyidagilarni kiritish mumkin: etkazib berish shartlari, etkazib berish muddati; xaridor bilan hisob-kitob usullari va ko‘rinishlari, jumladan, xaridorga tijorat kreditini taklif etish.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish