Jentelmenlik kelishuvlari qonuniy kuchga ega bo’lgan qarama- qarshi xaridlar munosabatidagi eksport qiluvchi majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi, modomiki, uning import qiluvchidan belgilanmagan miqdorda tovar xarid qilishga roziligi nazarda tutiladi. Bitimning bunday turi rivojlangan mamlakatlar firmalari orasidagi amaliyotda uchrab turadi. Ular, odatda, xarbiy texnika, samoletlar, atom stantsiyalari uchun uskunalar xaridi bo‘yicha davlat dasturlari bilan bog‘liq.
Moliyaviy majburiyatlarni uzatish bo'yicha bitimlar eksport qiluvchilarga o‘z majburiyatlarini qarama-qarshi xaridlar bo‘yicha uchinchi tomonga, odatda, yirik savdo firmasiga uzatishni nazarda tutadi.
Ular eksport qiluvchilarni qarama-qarshi xarid orqali tovar sotishdan, ozod qiladilar. Bunday bitimlar, shuningdek, ikki tomonlama kliring kelishuvlarga ega bo’lgan ikki mamlakat o’rtasidagi savdoning balanslashtirishilishi maqsadida ham qo‘llaniladi.
Qarama-qarshi xaridlar haqidagi bitimlar tijorat asosidagi kompensatsiya bitimlarning keng tarqalgan shakli bo’lib bormoqda, modomiki, bunday bitimlardagi alohida shartnomada dastlabki eksport bitimi va qarama-qarshi xarid bo‘yicha har bir hamkorning majburiyatlari belgilab beriladi. Ular ikkala tomonga ham xarid qilish majburiyatlari o’rtasidagi etarli egiluvchanlikni yuzaga keltirish va kliring hisoblardagi to’lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Muddatidan avvalgi avans xaridlar, “dastlabki kompensatsiya” “bog’langan dastlabki kompensatsiya ” yoki “YUNKTUM” deb nomlanadi. Bitimlarning bunday turi o’zida paralel qarama-qarshi bitimlarni aylanma tartibda mujassamlashtiradi. Eksport qiluvchi import qiluvchi firmadan tovarlarni ular eksport qilayotgan tovarining ekvivalent xajmi natijasi bo’yicha sotib olish majburiyatiga almashtirish orqali o’zlashtirishga majbur. Kompensatsiya bitimlarning bu shakli 80- yillarning boshlaridayoq rivojlana boshlagan. Mavjud tajribaga muvofiq ravishda import qiluvchidan tovar sotib olishga rozi bo’lgan eksport qiluvchi eksport shartnomasi keyinroq imzolanishini ko’rib chiquvchi holatni tashkil qilgan xarid haqida, yoki bitimlar kelgusidagi kelishuvlar munosabatida —kompensatsiya kredit” sifatida ko’rib chiqilishi mumkinligi haqidagi shartnomani imzolaydi. Bitimlar bilan bog’liq shartlarda import qiluvchidan tovar xarid qiluvchi eksport qiluvchi-firma uning shartlariga, o’z xohishiga ko’ra, o’z mamlakatining har qanday eksport qiluvchiiga aloqador eksport etkazmalarini uzatish huquqini berish haqidaga ilovani kiritishi mumkin.
Bunday hollarda sotish huquqini berishda eksport qiluvchi vositachi sifatida ishtirok etib, bu huquqni qabul qilgan firmalardan komission mukofot oladi. Bunday bitimlar yirik ixtisoslashtirilgan savdo firmalari tomonidan amalga oshiriladi va —YUNKTUM” nomlanadi.
TMK savdo bozorini kengaytirishga yo’naltirilgan umumiy strategiya elementlaridan biri sifatida avans xaridlardan foydalanadilar. Boshqa tomondan TMK bog’liq bitimlar bo’yicha tovarlar xaridini olib borar ekan, import qiluvchidan uchinchi tomonga, savdo firmasi yoki oxirigi istemolchiga import tovarlarni uzatish huquqini olishi mumkin. Tovarlarni uzatish eksport qiluvchiga oxirgi iste’molchi yoki savdo kompaniyasi tomonidan to’lanadigan narxdan chegirmalar taklif qilishni nazarda tutadi. Bu chegirma “to’qnash savdo mukofotini” tashkil qiladi.
Xaridlarni amalga oshirar ekan, eksport qiluvchi ichki kliring tizimi orqali, import qiluvchiga tovarlarni etkazib berishni ta‘minlovchi bank tomonidan berilgan kafolatli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan holda etkazib kelgan tovarlarni topshiradi. Modomiki, eksport qiluvchi bog‘liq bitimlar bo‘yicha tovarlarni o‘zlashtirishi, keyin esa o‘z hamkoridan qarama-qarshi eksport bo‘yicha majburiyatlardan ozod bo‘lish haqida rozilik olishi mumkin.
Qisqasi, avans yoki dastlabki xaridlardan qarama-qarshi xaridlar haqidagi bitimlarni imzolash mashinasozlik tarmoqlarida muvaffaqiyatli foydalaniladi.
Ishlab chiqarish hamkorligi haqidagi kelishuvlar asosidagi
kompensatsiya bitimlar
Ishlab chiqarish hamkorligi haqidagi kompensatsiya bitimlar sanoat asbob-uskunalarini etkazib berish uchun to‘lovlar sotib olingan uskunalar yordamida ishlab chiqilgan tovarlar orqali to‘lanishini nazarda tutadi.
Bunday bitimlarni yirik masshtabli, uzoq muddatli, qaytarma xaridli kompensatsiya bitimlar; «mahsulot bo‘limidagi bitimlar»; «rivojlanish- import» larga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |