Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomasi haqidagi konventsiya Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomasi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) konventsiyasi - xalqaro savdo huquqi bo’yicha (YUNSITRAL4 - 1966 yilda tashkil etilgan) BMT komissiyasi tomonidan imzolangan, xalqaro oldi-sotdi bitimlarini unifikatsiya qilish maqsadida, shuningdek, milliy qonunchilikdagi jiddiy ixtiloflarni bartaraf etish imkonini beruvchi shartnomalarning imzolanishi va bajarilishining yagona boshqaruvini tashkil etish uchun ishlab chiqildi.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha BMT konventsiyasi 1980 yilda (1978 yil 16 dekabrdagi BMT Bosh Assembleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq) tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha BMT konferentsiyasida qabul qilindi. Konferentsiya Venada bo‘lib o‘tdi, shuning uchun ham bu konventsiya Vena konventsiyasi nomini oldi. Konferentsiyada 62 mamlakat ishtirok etdi, shu jumladan, 22 ta sanoati rivojlangan, 30 ta rivojlanayotgan Sharqiy Еvropa mamlakatlari, SSSR, Yugoslaviya, XXR mamlakatlari qatnashgan.
Konventsiya ishtirokchilari 30 mamlakatdan iborat.
Vena konventsiyasining maqsadi - tovarlar xalqaro oldi-sotdisini boshqaruvchi milliy qonunchiliklarni soddalashtirishga yordamlashishdan iborat. Xalqaro amaliyotda shartnoma shartlarini shakllantirishda Konventsiya Nizomidan foydalanish mumkin. Bunda ular milliy qonunchilik me’yorlariga zid bo’lmagan holda Konventsiya ishtirokchi - mamlakatlari o‘rtasidagi xalqaro oldi-sotdisi shartnomalarinigina emas, shuningdek, Konventsiyada ishtirok etmayotgan davlatlarning Konventsiya shartlari bo’yicha shartnomalar ham imzolanishi mumkin.
Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha Vena Konventsiyasi:
- tovarlarning xalqaro oldi-sotdisi shartnomalarini imzolash va ulardan foydalanishning umumiy ko‘rinishini tashkil qiladi va, asosan, milliy qonunchilikdagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi;
tijorat muzokaralarining tezlashishi, engillashishi va arzonlashishini muvofiqlashtiradi, bu bilan xorijiy qonunchiliklar va ularni amaliyotga qo‘llash zarurati yo‘qoladi;
shartnoma tomonlarining huquq va majburiyatlarini bir xilda tushunish uchun dastlabki zamin yaratadi;
- kuchli hamkorlar bilan kuchsiz tomonlarning bir-birlari bilan shartnoma tuzishlariga yo‘l qo‘ymasliklari uchun yordamlashadi, bu esa xalqaro savdoda tengsiz diskriminatsion munosabatlarning bekor qilinishi uchun muhim ahamiyatga ega;
shartnoma bo‘yicha xaridor va sotuvchining asosiy majburiyatlarini aniqlaydi;
Konventsiya ishtirokchilari bo‘lmagan davlatlarga tegishli tomonlar o‘rtasidagi baxslar yuzaga kelishi hollarida shartnoma ob‘ektlari (predmet) va sub‘ektlari (shartnoma tomonlari) bo‘yicha munosabatlarni tartibga soladi;
oldi-sotdi ob‘ektlari faoliyatining ro‘yhatini tuzadi;
oldi-sotdi shartnomalarining Konventsiyada qo‘llanilmaydigan belgilarini aniqlaydi.
Vena konventsiyasi 101 moddani o‘z ichiga olgan 4 qismdan iborat:
qism. Qo‘llanish doirasi va umumiy nizomlar.
qism. Shartnomani imzolash.
qism. Tovar oldi-sotdisi.
qism. Tugallanish holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |