O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat byudjetini xarajatlar tarkibida shu jumladan boshqaniv o'zgarishlar sodir bo'ldi
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat byudjetini xarajatlar tarkibida shu jumladan boshqaniv o'zgarishlar sodir bo'ldi. Boshqaruv organlari uchun ajratiladigan davlat xarajatlaridan samarali foydalanishning nazariy va amaliy muammolarini rivojlangan xorijiy mamlakatlar hamda o‘z tajribamiz asosida o'rganish hamda ularni takomillashtirish yo'llarini ishlab chiqish hozirgi kunda iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonidagi eng dolzarb muaminolardan bin bo'lib turibdi. Respublikamizda davlat xarajatlarini shakllantirish va ijrosini ta’minlash jarayonida boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida avalambor byudjetlararo mnnosabatlarni huquqiy asoslarini takomillashtirish, ular ixtiyoridagi moliyaviy manbalami ko'paytirish, byudjet jarayonida oshkoralikni oshirish va muhokama faolligini oshirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Boshqaruv organlariga ajratiladigan davlat xarajatlarini shakllantirish va takomillashtirishning zarur sharti jahon fani yutuqlaridan va bozor iqtisodiyoti rivojlangan yetakchi mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqib, shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqaruv organlariga ajratiladigan xarajatlarning mohiyati va zamonaviy uslublarini ishlab chiqishdan iboratdir. Boshqaruv apparati soni va uning ta’minotini xarajatlarining qisqarishi ma’muriy islohotlaming amaliy natijasi bo'ldi. Bu ma’muriy islohotlaming asosiy yo'nalishlaridan biri edi. Bu xarajatlami takomillashtirish va qisqartirishda, o‘z navbatida korxonalar va aholining soliq yukini kamaytirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Respublikamiz byudjet tizimining yangi modeliga o'tish sharoitida 2002 yildan boshlab, Vazirlar Mahkamasining «Davlat moliyasini isloh qilish haqida»gi Qaroriga muvofiq Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar yordamida Respublikada g‘aznachilik tizimini joriy etish bo'yicha loyiha Toshkent shahri, Samarqand viloyati tumanlarida eksperiment shaklida amalga oshirilmoqda. Davlat byudjeti xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirishni g'aznachilik tizimi orqali ta’minlash mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kilaganidek, «Moliya- bu o'zbektilida «Xazina» degani. Xazinaning o'zi nima? Davlatning xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan boylik qayerda saqlanadi, kirn uni himoyalaydi? Albatta Moliya vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa Moliya vazirligini Xazina vazirligi deb atagan bo'lar edim»18. G'aznachilik tizimi sharoitida byudjet daromadlari va xarajatlari yagona qo'lda jamlanish imkonini beradi ya’ni byudjet mablag'larini samarasiz sarf qilinish holatlarini keskin kamaytiradi. Mablag'lar sarflanislti bo'yicha moliyaviy nazoratning so'ngi nazorat turidan dastlabki nazorat turini shakllantirish imkoniyatini tug'diradi. Bu albatta byudjet mablag'larini noqonuniy sarflab bo'lingandan so'ng tekshirish hisobiga aniqlangan jinoyatni jazolagandan ko'ra, uni sodir qilishni oldini olish imkoniyatini shakllantiradi.