Xalqaro savdoda hujjatlashtirilgan inkasso (xat-majburiyatiga qarshi hujjatlar) shakli juda kam qo’llaniladi. Uning asosiy mazmuni shundan iboratki, hujjatlar xaridorga u tomondan xat-majburiyatni olgandan so’ng topshiriladi. Xat mazmuni,unda eksport qiluvchi banki tomonidan majburiyatlar belgilanadi.
3. EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARIDA INKASSODAN FOYDALANISH YO’NALISHLARI
Xalqaro hisob-kitoblar bilan banklarning kafolat amaliyotlari, hisob-kitoblarning alohida shakllari (inkasso, ochiq bo’yicha, avans) bilan chambarchas bog’liqdir. Bular shartnoma bo’yicha o’zlariga olingan tashqi savdo hamkorlarining o’zaro majburiyatlarini bajarishda, qo’shimcha ta'minot rolini o’ynaydi. Xalqaro hisob-kitoblarning tarixan quyidagi o’ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan:
Import qiluvchi va eksport qiluvchilar, ularning banklari tashqi savdo shartnomasidan alohida bo’lgan rasmiylashtirish, yuborish, mahsulot biriktirilgan va to’lov hujjatlarni qayta ishlash, to’lovlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarga kirishishadi. Ular o’rtasida mas'uliyatlarning taqsimlanishi va majburiyatlar hajmi hisob-kitoblarning aniq bir shakliga bog’liq bo’ladi.
Xalqaro hisob-kitoblar milliy qonunchilik me'yoriy aktlari, shu bilan birga, xalqaro bank qoidalari va tamoyillari bilan tartibga solinadi.
3. Xalqaro hisob-kitoblar - xo’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi, bank
amaliyotlarining universal-lashuvi bilan bog’liq bo’lgan yaxlitlashtirishning ob'ekti bo’lib hisoblanadi. Misol uchun, inkasso bo’yicha qoidalar 1936 yilda ishlab chiqilgan, 1967 yil va 1978 yillarda (1979 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan) qayta ishlangan. Jahonning ko’pgina banklari mazkur qoidalarga kushilganligi haqida e'lon qilishgan.
4. Xalqaro hisob-kitoblar, odatda, hujjatlashtirilgan tusga ega, ya'ni moliyaviy va tijorat hujjatlarga qarshi amalga oshiriladi. Bank mazkur hujjatlar mazmuni va to’liqligini tekshiradi.
5. Xalqaro to’lovlar turli valyutalarda amalga oshiriladi. Shu sababli, ular valyuta
amaliyotlari hamda valyutaning oldi-sotdisi bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu to’lovlarning samarali amalga oshirilishiga valyuta kurslarining dinamikasi ta'sir qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblar shakllarining tanloviga quyidagi omillar ta'sir etadi:
tashqi savdo bitimi ob'ekti bo’lgan mahsulot turi (mashina va uskunalarni junatish, misol uchun oziq-ovqatlarda hisob-kitoblar shakli bir-biridan farq qiladi); ayrim
mahsulotlarning junatilishi bo’yicha (yogoch, don) amaliyot bilan ishlab chiqilgan
an'anaviy shakllar qo’llaniladi;
kredit shartnomasining mavjudligi;
tomonlar o’rtasida kelishuv tusini belgilaydigan tashqi savdo bitimlari bo’yicha
kontragentlarning to’lovga qobiliyatliligi va obro’-e'tibori;
jahon bozorida, mazkur mahsulotga bo’lgan talab va taklif darajasi.
Oldi-sotdi shartnomasi asosidagi eksport bitimlari. Bunday bitimlar 2 usulda amalga oshiriladi. Eksport qiluvchi bevosita, import qiluvchiga chet elga tovar sotishi mumkin yoki chet elda marketing tashkilotini tuzib va biznesni diler, agentlar, shaxsiy bulimlari va kompaniyalari orqali amalga oshirishi mumkin.
Eksport qiluvchining ikkala shakli ham, o’z afzalliklariga ega. Birinchi shakli, tovarlar eksporti ichki savdoga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyatda bo’lsa, yoki eksport aloqalari uncha ahamiyatga ega bo’lmasa, ya'ni chet elda tashkilotning doimiy vakolatxonasiga zaruriyat yukligida qo’llash ma'kuldir. Ikkinchi shakli esa, o’rta va yirik korxonalarga to’g’ri keladi va eksport savdosi epizodik xaddan yuqorirok holda o’z afzalliklarga ega bo’lgan holda ma'kuldir. Bu ikki shaklning ko’p variantlari mavjud. Eksport bitimlari muntazam ravishda amalga oshirilishi mumkin, lekin tashqi bozorga chiqishda yagona operatsiya bo’lishi ham mumkin.
Oldi-sotdi shartnomasi asosida tuzilgan savdo va chet eldagi vakillar orqali savdo eksport savdosining yagona yo’li va usullari emas, haqiqatda, ular bir-birini to’ldirib turadi, xolos. Chet elda doimiy vakili tayinlangandan so’ng, eksport qiluvchi ular bilan, yoki ular orqali oldi-sotdi shartnomasini tuzish bilan eksport bitimlarini amalga oshiradi. Masalan, Kanadada o’z kompaniyasini tashkil etgan va Shvetsiyadagi import qiluvchiga alohida (ruxsat) savdo huquqini bergan eksport qiluvchi, Kanada kompaniyasi va shved import qiluvchiga sotish orqali tovarlarni ko’rsatilgan mamlakatlarga eksport qiladi.
Shartnomalarda xalqaro hisob-kitoblar shartlari va shakllari belgilanib olinadi. Eksport bitimi ko’pincha xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomasiga asoslangan bo’ladi. Eksport qiluvchi O’zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisidan tovar sotib olsa, bu oldi-sotdi shartnomasi ichki bitim bo’lib hisoblanadi, agar u tovarlarni qayta chet el sotuvchisiga sotsa, bunday oldi-sotdi shartnomasi eksport bitimi bo’lib hisoblanadi. Agar, chet el sotib oluvchisi, bevosita yoki agentlar orqali O’zbekiston Respublikasidan ishlab chiqaruvchiga buyurtma bersa, bunda gap eksport bitimi to’g’risida ketadi.
Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomasi qator tavsiflarni o’ziga mujassamlantiradi va ular ichki savdo shartnomalarida ishtirok etmaydi. Ular boshqa shartnomalar bilan bog’liq bo’ladi, ya'ni suv, temir yo’l va transport sug’urtasi shartnomalari.
Xalqaro savdoda qo’llaniladigan hisob-kitob shakllaridan biri hujjatlashtirilgan inkasso hisoblanadi.
Hujjatlashtirilgan inkasso ikki bank-vakillik vositachiligida amalga oshiriladi: inkasso qiluvchi eksport qiluvchi banki va to’lovchi bank. Banklar inkasso amaliyotlarida eksport qiluvchi va import qiluvchi o’rtasida ishonchli vositachilar bo’lib xizmat qiladilar. Ularning majburiyatlari hujjatlarni to’lovga yoki aktseptga qarshi yuborish, qabul qilish va topshirish bilan chegaralanadi. Hujjatlashtirilgan akkreditivdan farqli o’laroq, inkassoda banklar xaridor tulaolmaganligi, yoki uning hisob-kitoblarini bajarmaganligi uchun mas'ul emasdirlar. Shu bilan birgalikda, bank o’z xodimlarining suiiste'molligini hisobga olmaganda, xabarlarning ob'ektiv sabablarga ko’ra, ushlanib qolishi yoki yo’qolishiga ham javob bermaydilar. Shuni esda tutish kerakki, inkasso qarzlarni inkasso qilish emas, aksincha, bu qog’ozlarni inkasso qilishdir. Bank eksport qiluvchiga xorijiy xaridorga yuborilgan mahsulot uchun to’lanishiga yetarli tarzda kafolat bermaydi. Bank barcha hujjatlar yuborilganligi va taqdim qilinganligi, to’langan pul mablag’lari eksport qiluvchi hisobrakamiga o’tkazilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Shu sababli, banklar moliyaviy hujjatlar inkasso qilinganligini, ularning asosida yotgan tijorat bitimlari mohiyatiga aralashmasdan tekshiruvga javob berishlari lozim. Boshqa bir muhim vaziyatni e'tiborga olgan holda, inkasso o’zida hisob-kitob usulini namoyish qilib, unda:
yoki eksport qiluvchi xorijiy mijozdan to’lovni olish uchun ko’rsatma beradi;
yoki import qiluvchi xorijiy mahsulot yetkazib beruvchiga to’lash majburiyatini oladi;
Inkasso nafaqat importga tegishli, u eksportga ham tegishli bo’lib, inkasso bo’yicha yaxlitlashgan qoidalar, ikkala holda ham ishlatiladi. Hujjatlashtirilgan inkassoda bank o’ziga, sotuvchi uchun tegishli bo’lgan summani olish bo’yicha hujjatlarni berishga qarshi majburiyatni oladi.
Hujjatlashtirilgan inkasso, kachonki, eksport qiluvchi ochiq hisobvaraq bo’yicha mahsulotni yuborgisi kelmasa va shu bilan birga akkreditiv yordamida riskning oldini oladigan sug’urtaga ega bo’lmasa, to’lovlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. Ochiq hisobvaraq bo’yicha mahsulot yuborishga nisbatan, hujjatlashtirilgan inkasso katta xavfsizlikni ta'minlaydi, ya'ni u xaridorni mahsulot uchun to’lovni amalga oshirmasdan yoki vekselni aktseptlamasdan o’ziga olish huquqiga tuskinlik qiladi. Bunday holatda, banklar to’lovni amalga oshirish majburiyatini olmaydilar. Lekin, hujjatlashtirilgan inkasso, sotuvchini inkasso bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina ma'muriy ishlardan ozod qiladi va unga banklararo aloqadan foydalangan holda foyda olishni ta'minlaydi. Inkasso juda kam rasmiy qat’iylikni talab qilganligi sababli, akkreditivga nisbatan kam xarajat qiladigan xizmat to’lov shakli hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, inkassoning to’liq ta'riflni berish mumkin. Inkasso - bu banklar tomonidan olingan ko’rsatmalar bo’yicha quyidagi hujjatlarni qayta ishlashdir:
aktseptni olish yoki agarda zarur bo’lganda to’lovni;
tijorat hujjatlarini aktseptga qarshi yoki kerak bo’lganda to’lovga qarshi taqdim qilish;
hujjatlarni boshqa talab va shartlar asosida taqdim qilish.
Moliyaviy hujjatlar termini, o’z ichiga to’lovni olishda ishlatiladigan o’tkazma veksellarni, oddiy veksellarni, cheklarni, to’lov yozishmalarni, yoki shunga o’xshash hujjatlarni oladi.
Tijorat hujjatlari deyilganda hisobvaraqlar, tovar ortish hujjatlari yoki moliyaviy hujjat bo’lib hisoblanmagan boshqa hujjatlar tushuniladi.
Inkasso ikkiga bo’linadi: sof inkasso (faqat moliyaviy hujjatlar bo’lsa) va hujjatlar inkasso (tijorat hujjatlar bilan birga bo’lgan moliyaviy hujjatlar inkassosi).
Hujjatlashtirilgan inkassoda, sotuvchi mahsulotni yuborishgacha bo’lgan vaqtgacha, xaridor haqiqatan ham, to’lovni amalga oshirishiga ishonch hosil kilmasligini hisobga olsak, u quyidagi hollarda to’lovni amalga oshiradi:
sotuvchi bilan yaxshi munosabatlarga tayangan holda, xaridorni to’lovga
qobiliyatliligiga va to’lovga tayyorligiga ishonishi lozim. Bu hamkorning aniq bir
xizmat va majburiyatlarni bajarishi boshqa sabablarga ko’ra, ishonchsizlik hosil
kilmaydi;
import qiluvchi davlatning siyosiy, iqtisodiy va huquqiy shartlari barqaror bo’lib
hisoblanadi;
xaridor davlati importga turli chegaralarga (misol uchun, valyutaviy nazorat) ega
bo’lmaydi, sababi u barcha zaruriy ruxsatlarni bergan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |