Xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalar


Xalqaro kreditning funktsiyalari



Download 188 Kb.
bet2/16
Sana20.07.2022
Hajmi188 Kb.
#827802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1407754113 58311

Xalqaro kreditning funktsiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o’ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  1. Takror ishlab chiqarishni kengaytirish, iste'molni ta'minlash uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko’prok, daromadlirok bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadning o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasi oshishiga olib keladi.

  2. Xakikiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirishlar orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlar iqtisod qilinadi. Xalqaro kredit bazasida xalqaro hisob-kitoblarning kredit mablag’lari yuzaga keldi - veksellar, cheklar, shu jumladan, banklararo o’tkazmalar, depozit sertiflkatlari va shu kabilar. Ssuda kapitali muomalasini vaqtincha tejash orqali xalqaro iqtisodiy aloqalardagi kapitalni ishlab chiqarish funktsiyasi o’sishiga, ishlab chiqarish kengayishiga va foydaning oshishiga olib keladi.

  3. Kapitalning bir joyga tuplanishi va markazlashishini tezlashtirish: chet el kreditlarini jalb qilish tufayli qo’shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamgarmalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallariga boshqa davlatning mablag’lari qo’shilishi oqibatida ular miqdori ko’payadi. Xalqaro kredit oldindan yakka korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo`lishiga xizmat qiladi.

Xalqaro kredit funktsiyalarining ahamiyati katta va u milliy hamda jahon xo’jaligi rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasini bajarmoqda va o’zi ham tartibga solinish ob'ekti bo’lib hisoblanmoqda.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. Xalqaro kredit o’z funktsiyalarini bajarishda ikkiyoqlama rol o’ynaydi (ijobiy va salbiy).
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy o’rni - uni takror ishlab chiqarish rivojlanishini ta'minlashda va kengaytirishda namoyon bo’ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqarish baynalmilallashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo’nalishlar orqali tezlashtiradi:
Birinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rag’batlantiradi, shu orqali bozorda kon'yunkturani ko’taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdo kreditda xalqaro me'yor bo’lib hisoblanmoqda. Ayniqsa, uzoq davr mobaynida tayyorlanadigan, iste'mol qilinadigan va bahosi baland tovarlar uchun. Maxsulotlarning bahosini va jahon savdosida mashina hamda asbob-uskunalar ulushi oshishi eksport qiluvchilarni ham, import qiluvchilarni ham, tashqi savdo kreditlariga bo’lgan kizikishlarini orttirmoqda.
Hozirgi zamon sharoitida kreditor-mamlakatdan eksport yetkazib beruvchi «bog’liqlik» kreditining salmogi oshdi. Kreditlanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan xarajat qarzning sharti bo’lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit kreditor-mamlakat flrmalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhit yuzaga keltiradi. Chunki, odatda, kreditor-mamlakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlari qo’yiladi. Infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, chet el va qo’shma korxonalarni faoliyat ko’rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi bor milliy korxona va banklaming pozitsiyasi kuchayishiga yordam beradi.
Uchinchidan, kredit - mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valyuta operatsiyalari tuxtovsizligini ta'minlaydi.
To’rtinchidan, kredit - mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o’rni - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligi kuchayishida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlar qayta ishlanishi tezlashadi, mamlakatlar o’rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy ko’tarilish va davriy pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tezlashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osonlashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi.
Xalqaro kredit - mamlaqatlaming xarid bozori raqobati uchun kurash quroli hamda kapitalni joylash sohasi, xom ashyolar manbalari, ITT sohasidagi yutuqlardir.
Kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi umini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda:
Birinchidan, xalqaro kreditni qarz sifatida olgan mamlakatdagi daromadlarni qarz bergan mamlakatga olib o’tishda foydalaniladi. Shu bilan birga, ssudani qaytaruvchi har yilgi foiz to’lovlari, jamiyatning sof daromadi miqdorini ko’paytiruvchi, ishlab chiqarish o’sishini ta'minlovchi jamgarmalarning tashkil topishi, shu jamgarmalaming tashkil topish manbalari qarzdor mamlakatlarga salbiy ta'sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomonidan kreditor mamlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni takozo etadi.
Etakchi mamlakatlar o’z umini yanada mustahkamlash uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va hududiy valyuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti-vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiyasini va kredit kamalini qo’llashadi.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish