Bank tizimini erkinlashtirish, alohida olingan korporativ banklar



Download 21,84 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi21,84 Kb.
#502793

2.4. Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini boshqarish


Bozor iqtisodiyoti korxona, jamoa tashkilotlari, kooperativlar, banklar va
fukarolarga tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta xo‘jaligini mustaqil tarzda amalga
oshirish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Xech kimga sir emaski, bozor iqtisodiyoti
risk bilan bog‘liq. U bilan bankirlar ham, tadbirkorlar ham, aholi ham tuknashadi.
Biroq, ko‘pgina hollarda riskni kamaytirish, oldini olish, va xattoki undan kochish
mumkin. Moliyaviy risklarni kamaytirishda banklar muhim o‘rin tutadi. Tashqi
iqtisodiy faoliyatning qayta qurilishi, xalqaro aloqalarning kengayishi bevosita
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini
muvofiq ravishda o‘zgartirishlarini takozo etadi. Ularning xo‘jalik faoliyatlariga
valyuta kurslarining tebranishi sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
Bank tizimini erkinlashtirish, alohida olingan korporativ banklar
faoliyatini universallashtirish sharoitida, alohida olingan bank risklarini hisoblash
va baholash muammosi amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli, tijorat banklari
faoliyatida doimo uchrab turadigan valyuta risklari xususida tuxtab o‘tish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.

Valyuta risklarining mavjudligi - valyuta bozorlarida valyuta operatsiyalar


amalga oshirilishi, transmilliy korxonalarni barpo etish orqali, bank
operatsiyalari bozori baynalmilallashuvi, shu jumladan, ular faoliyatini
diversifikatsiyalash bilan bog‘liq.
Shu sababdan, riskka bir qator omillar sezilarli ta‘sir ko‘rsatadilar. Bularga
misol qilib, geografik, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, demografik va boshqa omillarni
ko‘rsatish mumkin.
Valyuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash
kurslari o‘zgarishidan yoki boshqa turli valyuta operatsiyalari amalga
oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar (yoki daromad olish)
tushuniladi. Valyuta risklari yuzaga kelishining asosiy sababi - valyuta kurslari
o‘zgarishi hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlar hamma shaxslarga: ishbilarmon
firmalar va davlat tuzilmalariga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina hollarda, ularning
faoliyati eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq va shu sababli, kreditorlar va
qarz oluvchilar, investorlar va chayqovchilar, xo‘jalik sub‘ektlari o‘z bizneslarini
milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyutalarda amalga oshirishni ma‘kul ko‘radilar.

Valyuta riskiga - tashqi savdo, kredit, valyuta operatsiyalari, hamda fond va


tovar birjalarida amalga oshirilayotgan operatsiyalarda, milliy valyuta kursiga
nisbatan xorijiy valyutani kursi o‘zgarishi bilan bog‘liq valyuta yo‘qotishlari xavfi
kiritiladi.
Valyuta riskining hajmi, valyutaning sotib olish qobiliyatining pasayishi bilan
bog‘liq, shu sababli u bitim imzolangan va to‘lovni amalga oshirish muddati
o‘rtasidagi vaqt oralig‘ining farqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Eksport qiluvchi (sotuvchi) uchun kursdan yo‘qotishlar to‘lov valyutasi
kursini tushishigacha bo‘lgan muddatda bitim imzolab qo‘ygan bo‘lsa yuzaga
keladi, chunki olingan tushum mablag‘lariga eksport qiluvchi kamroq milliy pul

mablag‘larni olishi mumkin. Import qiluvchi (xaridor) esa, baho valyuta kursi


oshishidan zarar ko`rishi mumkin, chunki xarid qilib olishi uchun, endi ko‘proq
milliy valyuta mablag‘larini xarajat qilish lozim bo‘ladi.
Xalqaro amaliyotda yuzaga keladigan har qanday risk eksport qiluvchi
(sotuvchi)ning buyniga tushadi.
Milliy moliya bozorlarida risklarni ma‘lum bir sezilarli miqdorda taxmin
qilish mumkin. Hududiy va xalqaro moliya bozorlarida esa, bundan farqli
o‘laroq, risk darajalarini taxminlashtirish sezilarli darajada mushkul hisoblanadi.
Valyuta riskini uch turga bo‘lish mumkin:
2.2-rasm. Valyuta riski turlari
Valyuta riski
Pul o’tkazishda
yuzaga keladigan
risk
Tranzaktsiya
(bitimlar) riski
Iqtisodiy risk

68
1. Pul o‘tkazishda yuzaga keladigan risk - xorijiy valyutada ifodalangan (misol


uchun, xorijdagi filialning hisobotlari) flrma yoki bankning moliyaviy hisobotlari
natijalarini milliy valyutaga o‘tkazish (misol uchun, flrmaning moliyaviy
hisobotlarini jamlash vaqtida);
2. Tranzaktsiya (bitimlar) riski - to‘lovni kelajakdagi bir sanada amalga
oshirishda, milliy valyuta qiymatining yoki bitim daromadliligining noaniqligini
aks ettiradi. Bunga misol qilib, import qiluvchiga kredit taqdim etilgan holda,
import qiluvchi valyutasida tovarlarni eksport qilishi uchun xizmat qiladi;
3. Iqtisodiy risk - kelajakda valyuta ayirboshlash kurslarining o‘zgarishi
natijasida, xorijiy valyutada ifodalangan firma aktiv va majburiyatlarining milliy
valyutadagi qiymatining o‘zgarishidir. Bunga misol qilib, flrmaning xorijiy
bo‘linma va filiallarining aktivi va majburiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Pul o‘tkazishda yuzaga keladigan risk - bu hisob-kitob amaliyotida yuzaga
kelib,
xorijiy
valyutada
ifodalangan
firma
yoki
bankning
aktiv va
majburiyatlarining milliy valyutaga o‘tkazishda, davriy ravishda ayirboshlash
kursining o‘zgarib turishidir. Agarda, milliy valyutada ifodalangan xorijiy valyuta
qimmatlashsa, u holda firma yoki bankning xorijiy valyutadagi aktivlari,
majburiyatlari va mol-mulki ham, milliy valyutaga nisbatan qiymat jihatidan oshadi.
Xorijiy valyuta ayirboshlash kursining qadrsizlanishi yuqoridagi holatning aksi
bo‘lib chiqadi.
Tranzaktsiya (bitimlar) riski to‘lashga yo‘naltirilgan yoki to‘lovga qabul
qilingan xorijiy valyutada ifodalangan hisob bilan bog‘liq moliyaviy riskdir.
Ayirboshlash kursi tranzaktsion ko‘rinishga tegishli ravishda xejerlash
(sug‘urtalash) orqali barham berilmagunga kadar, firmaning daromadiga, milliy
valyutada to‘lovlarni qabul qilish va to‘lash o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir
qiladi. Barqaror siyosatni amalga oshirish maqsadida, tijorat banklari doimiy
ravishda o‘z mijozlaridan ayirboshlash kursining kutilmagan o‘zgarishlaridan
yuzaga keladigan zararlarning oldini olishi uchun, ularni xejerlashni tavsiya
qiladilar.

69
Banklar o‘z mijozlari qatori risklarni minimallash-tirish manfaatini


ko`zlaydilar. Foiz risklari holatida xalqaro banklar va firmalar, odatda, ayirboshlash
kursining taxminlashtirishga juda ko‘p vaqtlari va harakatlarini sarflaydilar.
Ayirboshlash kurslarini taxminlashtirish milliy (ichki) foiz stavkalarini
baholashdan ancha murakkab hodisa ekanligini isbotlab berdi. Bunga asosiy sabab
bo‘lib, har qanday davlatda ichki foiz stavkalariga nisbatan, ayirboshlash
kurslarining juda ko‘p miqdordagi murakkab o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega
ekanligidir.
Ayirboshlash kurslari va foiz stavkalarini taxminlashtirishga kizikish, va o‘z
navbatida, xorijiy valyutalar pozitsiyasini «ochik» qoldirish (xejerlamaslik)
korporativ xazinachilikda yuqori bo‘lib turibdi, bu esa, ba‘zida salbiy natijalarga
olib keladi.
28
Tijorat banklaridagi valyutani ayirboshlash bo‘linmalari ham, odatda ochiq
pozitsiyalarni ushlab turishga harakat qilishadi: «uzun» pozitsiyani (xorijiy valyuta
zahiralarini ko‘paytirish) yoki «qisqa» pozitsiyani (xorijiy valyuta zahiralarini
kamaytirish) qoldiradilar. Bu holat, odatda, bank iqtisodchisi yoki bosh valyuta
dileri tomonidan tayyorlangan va yuqori raxbariyat tomonidan ma‘qo‘llangan
«bog‘liq» valyuta taxminlashtirishga asoslangan, maqsadli risklarni qabul qilishdir.
Bu esa, o‘z navbatida, bank uchun katta xatar keltiradi. Shunday qilib, valyuta
savdosida bank menejmenti uchun eng samarali siyosat bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
a) mijozlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan tijorat tranzaktsiyalari
(savdo bitimlari asosida bo‘lgan) uchun valyuta bitimlarini cheklash;
b) korporativ mijozlar tomonidan doimiy ravishda talab qilinadigan valyuta
kassalari uchun overnayt amaliyotiga qattiq cheklovlar o‘rnatish, hamda asosiy
konvertirlanadigan valyutalar uchun limitlarni belgilash;
v) bankning valyuta savdosida aktiv bo‘lgan barcha korporativ va boshqa
28
Abdullaev YO.A., Qoraliev T.M., va boshqalar ―Bank ishi‖. Darslik - B.M.: T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2009 y.,
Abdullaeva SH.Z. Qulliyev I.M. O'quv uslubiy qo'llanma,-T.: ‖Bank risklari‖, 2014

70
mijozlar uchun, bankning ish vaqti va overnayt vaqtida, valyutani ayirboshlashga


limitlar, shuningdek, ularning faoliyati ustidan monitoring o‘rnatish.
Iqtisodiy risk - mazkur valyuta riskining uchinchi ko‘rinishi bo‘lib,
multimilliy firma uchun eng muhim risk hisoblanadi va firmaning aktiv
qiymatiga ayirboshlash kursi o‘zgarishining uzoq muddatli ta‘sirini ulchaydi.
Valyuta-iqtisodiy riskni ulchanishi mushkul vazifadir. Chunki, valyuta
kursining o‘zgarish samarasini bir vaqtning o‘zida nisbiy inflyatsiya sur‘atlari
(uning asosida yotgan va har bir valyuta bilan bog‘liq) pul oqimlariga ta‘sirining
oldini olish to`laqonli tahlilsiz mumkin emas.
Firmaga valyuta kurslari o‘zgarishlarining iqtisodiy ta‘siri, inflyatsiya
sur‘atlaridagi kurs o‘zgarishlari farqlarining to‘liq koplanganligiga bog‘liq. Agar
(narx nazoratiga, tangar siyosat o‘zgarishiga va boshk.) haqiqiy valyuta kursi (uz
navbatida, nisbiy narxlar) o‘zgarsa, u holda nisbiy narxlar o‘zgarishi oxir-oqibatda
firmaning uzoq muddatli raqobatli riskini aniqlab beradi. Bunda qat‘iy belgilangan
valyuta kursi tartibi, suzib yuruvchi kurslar tartibiga nisbatan valyutaning katta
raqobatli riskiga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, banklar har bir alohida amaliyot bo‘yicha (valyuta kelishuvi,
himoya kelishuvi, oltin kelishuvi, multivalyuta kelishuvi, kafolatlar qo‘llanilishi,
forvard bitimlari va svop bitimlari) valyuta risklarini tartibga solishda turli
uslublarni qo‘llash yo‘li bilan, valyuta amaliyotlaridan zararlar riskini
kamaytirishga harakat qilishlari zarur.
Valyuta kurslari o‘zgarishlarini aniqroq prognozlash-tirish, valyuta risklarini
sug‘urtalash (xejerlash) dan foydalanish zarurdir.
Banklar barqaror siyosatni ishlab chiqishlari, ya‘ni xorijiy valyutada barcha
aktiv va majburiyatlar miqdori hamda muddatlariga limit o‘rnatishlari hamda har
bir alohida valyuta limitlari bo‘yicha doimiy monitoring va davriy kuzatishni
amalga oshirishlari zarur. Bunday siyosat bo‘yicha kurilayotgan chora-tadbirlar va
limitlar bankning kredit siyosatida mukammal belgilanishi shart.
Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta

71
amaliyotlarini qo‘llash doirasini jahon tajribasiga muvofiq kengaytirishga yordam


beradigan shart-sharoitlar yaratishlari lozim. O‘zbekiston valyuta bozorini
erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini hisobga olgan holda,
manfaatdor idoralarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini dikkat
bilan o‘rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sirlarga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida, valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini
qo‘llashni kengaytirishlari kerak.
Hozirgi vaqtda, tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatini Markaziy
bank tomonidan tartibga solinishi, bank tizimidagi eng muhim va dolzarb
masalalardan biri bo‘lib turibdi. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‘g‘risida»
29
gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank valyutani
tartibga solish va valyutani nazorat qilish bo‘yicha davlat organi bo‘lib hisoblanadi.
Bu masalaning dolzarbligi, asosan, ko‘pgina yirik vakolatli banklar
aktivlarining asosiy qismini valyuta sohasiga yo‘naltirilganligi, ya‘ni xorijiy
valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasi
hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tamoyillari va valyuta
qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7
maydagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu
qonun talablariga muvofiq, O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq
barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya‘ni O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi
litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday
litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari, vakolatli banklar hisoblanadilar.
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta
pozitsiyasining yuritilishi haqidagi hisobot muhim vvin tutadi. Bu hisobot tahlil
29
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda; 1998-y., 9-son, 181-
modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‗zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‗plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 37-38-son, 373-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda;
2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2012-y., 15-son, 163-
modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda;
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son

72
qilinishining zarurati, Markaziy bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli


banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishga qaratilgan siyosati bilan
izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi
bilan bog‘liq operatsiyalarga limit o‘rnatiladi. Bu tartib bo‘yicha bankning o‘z
mablag‘lariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir
valyuta turi bo‘yicha bu ko‘rsatkich 5 foiz qilib belgilangan. Limit o‘rnatishning
asosiy sababi, vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishdir. Chunki,
vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga kuysa, va bu valyutalarning
kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi va xatto bank
bankrot bo‘lishi mumkin (bu o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiyotining sekin-
astalik bilan inqirozga yuz tutishiga olib keladi). Shuning oldini olish maqsadida,
bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan.
Valyuta pozitsiyasiga limit, har bir davlatda, uning iqtisodiyotining holati
va mamlakatning moliyaviy tizimining o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘rnatilishi
ma‘lum. Quyida keltirilgan ma‘lumotlar bunga yorkin dalil bo‘ladi.
Banklar - banklararo bozor ishtirokchisi sifatida quyidagi risklarga duch
keladilar:
1. Tulamaslik riski. Bank yoki qarzdor-korporatsiyaning olingan qarzlar va
ular bo‘yicha foizlarni tulay olmaslik extimoli mavjud. Ushbu bozordagi qarzlar
va depozitlar ta‘minot talab kilmaydi.
2. Bozor riski. Foiz stavkalarining kutilmagan tebranishlari bankning
mablag‘lar manbasiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Banklararo bozor, suzuvchi foiz
stavkalariga asoslanganligi uchun, qarzdorlar kreditlarni qaytarishga kiynalib
koladi (Londondagi banklararo depozitlar bo‘yicha taklif stavkalari nobarqaror
hisoblanadi, ayniqsa, inflyatsiya sharoitida).
3. Ma‘lum mamlakatda faoliyat yuritish riski. Mamlakat o‘z banklariga
xorijiy banklardan olingan qarzlar va depozitlarni tulab berishni takiklashi
mumkin (masalan, 1919 yilda Rossiyadagi inkilob paytida, 1961 yilda Kubada).
To‘lov balansi holatining yomonlashuvi va xalqaro zahiralarning keskin qisqarishi,

73
debitorlarni sinditsirlashgan qarzlar va ular bo‘yicha foizlarni to‘lashiga xalakit


qiladi.
4. Valyuta riski - valyutaning almashuv kurslarini keskin o‘zgarishi,
bankning aktiv va passivlarini boshqarishni qiyinlashtiradi. Masalan, 1985-1987
yillarda amerika dollari kursining pasayishi va Yapon ienasi qiymatinnig oshishi,
kuplab xalqaro banklarning tarkibi va foydasiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.
5. Likvidlilik riski. Banklar tomonidan banklararo depozitlarning ma‘lum
bankdan talab qilinishi, ushbu bankning o‘z aktivlarini sotish va zarar ko`rishga
majbur qiladi.
6. Inqirozning yuzaga kelish riski. Kachonki, 1974 yildagi (Xermtatt Bank
va Frenklin Neyshil Benk) kabi jahon moliya inqirozi, yoki 1982 yildagi
rivojlanmagan mamlakatlardagi qarzdorlik inqirozi (Meksika va Braziliya), yoki
1984 yildagi mahalliy banklar inqirozida (Kontinental Illinoys) - har doim ham
"domino" kurkuv ta‘siri yuzaga keladi.
7. Siyosiy risk. 1979 yilda AQSH hukumati Eronning AQSH dollaridagi
aktivlarini, 1985 yilda Liviyaning AQSH dollaridagi aktivlarini muzlatdi.
II bob bo’yicha xulosa
Markaziy bankning valyuta siyosatining ta‘sirchanligini oshirish maqsadida
quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
1. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘liq
Markaziy bank ixtiyoriga berish.
Ushbu masala hal qilinmasa, Markaziy bank valyuta mablag‘lari harakatini pul
massasiga ta‘siri bilan bog‘liq jihatlarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega
emas.
Shu narsa yaqqol ko`rinib turibdiki, Markaziy bank hukumatning tashqi qarzini
to‘lash bilan bog‘liq valyuta mablag‘larining harakatida bevosita ishtirok etish
huquqiga ega emas. Hukumatning o‘zini moliyalashtirish manbalariga ega

74
ekanligi markaziy bankning ushbu jarayondagi ishtirokini cheklab qo‘yadi. Buning


ustiga, hukumatning tashqi qarzini to‘lashda manba bo‘lib xizmat qiluvchi
Respublika Valyuta Fondi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank xuzuridadir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Avstriya
Markaziy bankning hukumatning tashqi qarzini to‘lashdagi ishtiroki kattaligini
ko‘rish mumkin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida
amalga oshiradigan asosiy vazifalaridan biri - mamlakatda tijorat tusidagi valyuta
operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi
kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala
bo‘lib turibdi. Buning uchun esa, joriy bozorni rivojlantirish zarur. Avvalo,
Respublika Valyuta Birjasini likvidli-ligini to‘liq ta‘minlash zarur. Chunki, har
qanday turdagi muddatli valyuta operatsiyasi - «svop», «Forvard», valyutaviy
optsionlar va fyucherslar bilan bog‘liq operatsiyalar pirovard natijada SPOT
bozorining likvidliligiga bog‘liq.
Markaziy bank «GOLD-SVOP» operatsiyalari vositasida SPOT bozorining
likvidliligini ma‘lum vaqt mobaynida ta‘minlab turishi mumkin. Ammo, bunda
SPOT bozoridagi likvidlilik doimiy tusga ega bo‘lishi lozim. Aks holda «GOLD-
SVOP» operatsiyalari jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bunda SPOT bozorining
likvidliligi yanada pasayib ketishi mumkin.
3.
O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
valyuta
siyosatining
ta‘sirchanligini oshirish bilan bog‘liq muhim masalalardan biri, iqtisodiyotni chet el
valyutalarida kreditlash jarayoniga kumaklashish mumkin.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davom etayotgan hozirgi sharoitda
chet el valyutalarida kredit olishga talab kuchli. Bu talab esa, o‘z navbatida, tijorat
banklari tomonidan «spred» darajasini yuqori belgilashga imkon beradi. Bu esa,
investitsiya faolligini ma‘lum darajada bugib kuyishi mumkin. Lekin, tijorat
banklari yuqori darajada foyda olishga erishadilar. Sababi shundaki, ular kichik
«spred» bilan kredit oladilar va yuqori darajadagi talabga asoslangan holda «spred»

75
darajasini oshiradilar.


Ana shu holatga barham berish maqsadida Markaziy bank garovli kreditlar
mexanizmidan foydalanish kerak. Buning afzalligi shundaki, Markaziy bank tijorat
banklarining vakillik hisobvaraqlari qoldiqlarini ma‘lum qismini garov sifatida olib,
bozor darajasidan past stavkada xorijiy valyutada kredit berish mumkin. Bunda
berilgan kredit summasiga egalik qilish Markaziy bank tasarrufida koladi. Shu
yo‘l bilan Markaziy bank chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasiga ta‘sir
qiladi. Asosiy masalalardan biri, bu erda, garovga olingan summalarga foiz to‘lash
xususida bo‘ladi. Sababi shundaki, bu summalarga bozor stavkasida foiz to‘lash
kerakmi yoki, undan past stavkada foiz to‘lash zarurmi, degan savol tug`iladi.
Download 21,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish