SAVDO VOSITACHILIK YO'LI BILAN AMALGA
OSHIRILISHI
Savdo vositachilik operatsiyalari tushunchasi va uning
ko'rinishlari
Savdo-vositachilik operatsiyalari tushunchasi ostida tovarlar oldi- sotdisi bilan bog’liq operatsiyalar tushuniladi. Ular eksport qiluvchi uchun ishlab chiqaruvchi topshirig‘i bo‘yicha uning savdo vositachilariga bog‘liq bo‘lmagan holda ular orasida imzolangan kelishuvlar va alohida topshiriqlar asosida bajariladi. Savdo vositachilik operatsiyalari iqtisodiy jihatdan juda keng tushuncha. U xizmatlarning ahamiyatli katta qismini, xususan, xorijiy kontragentlarni izlab topish, bitimlarni tayyorlash va amalga oshirish, tomonlarni kreditlashtirish, xaridorlarga tovar to‘lovi kafolatlarini berish va transportirovkada transport-ekspeditorlik operatsiyalarini hamda tovarlarni sug‘urtalashni amalga oshirish, bojxona rasmiyatchiligini bajarish, xorijiy bozorlarda tovarlar xarakati bo‘yicha reklama va boshqa chora-tadbirlarni o‘tkazish, texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Savdo-vositachilik firmalariga yuridik va xo‘jalik munosabatlaridagi firmalar kiradi (savdo, eksport va boshqa firma bo‘linmalari va sanoat kompaniyalari firmalarning bu toifasiga kirmaydi). Savdo-vositachilik firmalari, yoki eksport qiluvchidan tovar xarid qilish narxlari bilan bu tovarlarning xaridorlarga sotiladigan narxlari o‘rtasidagi farq natijasida, yoki tovarlarning tashqi bozorda xarakatlanishi bo‘yicha taklif etilgan xizmatlarga mukofot ko‘rinishida olingan daromadni jalb qilish maqsadida faoliyat yuritadi. Savdo-vositachilik firmalari asosan tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Modomiki, ulardan eng yiriklari ba‘zan ishlab chiqarish operatsiyalarini - yuklarni transportirovka qilish, sug‘urtalash kabilarni ham bajaradilar. Savdo-vositachilik firmalari qoidaga muvofiq, o‘z moddiy-texnik bazasi - omborlar, namoyish zallari, chakana savdo tarmoqlariga ega. Rivojlanayotgan mamlakatlar savdo vositachilari rolini tovar xaridlari va eksportlari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari va savdo kompaniyalari bajaradilar.
Zamonaviy sharoitlarda savdo-vositachilari tomonidan bajariladigan vazifalar sezilarli ravishda kengaydi. Ular asosan, savdo vositachilik zvenolari tuzilmasining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Xizmat ko‘rsatishning turli ko’rinishlari kengaydi, ular jumlasiga quyidagi kompleks operatsiyalar kiradi:
oldi-sotdini tashkil etish bo’yicha operatsiyalar - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan bitimlarni imzolash, xaridorlarga tovar to‘lovi kafolatlarini taklif etish, reklama kompaniyalari va bozor tadqiqotlarini yuritish;
transport-ekspeditorlik operatsiyalari;
-yuklarni sug‘urtalash va transportirovka qilish bo‘yicha
operatsiyalar;
moliyaviy-savdo operatsiyalari;
texnik xizmat, oldi-sotdidan keyingi texnik xizmat ko‘rsatish;
bozor haqida axborotlarni yig‘ish va taqdim etish.
Savdo-vositachilik firmalarining vazifalarini kengaytirish ularni ishlab chiqarish doirasiga joriy qilish, shu‘ba korxonalar tashkil qilish, jumladan xorijda ham, mahsulotni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha faoliyat yuritish, ular shug‘ullanayotgan oldi-sotdi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Savdo-vositachilik firmalari faoliyatining asosiy doirasidan biri yirik qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro konsortsiumlarda ishtirok etish hisoblanadi. Savdo vositachilari - konsortsium ishtirokchilariga bunday korxonalar uchun oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati taklif etadi.
Savdo-vositachilik zvenolarining sifatli rivojlanishi (siljishi) savdo- vositachilik operatsiyalarining butun kompleks tarzda amalga oshiruvchi yirik savdo kompaniyalarining aksar qismini yig‘ish bilan xarakterlanadi. Ular quyidagilar:
o‘z hisobiga oldi-sotdi;
moliyaviy operatsiyalar (bank bilan bog‘liq moliyaviy kompaniyalarda mavjud);
sug‘urtalash (o‘z sug‘urta kompaniyasiga ega);
transportirovka (o‘z flotiga ega);
texnik xizmat ko‘rsatish (omborlarning zahira qismlariga ega);
ishlab chiqarish va qayta ishlash (qayta ishlash bo‘yichagina emas, boshqa tarmoqlarda ham korxonalarga ega);
xorijiy operatsiyalar (xorijda bo‘linmalarga ega);
aniq tovarlarni sotishni mo‘ljallaydigan tobe dilerlik firmalari.
Savdo-vositachilari ulushiga xalqaro tovar aylanmasida ishtirok etuvchi tovarlarning yarmidan tortib uchdan ikkisigacha to‘g‘ri keladi. Savdo-vositachilari AQSh, Angliya, Niderlandiya, Skandinaviya
mamlakatlari, Yaponiya tashqi savdosida keng qo’llaniladi. Shvetsiya va Angliyada ular orqali tashqi savdo aylanmasining 50% ga yaqini amalga oshiriladi.
Xalqaro savdo amaliyotida savdo-vositachilaridan foydalanish xorij firmalari uchun ma‘lum afzalliklarni yaratadi.
Savdo-vositachilaridan foydalanishning asosiy afzalligi eksport qiluvchi firma import qiluvchi mamlakatlar hududida savdo tarmog‘i tashkil qilish uchun mablag‘ sarflamaydi. Modomiki, savdo-vositachilik firmalari odatda, o‘z moddiy texnik bazasiga (omborxonalar, namoyish zallari, ta‘mirlash ustaxonalari), ba‘zan esa o‘z chakana magazinlariga ega bo‘ladilar.
Savdo-vositachilik firmalarining boshqa afzalligi - eksport qiluvchining tovar sotish bilan bog‘liq boshqa ko‘pgina tashvishlardan ozod qilinishidir (import qiluvchi mamlakatiga keltirish, saralash va qadoqlash, turlar bo‘yicha ajratish, mahalliy bozor talablariga moslashish).
Afzalliklardan yana biri qisqa muddatli va o‘rta muddatli kreditlashtirish asosida bitimlarni moliyalashtirish uchun savdo- vositachilik firmalari kapitalidan foydalanish hisoblanadi. Bu erda savdo- vositachilik firmalarining banklar, transport-ekspeditorlik va sug‘urta kompaniyalari bilan o‘zaro barqaror munosabatlari katta ahamiyatga ega.
Nihoyat, ayrim tovar bozorlari butunlay savdo-vositachilari tomonidan monopollashtirilgan (masalan, Angliyadagi brokerlar) va iste‘molchilar bilan to‘g‘ri shartnomalar o‘rnatish uchun noqulay. Bunday hollarda savdo-vositachilik guruxlaridan foydalanish zarurati tug‘iladi.
Savdo-vositachilik firmalari orqali savdo bir qancha kamchiliklarga ham ega. Bunda eksport qiluvchi savdo bozori bilan bevosita aloqadan mahrum bo‘ladi va butunlay savdo-vositachilari faolligi va vijdonliligiga bog‘lanib qoladi. Shuning uchun ularni tanlashga firma juda jiddiy yondashadi.
Savdo-vositachilari bajargan vazifalarga ko‘ra, eksport qiluvchi ishlab chiqaruvchi va savdo-vositachilari o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteriga ko‘ra, savdo-vositachilik operatsiyalarining bir qancha ko‘rinishlarini ajratish mumkin: qayta sotish bo‘yicha operatsiyalar, komission, agentlik va brokerlik operatsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |