JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYOGA QARZLARI
ORTMOQDA
Jahon Bankining 2002 moliya yilida Yevropa va Markaziy Osiyoga (EMO) qarzlari rekord summaga - 5,5 mlrd. AQSH dollariga etdi.
Takkoslash uchun: 2001 moliya yilida ushbu ko’rsatkich 2,7 mlrd, 2000 yilda - 3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.
2002 yilda Jahon bankining EMOdagi operatsiyalari asosan, investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash, siyosiy islohotlar va institutsional rivojlanish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta'minlash va hududda kashshoklikni pasaytirishga yo’naltirilgan. Jahon banki kreditlari-ning bunday sezilarli kengayishiga Turkiyada yuz bergan inqiroz oqibatlarini tugatish maqsadida ajratilgan 3,55 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag’ ham o’z ta'sirini ko’rsatdi.
Moliyaviy soha, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy himoya kreditlashning asosiy yo’nalishlarini tashkil etdi. Moliyaviy sohadagi loyihalar uchun kreditlash 2001 yildagi 853 mln. dollardan 2,6 mlrd. AQSH dollariga o’sdi. Qishloq xo’jaligi loyihalarni kreditlash, mos ravishda, 235 mln. dollardan 717 mln. AQSH dollariga, ijtimoiy sohadagi loyihalar uchun 439 mln. dollardan 698 mln. AQSH dollariga ortgan.
5. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA XORIJIY INVESTITSIYALAR JALB QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan qonunlar muhim o’rin tutadi. Xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko’rsatishi kafolatlarini ta'minlash, xorijiy moliyaviy va boshqa resurslarni, zamonaviy chet el texnologiyasi va boshqaruv tajribasini jalb qilish hamda undan oqilona foydalanish maqsadida, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, shuningdek, uning jahon tizimiga integratsiyalashuviga ko’maklashish uchun 1994 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasining «Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekistondagi investitsion takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda xorijiy investorlar va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam ko’rsatish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 21 avgustdagi Farmoni bilan nohukumat tashkilot maqomiga ega bo’lgan xorijiy investitsiyalar bo’yicha Agentlik tashkil etildi. Vaqt o’tishi bilan iqtisodiy o’sishning jadal borishini ta'minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlaqatlaming ilg’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati ob'ektiv ravishda paydo bo’ldi.
Shu munosabat bilan 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat - «Xorijiy investitsiyalar to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni va «Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» Qonun qabul qildi.
Keyingi yillarda respublikaning investitsiya faoliyati ortib borayotganligini ham aytib o’tish kerak. Xorijiy sarmoyani keng jalb qilish asosan tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga, iqtisodiy sohani mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishga, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini va iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan.
Har bir moliya yili uchun O’zbekiston hukumati tomonidan respublikaning 2000 yil uchun investitsiya dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Unda hukumatning kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga investitsion loyihalaming aniq mo’ljallangan dasturi alohida ifodalab beriladi. Masalan, 2000 moliya yili uchun tuzilgan investitsiya dasturiga 2748,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi 52 ta loyiha kiritilgan bo’lib, shundan joriy yil prognozlari bo’yicha 750,5 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya o`zlashtirilishi mo’ljallanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur dastur amalda respublika iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari va mintaqalarini qamrab oladi. Investorlar va kreditorlar sifatida esa, nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari, eng yirik banklar va korporatsiyalar ish olib boradi. Ular orasida Yaponiyaning Hamkorlik banki, Kommertsbank (Germaniya), Cheyz Manxetten bank (AQSH) bor bo’lib, mazkur banklar Shurtan gazkimyo majmui qurilishiga 618,22 mln. AQSH dollari sarflaydi.
Frantsiyaning «Sosete Jeneral» banki Fargona «Azot» birlashmasida natriy xlorat va xlorat magniyli defoliant ishlab chiqarish quvvatini qayta qurish loyihasiga 23,3 mln. AQSH dollari ajratmoqda. Ana shu mablag’larni o`zlashtirish qishloq xo’jaligining mazkur kimyoviy vositalar turlariga bo’lgan ehtiyojlarini ma'lum darajada qondirish imkonini beradi.
Ijtimoiy sohalarga ham yirik kapital sarmoyalar ishlatilmoqda. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish markazlarini ko`rish, rekonstruktsiya qilish va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jixozlashga Ispaniya hukumati bilan Germaniyaning KVF banki 37,81 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratmoqda. XTTB «O’zbekiston: toza suv, sanitariya va gigiena» dasturini amalga oshirish uchun joriy yilda 11 mln. AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratiladi. Umuman, loyiha bo’yicha jami 75 mln. AQSH dollari sarflash rejalashtirilgan.
Koch guruhi (Turkiya), XMK va ETTB 59,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag’larni birlashtirib, Samarkanddagi «Sino» AJ bazasida maishiy sovutkichlar ishlab chiqarish bo’yicha «Arsin» qo’shma korxonasini tashkil etishda yordam ko’rsatilishi mo’ljallangan.
Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish yuzasidan un millionlab dollar miqdorida kredit hisoblari ochilgan bo’lib, ularda ETTB, XMK, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, vatanimizdagi tijorat banklari ishtirok etmoqda.
Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga:
yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa, necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezrok kutilish imkonini beradi;
yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan ta'minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi;
jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta'minlaydi.
Yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi jihatlarga bog’liq:
xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashish;
yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi;
eksportning intellektual mulk ob'ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik- tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlari-ning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish;
ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qo`llab - quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish;
innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo’llab-quvvatlashning eng makbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha yetkazish;
o`zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi yetakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;
yuqori darajali marketing tadqiqotlari o’tkazish, tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni o’rganish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi, sigimi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy ma'lumotlarni o’rganish.
Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bulajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o’rganishga asoslanadi.
Buning uchun bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq loyihalarni amalga oshirish zarur bo’ladi va ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi.
O’zbekiston amalga oshirayotgan investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari orasida quyidagilarni alohida ta'kidlab ko’rsatish mumkin:
investitsiya j alb qilish uchun xalqaro me'yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish;
respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni yetkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish;
ishlab chiqarish bilan bog’liq loyihalarga qaratilgan, valyutada o’zini-uzi qoplashni ta'minlaydigan investitsiya-larga ko’maklashish;
mamlakatning kredit qobiliyatini, O’zbekistonning birinchi darajali qarz oluvchi mamlakat sifatidagi obro’-e'tiborini qo’llab-quvvatlash;
mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investitsiyalarga yordam berish.
O’zbekiston hukumati investitsiya jarayonini takomillashtirishga doimiy e'tibor berib, xorijiy investorlarning flkriga sezgirlik bilan munosabat bildirmoqda va ochiqdan-ochik hamkorlik qilishga intilmoqda. Amerika Savdo palatasi tomonidan tayyorlangan O’zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirishga doir tavsiyalar buning tasdig’i bula oladi. Tavsiyalarda respublikaga investitsiyalar jalb etish yo’lidagi asosiy to’siqlar tahlil qilib chiqilgan.
Ushbu tavsiyalarni muxokama qilishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muayyan darajada aloqasi bo’lgan deyarli barcha tashkilotlar qatnashdi. Mana shunday ikki tomonlama uchrashuvlar xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosati izchil olib borilayotganligini yana bir bor tasdiqlaydi.
1998 yilda investitsiyalash huquqiy muhitini yaratib beradigan bir qator asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Ular orasida: «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi, «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi va «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi qonunlar mayjudligi mamlakatimiz investitsiyalari borasidagi «huquqiy bushlikni» to’ldirdi.
Investitsiya jarayonini ta'minlaydigan institutsion infratuzilma yanada rivojlandi. Xususan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida 1998 yil boshlarida respublika Vazirlar Mahkamasi xuzurida Investitsiya dasturlari bulimi tashkil etildi. Ushbu bulim davlat investitsiya siyosatini amalga oshiruvchi to’la huquqli idora bo’lib, uning zimmasiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. 1998 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida islox qilish va investitsiyalar bo’yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash ham tuzildi.
Fond bozori boshqaruvining qonunchilik bazasi jadal rivojlanib borayotganligi qayd etilmoqda. Bu xol tasodifly emas. Chunki, davlat kichik xususiylashtirishni muvaffakiyatli amalga oshirib, bevosita navbatdagi bosqichga - bir qator yirik va asosiy korxonalarni xususiylashtirishga kirishdi. Bu jarayonda xorijiy investorlarga kattagina o’rin beriladi. O’zbekiston fond bozorining xalqaro sarmoya bozoriga qo’shilishiga qaratilgan bosqichma-bosqich harakatlar rejasi tasdiqlandi.
Investitsiyalash shart-sharoitlarini takomillashtirish sohasida bundan buyon kuriladigan chora-tadbirlar xususidagi hukumat rejalari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma'ruzasida va 1999 yil birinchi yarmida O’zbekiston iqtisodiyotini islox qilish yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidagi ma'ruzasida tanishib chiqish mumkin. Bu hujjatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini qayta ko’rib chiqish hamda tizimni va milliy valyuta bozorini erkinlashtirish, shuningdek, davlat investitsiya dasturini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish zarurligi ko’rsatib o’tildi.
Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek, xorijiy investorlarni axborot bilan ta'minlashni yaxshilashdan iboratdir.
Investitsiyalami mamlakatga jalb qilishda huquqiy asoslarga taalluqli hozirgi vazifa - bu, hukumatning xorijiy investitsiyalar bo’yicha uzoq muddatli barqaror pozitsiyalarini shakllantirish va uni potentsial xorijiy investorlarga yetkazishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |