9.S. Makroiqtisodiy o'sish va byudjet taqchiiligini amaldagi holatining tahlili
Iqtisodiy taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qanday oinillar ta’sir etishi, mamlakat iqtisodiy ahvolini ifodalab beruvchi asosiy ko‘nsatkichlar haqida to'xtalamiz.
Iqtisodiyotni baiqarorlashtirish—bu buzilgan makroiqtisodiy muvozanatni qayta tiklash, ishlab chiqarish hajmi va ish bilan bandlikning tabiiy darajasini tutib turish, inflyatsiyani jilovlash va moddiy pul mutanosibligini ta’minlash demakdir. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo‘jaligini tubdan qayta qurish, iqtisodiyotdagi nisbatlar va aloqalami o'zgarisbi bilan bog'liqdir. Shuning uchun bu mamlakatlarda islohotlaming birinchi bosqichi — bu makroiqtisodiy barqarorlashtirish bosqichidir.
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ijtimoiy ishlab chiqarish, inflyatsiya, ishsizlik va bandlik, aholining moddiy farovonligi darajasi va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun ham makroiqtisodiy holatni aks ettirovchi asosiy ko'rsatkichlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, milliy daromad;
davlat byudjeti taqchilligi, inflyatsiyaning o'sish surati;
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholini ish bilan bandligi darajasi;
aholining moddiy ne’matlari va xizmatlari iste’moli hajmi, uning jamg’armalari, ish haqining past miqdori va boshqalar.
Mamlakatimiz makroiqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlardan YalMning sonli tahliliga to'xtalsak.
jadval
YalM ishlab chiqarish dinamikasi
(mlrd. so‘m)
YiDar
|
3 oylik
|
6 oylik
|
9 oylik
|
Yffl*
|
2000
|
448,8
|
1029,8
|
19553
|
3255,6
|
2001
|
705,9
|
1627,4
|
3085,6
|
49253
|
2002
|
1144,8
|
2752,2
|
4997,4
|
74693
|
2003
|
1570,8
|
3633,0
|
6465,6
|
9664,1
|
2004
|
2080,7
|
4695,0
|
8316,0
|
12189,5
|
Manba: http://www.stat.uz
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, Yalpi Ichki Mahsulot 2000 yilda 3255,6 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2004 yilga kelib bu ko'rsatkich 12371,0 mlrd.so'm bo'lishi rejalashtirilgan. Bu ko'rsatkichning yildan yilga oshib borishi iqtisodiyot uchun ijobiy ta’sir etadi. Buni chizma orqali quyidagicha ifodalash mumkin.
YalMning yillar davomida o'sish dinamikasi
Mamlakat iqtisodiy ahvolini ifodalovchi keyingi makroiqtisodiy ko'rsatkich
davlat byudjeti taqchiiligi hisoblanadi.
Byudjet taqchiiligi muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortib ketishidir. Davlat byudjetidan moliyalashtiriluvchi tarmoqlarning faoliyatida moliyaviy muammolaming kelib chiqmasligi bevosita byudjetdagi taqchillik bilan bog‘liq.
Byudjet taqchiiligi va uni moliyalashtirish manbalarini belgilab olish byudjet
soliq siyosatini asosiy muammolaridan bin hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek «Byudjet intizomiga rioya qilish- barqarorlashtirishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Byudjetdagi taqchillikning ortishi hamma vaqt tashvishli voqea sifatida qabul qilinishi lozim»H
2004 yilda davlat byudjeti YalMga nisbatan 0,4 % ga ijrosi ta’minlangan bo‘lib, taqchillik to’ligicha noinflyatsion manbalar hisobiga moliyalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti taqchilligining holatini(2000-2004y)
jadvalda ko‘rishimiz mumkin(YaIMga nisbatan foiz hisobida).
9.11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |