Xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalar


XALQARO DARAJADAGI PORAXO’RLIK



Download 188 Kb.
bet14/16
Sana20.07.2022
Hajmi188 Kb.
#827802
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1407754113 58311

XALQARO DARAJADAGI PORAXO’RLIK
Davlat amaldorlariga korxonani raqobatdan himoyalash, turli xil xizmatlardan foydalanish uchun hamda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yashirin tarzda to’lovlar berish keng tus olgan va bu ma'lum ma'noda poraxurlikning xalqaro darajada namoyon bo’lish shaklidir.
Tarqalish kengllgi. TMKlarni ta'siri xususida so’z borganda, hammaning yodiga o’tgan asrning 70-yillarida matbuotda aks ettirilgan, davlat amaldorlariga to’lovlar berish voqeasi tushadi. AQSHda qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha Komissiya tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlar, davlat amaldorlariga beriladigan pora bir-necha million dollarni tashkil etishi aniqlagan.
Tankidlar asosan, TMKlarga (ayniqsa, AQSH) yo’naltirilgan bo’lib, haqiqatda, pora berish amaliyoti faqatgina TMKlar bilan chegaralanmagan. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, porani xalqaro darajada sanoati rivojlangan davlatlarning amaldorlari ham, rivojlanayotgan mamlakatlarniki ham, xorijliklar ham, kommunistlar ham, antikommunistlar ham oladi.
Poraxurlik juda ko’plab mamlakatlarda keng tarqalgan, xalqaro firmalarga esa, u bilan tez-tez tuknashishga to’g’ri keladi.
Motivlari. Poralar hajmi bo’yicha biznesni boshlash (aks holda uni boshlashga ruxsat berilmasligi mumkin) uchun yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan potentsial raqobatchilarni yo’qotish maqsadlari uchun eng ko’p beriladi. Shu jihatdan, davlat shartnomalarini kulga kiritish uchun, ayniqsa, aviatsiya-kosmik sanoatiga ko’proq pul to’lanadi.
Ikkinchi o’rinda, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun, ya'ni firmalarga qonuniy ruxsat etilgan, ammo amaldorlar tomonidan vaqti chuziladigan ishlarni bitkazish uchun beriladigan pullar turadi. Bunday xizmatlarga mahsulotlarni ro’yxatdan o’tkazish, qurilish ishlari uchun ruxsat olish, import tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish kabilar kiradi.
Xalqaro amaliyot shuni ko’rsatadiki, ba'zi firmalar soliq to’lovlari bo’yicha qarzlarini kamaytirish uchun pora bergan. Masalan, "Djeneral Tayr" (General Tire) Marokkoga raqobatchilarni kiritmaslik uchun pul to’lagan. Rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar guruhi, Meksikada rezinotexnik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi palata orqali ma'lum summani o’tkazib, hukumatdan ushbu mahsulot bo’yicha tartibga solinadigan narxlarni oshirishga erishganligi ma'lum bo’lgan.
Ayrim firmalar majbur bo’lganlaridan pora berganligini ta'kidlashgan, bulardan, "Mobil" (Mobil) Italiyadagi neftni qayta ishlovchi zavodning faoliyatini tuxtatish jarayonini tezlashtirish uchun "Boys Keskeyd" (Boise Cascade) "AyBiEm", "Jilett" o’z xodimlari xavfsizligini ta'minlash uchun pora bergan. Ba'zi poralar siyosiy partiyalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ayrim davlatlarda bunga ruxsat berilgan. Ammo bunday harakatlar mamlakatimizda noqonuniy hisoblanadi.
Usullari. Odatda bunday barcha to’lovlarga naqd pulda amalga oshirilgan, ba'zi hollarda firmalar o’z mahsuloti bilan pora berishgan.
Firmalar tomonidan xalqaro darajada pora berish, ba'zan, to’g’ridan-to’g’ri davlat amaldorlariga, ko’pchilik holatlarda bunday maqsadlar uchun uchinchi mamlakatda joylashgan tashkilotlarga pul o’tkazish usulidan foydalanishadi. Turli xil usullar qo’llaniladi. Masalan, xarid haqidagi qaror qabul qilishga ta'sir eta oladigan odam yoki uning karindoshi vaqti-vaqti bilan firma to’lov niyxatida konsultant (maslahatchi) sifatida aks ettiriladi. Boshqa hollarda, vositachi sifatida faoliyat yuritgan odamlarga, odatdagi komission to’lovlardan ancha yuqori summa to’lanadi. Keng tarqalgan usullardan yana biri - vositachiga yoki davlat tashkiloti ortiqcha pul to’lash va ushbu summani, soliqqa tortish va xorijiy valyutani ishlatish bo’yicha nazoratdan kochish uchun, boshqa mamlakatdagi shaxsga berishdir. "Pulman" (Pullman) firmasi xattoki, davlat amaldorlariga pora berish uchun o’z auditorlaridan ham foydalanganligi ma'lum.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish