Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet3/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Savdo bitimi ostida moddiy shaklda xalqaro tovar aylanmasidagi asosiy va ta‘minlovchi tovar bilan taklif etilayotgan xizmatlarning almashinuvi tushuniladi.
Savdo bitimida tomonlar kommersantlar deb nomlangan tadbirkorlarning alohida toifasi sifatida ishtirok etadi. Ularning faoliyati maxsus huquqiy tartibga bo‘ysunadi. Ta‘kidlash kerakki, bu tartib bitimlarni imzolash rasmiyatchiligini kuchsizlantiradi, xususan, kommersantlar shartnoma qabul qilishda bir qator qiyinchiliklardan xalos bo‘ladilar. Bu bitimlarni nafaqat yozma ravishda, shuningdek og‘zaki (telefon, teletayp orqali) imzolash imkonini beradi.
Tovar birligi, deganda bir xil ko’rinishdagi tovarlarning alohida miqdori tushuniladi. Bir partiya bir yoki bir necha tovar birligidan iborat bo’lishi mumkin va kelishilgan punktdan belgilangan xaridorga etkazib berish orqali yuborishga mo‘ljallanadi.
Xalqaro tijorat amaliyotida o‘zaro iqtisodiy aloqalar oldi-sotdi, litsenziyalash, ijara shartnomasi, sug‘urta shartnomasi, etkazib berish, saqlash va boshqa savdo bitmlari shaklida amalga oshirilishi mumkin. O‘zaro kelishuv asosida tovar ayriboshlash yuqorida keltirilgan ta‘minlovchi xizmatlar bilan birga, oldi-sotdi, buyurtma va tender shaklidagi savdo bitmlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Xalqaro savdo bitimlarining xarakterli jihatlari
Zamonaviy sharoitlarda xalqaro savdo bitimlari xususiyatlari oddiy ishlab chiqarish va ilmiy-texnik xalqaro hamkorligidagi aloqalarda o‘z aksini topadi.
Ular quyidagi muhim jihatlar bilan xarakterlanadi:

  • xalqaro tovar aylanmasidagi mahsulotlar nomenklaturasining ahamiyatli kengayishi va xarakterining o‘zgarishi; turlarining o‘zgarishi; oraliq mahsulotlarni etkazib berishni kengaytirish. Xalqaro tovar aylanmasiga tushayotgan mahsulotlar murakkabligi shartnomalar bajarilish muddati uzaytirilishini taqozo etmoqda;

  • korxonalar uchun uskunalar etkazib berish bitimlarining kompleks xarakteri. Bunday bitimlar mashina, uskuna va materiallarni texnologiya va shartnoma imzolanishidan oldin va keyin ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar bilan birga etkazib berishni nazarda tutadi. Bunday yo‘l- yo‘lakay xizmatlarga injener-maslahat xizmatlari, korxonani qurish bo‘yicha qurilish ishlari, korxonaning me‘yoriy ishlashini ta‘minlovchi infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar kiradi;

  • bitimlar masshtabi o‘sishi ko‘p hollarda moliyalashtirish, sug‘urtalash, hisoblarning turli shakllari bo‘yicha har xil majburiyatlar majmuini bajarish, uskuna va materiallarni etkazib berish, yo‘l-yo‘lakay xizmatlarni taqdim etish kabi xizmatlarlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yirik kelishuvlarda namoyon bo‘ladi.

  • «pod klyuch» etkazmalari amaliyotini kengaytirish. Agar sotuvchi korxona qurilishi bo’yicha barcha xizmatlarni - korxonaning ishga tushirilishidan oldingi barcha xujjatlashtirish ishlarini va ularda mo‘ljallangan barcha ko‘rsatkichlarga erishishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, bunday etkazmalarning solishtirma og‘irligi rivojlangan mamlakatlarda industrial rivojlanish darajasining orqada qolishi, infratuzilmaning tayyor emasligi, malakali ishchi kuchining etishmasligi hisobiga juda yuqori bo‘ladi. Uskunalarni sotishning bu shaklini rivojlangan mamlakatlarda qo’llash keltirilayotgan texnika va texnologiyaning beqiyosligi bilan bog’liq;

yirik masshtabli bitimlarni rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari bilan birgalikda konsortsium3 yaratish yo‘li bilan amalga oshirish. Bunday bitimlarda ko‘pincha inijiring shaklidagi bosh kompaniya bir tomon bo‘lib ishtirok etadi. Yirik korxonalar uchun uskunalar etkazib berish haqidagi kelishuvlar doirasini kengaytirish, materiallarni, uskunalarning alohida qismlarini ishlab chiqarish, ularni etkazib berish va o‘rnatish, foydalanishga topshirish va boshqalar korxona eksporti alohida yirik mahsulot etkazib beruvchilarga va ularning bir mamlakatdagi uyushmalarigagina bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Buning ustiga mazkur uskunalar bozorida faqatgina uskunalar ko‘rinishlari bo‘yichagina emas, shuningdek, taklif etilayotgan xizmat ko‘rinishlari bo‘yicha ham ixtisoslashgan eksport qiluvchilar faoliyat ko‘rsatadi.
Kompleks uskunalarni etkazib berishning boshqa xususiyati eksport qiluvchi tomonidan import qiluvchiga taklif etiladigan kreditdir. U pul yoki tovar shaklida bo‘lishi mumkin. Shartnomada kompleks uskunalarni etkazib berishda uskunalarni eksport qiluvchiga yo‘naltiradigan korxona qurilishiga ketgan xarajatlar ulushi (odatda, 20-40% xajmda bo‘ladi) haqida ham gapiriladi.
Odatda, kompleks uskunalarni ishlab chiqarishda bosh pudratchi sifatida ishtirok etuvchi Trans Milliy Kompaniya (TMK) shu‘balarigina emas, turli mamlakatlarning ko‘pgina mustaqil firmalari ham ishtirok etadilar. Bunda bosh pudratchi - bir tomondan etkazmaning to’la- to‘kisliligi (kompleksliligi) va xaridor oldida uning o‘z vaqtida etkazilishi va sifati uchun javob beradi. Boshqa tomondan, u mayda etkazib beruvchilar bilan bevosita shartnomalarni amalga oshiradi, ulardan buyurtmalar qabul qiladi, ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.
Shunday qilib, murakkab va kompleks uskunalarni etkazib berish ishtirok etuvchi ma‘lum guruh firmalari orasida tizimli aloqa o‘rnatilishini nazarda tutadi. Bunday amaliyot sanoat ob‘ektlarini yaratilishi, ishga tushirish jarayonida eksport qiluvchi va import qiluvchi o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni vujudga kelishiga yordam beradi. Bunday aloqalar ko‘pgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, Hindiston, Braziliya, Argentina, Meksika mamlakatlarida keng tarqalmoqda.
Zamonaviy sharoitlarda firmalararo aloqalarning turli shakllari keng tarqalgan, xususan:

  • qo‘shma ilmiy faoliyat;

  • iste’molchilarning texnik maslahatlari;

  • buyurtmachilarning va mahsulotlarning yangi ko‘rinishlari va ularning namunalarini ishlab chiquvchilarning yangilik kiritish jarayonida tashabbuskor sifatida ishtirok etishi;

  • bozor sinovidan o’tgan yangi texnologiyalar, kichik firma- navatorlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi mahsulotga yirik firmalar tomonidan litsenziya olish yo’li bilan yirik va mayda firmalarning ishlab chiqarishini kooperirlashtirish.

Xaridorlar bilan firmalararo to‘g‘ri aloqaning mavjudligi sanoat kompaniyalariga bozor bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, xaridorlar ehtiyoji va talablarini yaxshiroq o‘rganish, o‘z qobiliyatlarini ishlab chiqarish dasturlaridagi aniq iste‘molchi talablariga tezda moslashtirish imkonini beradi. Bu zamonaviy sharoitlarda jahon bozorida raqobat kurashining kuchayishida muhim ahamiyatga ega.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish