8-jadval
2000 yilda tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarishda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarishining ulushi
Tarmoqlar
|
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarishining tarmoq ishlab chiqarishi hajmidagi ulushi, %
|
Sanoat
|
14,5
|
Yoqilg`i va energetika
|
0,5
|
Qora metallurgiya
|
0,1
|
Rangli metallurgiya
|
11,7
|
Kimyo va neft kimyosi
|
17,3
|
Mashinasozlik
|
59,8
|
O`rmon, yogochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz
|
19,4
|
Qurilish materiallari sanoati
|
13,6
|
Yengil sanoat
|
7,6
|
Oziq-ovqat sanoati
|
26,9
|
Boshqa sanoat tarmoqlari
|
1,7
|
Buning tasdig’i o’laroq, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qishloq xo’jaligida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan kredit liniyasi (50 mln. AQSH dollari) 1997 yildan o`zlashtirila boshlandi va 2000 yilda davom ettirildi. Bundan tashqari, Amerikaning «UzKeysmash» kompaniyasi bilan birga «Keys-2022» va boshqa qishloq xo’jalik texnikasini 13 mln. AQSHdollari miqdorida ishlab chiqarish bo’yicha, turkiyalik investorlar bilan 13,2 mln. AQSH dollari hajmidagi gusht va sut ishlab chiqarish majmuini yaratish bo’yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirila boshlandi; isroillik investorlar bilan birga gusht etishtirish uchun 6,8 mln. AQSHdollari hajmidagi parrandachilik xo’jaliklarini yangilash boshlandi va hokazo.
Qishloq xo’jaligidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarish hajmlari ancha yuqori sur’atlar bilan o’sib borayotganligiga qaramay, xali mavjud imkoniyatlarning barchasi ishga solingan emas. Ushbu korxonalarning qishloq xo’jaligi mahsuloti umumiy hajmidagi ulushi pastligi (0,5 foiz) shundan dalolat berib turibdi. O’zbekiston qishloq xo’jalik xom-ashyosi yetkazib beruvchi yirik davlatdir. Paxta, pilla, qorako’lteri va boshqalar eksportning an'anaviy moddalarini tashkil etadi. U xorijiy investorlarni ushbu sektorga jalb etish uchun juda katta resurs imkoniyatlariga ega.
O’zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar kushayotgan hissa ularning sohalar bo’yicha taqsimlanishidan ko`rinib turibdi. Masalan, 1999 yil boshidagi xorijiy investitsiyalarning 90 foizdan ko’progi neft kimyosi tarmog’iga, telekommunikatsiyalarga, transportga, qurilishga, mashinasozlikka va foydali kazilmalar qazib chiqarishga yo’naltirildi.
2002 yilda kimyo tarmog’iga (2000 yildagiga qaraganda deyarli 7 baravar) transportga (2,8 baravar), qishloq xo’jaligiga (deyarli 12 baravar), kichik va o’rta korxonalar sektoriga (17 baravar), infratuzilma va ekologiya sektoriga (7 baravardan ko’prok), mashinasozlikka (2,3 baravar) xorijiy investitsiyalarning ancha oshishi taxmin qilingan. Umuman olganda, xorijiy investitsiyalarning ko’payishi 2002 yilda taxminan 70 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.
30 dan ortiq mamlakat investorlari davlat investitsiya dasturida ishtirok etmoqda. 2002 yil davlat investitsiya dasturida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari qiymatining 55 foizi va 2001 yilning o’zida o`zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning 65 foizi dunyodagi 3 ta yetakchi davlat (AQSH, Yaponiya va Germaniya) hissasiga to’g’ri keladi. Biroq, ularning ulushi 2002 yilda birmuncha pasayib, 57 foizga tushdi. Shu bilan birga, O’zbekistonga investitsiyani ko’paytirishni rejalashtirayotgan asosiy mamlakatlar Germaniya (1,9 baravar), Janubiy Koreya (3,6 baravar), shuningdek, AQSH, Frantsiya, Turkiya, Chexiya, Italiya, turli xalqaro moliya institutlari va boshqalardir.
Xorijiy investorlarning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ishtirok etishlari kengayib borgan sari, iqtisodiy jihatdan yetakchi mamlakatlar bo’yicha ta'sirning ob'ektiv taqsimlanishi aniq bo’lib bormoqda. Ayni vaqtda, O’zbekiston investitsiya bo’yicha sheriklar doirasini kengaytira borib va ularni mamlakat iqtisodiyotini tarkiban o’zgartirishga, korxonalar hamda ishlab chiqarishlarni texnika bilan qayta qurollantirish va yangilashga jalb etib, ko’p sohalarda yutuqlarga erishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |