Xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalar



Download 188 Kb.
bet4/16
Sana20.07.2022
Hajmi188 Kb.
#827802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1407754113 58311

Xalqaro bank krediti asosan, valyuta (pul) ko’rinishida bo’ladi.
Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega.
Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir qancha kreditlar mavjud:

  1. Firmaning (tijorat) krediti - odatda eksport qiluvchi mamlakatning bir firmasi
    boshqa mamlakatning import qiluvchiga to’lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga tushuniladi. Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog’liq hisob-kitoblarda keng qo’llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 2-7 yil) turlicha bo’ladi va jahon bozori kon'yunkturasi shartlariga, tovarlar turlariga va boshqa bir qator omillarga bog’liqdir. Mashina va asbob-uskunalar (texnologiya, jixozlar)-ning eksporti kengayishi xalqaro kredit muddati uzayishiga olib keladi. Tijorat krediti odatda, veksel yoki ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kreditlar orqali rasmiylashtiriladi.

  2. Vekselli kreditda eksport qiluvchi tovarni sotish haqida bitim tuzib, o’tkazma veksel (sarf-xarajatlar)ni import qiluvchiga junatadi, import qiluvchi tijorat hujjatlarini olib aktseptlaydi, ya'ni unda ko’rsatilgan muddatda to’lovni amalga oshirishga rozilik beradi.

  3. Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kredit. Bu kredit eksport qiluvchi va import qiluvchi o’rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksport qiluvchi junatilgan har bir tovarlar qiymatini import qiluvchining hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Import qiluvchi shartnomada ko’rsatilgan vaqtda kredit summasini tulab boradi. Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo’lgan firmalar o’rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.

Tijorat kreditining yana bir turiga import qiluvchining avans to’lovi (sotib oluvchining avansi)ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda import qiluvchi tomonidan chet ellik mol yetkazib beruvchiga odatda mashina, asbob-uskunalar (texnologiya)ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan to’lanadi.
Xarid bunaki eksportni kreditlashning bir shakli bo’lib hisoblanadi va shu vaqtning o’zidan boshlab import qiluvchining majburiyatini ta'minlovchi vositaga aylanadi. Chunki, import qiluvchi o’zi buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bo’ladi. Rivojlangan mamlaqatlaming import bilan shug’ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli o’laroq, xarid bunagidan shu davlatlarning qishloq xo’jalik mahsulotlarini olib chiqib ketishda foydalanmoqdalar.
Bo`nak to’lagan tomonning aybi bilan, shartnoma bajarilmay kolsa, sarf-xarajatlar undirilgan holda mablag’ qaytariladi. Agar shartnoma bunak olgan tomonning aybi bilan bajarilmay kolsa, u sotib oluvchiga barcha xarajatlarni to’lagan holda mablag’ni qaytarishi shart.
Bo`nak - shartnoma bajarilishidan voz kechish mumkin bo’lgan bitimga nisbatan rag’batlantiradi. Voz kechish mumkin bo’lgan bitimda esa, zarar kurgan tomonning xarajatlarini to’lash majburiyatlaridan ikkinchi tomon ozod bo’ladi. Ba'zan xarid - sotib oluvchining avansi to’lovni kechiktirishga o’zaro moslashadi, buning ustiga teng ulushlar bilan ma'lum intervallarga bo’linadi (oy, kvartal, 1 yil).
Tijorat krediti sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasidagi munosabatni namoyon kilsada, u odatda, bank krediti bilan kushilib, moslashadi. Mashina va asbob-uskunalarni sotishda tijorat krediti uzoq muddatga beriladi (7 yilga), bu esa, o’z navbatida, eksport qiluvchining anchagina mablag’ini jalb qilib oladi. Shu sababdan, eksport qiluvchi qonundagidek, bank kreditiga murojaat qiladi yoki o’z kreditini banklarda qayta moliyalashtiradi.
Tijorat krediti hajm va moliyalashtirish shartlari bo’yicha mashina va asbob-uskunalar eksportini kreditlash muammosini to’liq echa olmaganligi sababli, bank kreditlarining roli oshadi.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish