Xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalar


XALQARO KREDITLAR BO`YICHA QARZDORLIK



Download 188 Kb.
bet8/16
Sana20.07.2022
Hajmi188 Kb.
#827802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1407754113 58311

4. XALQARO KREDITLAR BO`YICHA QARZDORLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH YO’LLARI
Xalqaro kreditlar bo’yicha qarzdorlik muammosi - umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan muammo sifatida 1982 yilda yuzaga keldi. Chunki, birinchi marta o’tgan asrning 8O-yillarida Meksika davlati o’zini rasman bankrot, deb e'lon qildi. Ya'ni, olingan xalqaro kreditlarni qaytara olmasligini ma'lum qildi. Meksikadan keyin bir qator davlatlar Braziliya, Argentina, Paragvay va bir qator Afrika davlatlari o’zlarini rasman bankrot, deb e'lon qildilar.
O’tgan asrning 90-yillarining boshlariga kelib, birinchi marta kreditlarning foiz to’lovi summasi ularning asosiy summasidan oshib ketdi. Buning asosiy sabablaridan biri - berilgan jami xalqaro kreditlarning 60 foizi suzib yuruvchi stavkaga ega ekanligidadir.
Xalqaro kreditlar bo’yicha ana shunday keskin muammoning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan uch omilni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Kredit olgan mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro kreditlardan samarali foydalanishning iloji bo’lmaganligi. Xalqaro kredit yordamida moliyalashtirilgan yirik loyihalar aksariyat mamlakatlarda o’zini oklamadi. Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqoriligi kreditlarning qaytarish masalasini ogirlashtirdi.

  2. Xalqaro kreditlar bergan xususiy tijorat banklari kreditlar bo’yicha tobora tuplanib borayotgan qarz summasini jiddiy tahlil kilmadilar. Tijorat banklari bu mamlakatlarga berilgan kreditlari uchun yetarli darjada ta'minlanganlik ob'ektlari va boshqa himoya choralarini ko`rishga shoshilmadilar. Xalqaro kreditlarning sezilarli qismi moliyalashtirilayotgan ob'ektdan tushadigan daromadlar summasi bilan ta'minlangan edi. Bu ob'ektlarga qilingan xarajatlar ularni ishga tushirish bilan bog’liq tadbirlardan keladigan daromadlar summasiga nisbatan sezilarli darajada katta edi. Demak, kreditlar mazkur ta'minlanganlik ob'ekti sifatidagi ahamiyatini yo’qotdi. Shunisi e'tiborliki, ayrim tijorat banklari esa, ishonchli kreditlar bergan.

  3. Ushbu mamlakatlarda moliyaviy - pul-kredit instru-mentlarida foydalanishda yul
    kuyilgan xatoliklar pirovard natijada to’lov balansi holatining yomonlashuviga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida milliy valyutalarning kursiga ta'sir qiladi. Ikkinchi tomondan, davlat byudjeti taqchillik hajmining ortishi pul massasining o’sishiga olib keladi.

Xalqaro kredit bo’yicha qarzdorlik muammosi keskin ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi:
1. Xalqaro kreditlar bo’yicha o’z muddatlarida to’lanmagan qarz summalari va foiz summalari tuplanib borishi natijasida ularni to’lash tobora qiyinlashib boradi. Chunki, muddatida to’lanmagan kredit summalariga oshirilgan foiz stavkasida xak to’lanadi. Ayniqsa, suzib yuruvchi kreditlarning qiymati o’sishiga sabab bo’ladi. Buning 2 asosiy oqibatini ko`rish mumkin:

  • mamlakat milliy daromadining asosiy qismi kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni
    to’lashga ketadi. Bu esa, mamlakatdagi investitsiya hajmini qisqartiradi;

  • xalqaro kreditga asosan, yetakchi erkin almashinadigan valyutalarda to’lashadi. Qarz summasining o’sishi mamlakatdan chet el valyutasining ko’proq chiqib ketishini
    bildiradi. Bu esa, milliy valyutaning kursiga salbiy ta'sir etadi.

  1. Mamlakatning jahon ssuda kapitallari bozorida kredit olishi qiyinlashadi. XVF, Jahon banki, ETTB kabi tashkilotlar tomonidan beriladigan kreditlar tobora ogir shartli bo’lib boradi.

  2. Inflyatsiya darajasi kuchayadi. Bu esa, aholining turmush darajasining pasayishiga va jamgarmalarning qadrsizlanishiga olib keladi.

  3. To’lov balansi taqchilligi shu darajaga etishi mumkinki, buning natijasida iqtisodiyotda bir qator salbiy oqibatlar, jumladan, dollar fetishizmi paydo bo’lishi mumkin.

  4. Davlat byudjeti taqchilligi kuchayadi. Bu esa, ijtimoiy dasturlarni qisqarishiga sabab bo`lishi mumkin.

Xalqaro kreditlar bo’yicha qarzdorlik muammosini hal qilish masalalari bilan London va Parij klublari shug’ullanadi. Agar, qarzdor davlat yoki davlat organi bo’lsa, bu masala Parijda ko’rib chiqiladi. Agar qarzdor bo’lib, xususiy banklar va kompaniyalar hisoblansa, bu masala London klubida ko’rib chiqiladi. Har ikkala klub ham, doimiy tashkilot emas, balki vaqti-vaqti bilan chakirilib faoliyat yuritiladi. Masalan, Parij klubining yig’ilishlari Frantsiya Moliya vazirligining binosida ma'lum vaqtlarda o’tkazib turiladi. Yigilishda eng avvalo, qarzdor mamlakatlar vakillarining ma'ruzasi eshitiladi. Parij klubida bunday ma'ruzalar hukumat raxbarlari yoki uning rasmiy agentlari - Moliya vaziri yoki Markaziy bank Raisi ushbu ma'ruzalarni ukiydi. Ma'ruzada kreditlarning qaytarilmayotganligini, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va kreditni qaytarish uchun qanday choralar kuUanilayotganligi to’liq o’z aksini topgan bo’lishi lozim. Undan so’ng, kreditorlarning da'volari eshitiladi. Undan so’ng esa, XVF ning ekspertlari ma'ruza qiladilar. Olib boriladigan munozaralardan so’ng har ikkala klubda xalqaro kreditlarni qaytarish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi.
Xalqaro kreditlar bo’yicha qarzdorlik muammosini hal qilishning eng ma'kul yo’li hozirgi kunda ushbu davlatlarga yangi kreditlar berish hisoblanadi. Garchi mazkur usul hozircha yagona samarali usul hisoblansa ham, u qarzdorlik muammosini to’la hal kilmaydi. Qarzdorlik muammosini hal qilishning optimal yo’llaridan biri - kreditni berishga kirish jarayonida uni to’la konli tahlil hisoblanadi. Yirik kreditlar bo’yicha ta'minlanganlik masalalari muhim o’rin egallaydi. Ta'minlanmagan ssudalar bo’yicha risk hamisha saqlanib koladi. Demak, olinayotgan har qanday xalqaro kreditni qaytarish kerakligini xis qilgan holda undan samarali va oqilona foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish