X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pastekisligi



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Gviana yassi tog‘ligi va Gviana pastekisligi.
 
Bu tabiiy geografik o‘lka 
materikning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, ikkita yirik rel’ef 
komponentidan – yassi tog‘lik va pastekislik majmuasidan tarkib topgan. Gviana 
pastekisligi o‘lkani shimoli-sharqiy qismini, Atlantika okeani qirg‘oqbo‘yi 
pastekisliklarini egallagan. Pastekislik Atlantika okeani tomonidan Gviana yassi 
tog‘ligiga tomon asta-sekin ko‘tarilib boradi. Uning sohilbo‘yi polosasi 
botqoqlangan keng maydonni tashkil etadi. Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari 
botqoqlangan pastqam yerlar tekis, rovon ko‘tarilib boradi va kristall jinslardan 
tarkib topgan plato bilan almashinadi. Janubi-g‘arbga borgan sari yer yuzasi yanada 
baland ko‘tarilib tipik kristalli peneplen – Gviana yassi tog‘ligi bilan tutashadi.
Gviana pastekisligi Essekibo, Karanteyn, Maroni, Oyapoki va boshqa 
daryolar oqizib keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Yer yuzasi tekis 
bo‘lib, qirg‘oq bo‘ylarida okean sathidan 5-10 m dan janubi-g‘arbda Gviana yassi 
tog‘ligi etaklarida 200-300 m gacha ko‘tariladi. Iqlimi subekvatorial issiq va nam 
iqlim bo‘lib, eng ko‘p yog‘in qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Yillik yog‘in 
miqdori pastekislikning sharqida 3500 mm dan g‘arbida 2500 mm gacha kamayadi. 
Harorat yil davomida +26°+28° C atrofida bo‘ladi. 
Gviana pastekisligi o‘rmonlarga boy. Atlantika okeani sohillarida mangra 
o‘rmonlari yaxshi rivojlangan. Qolgan qismi nam tropik o‘rmon va savannalar bilan 
band. Mangra o‘rmonlari tagida botqoq tuproqlar, tropik o‘rmonlar va savannalarda 
qizil-laterit tuproqlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Maroni va Oyapoki daryolari 
havzalari qimmatbaho yog‘och beradigan qizil, pushti, muskat, mant kabi 
daraxtlardan iborat sernam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Qishloq xo‘jaligida 
shakarqamish, kofe, kakao, banan, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlar 
yetishtiriladi. 
Gviana yassi tog‘ligi Orinoko va Amazonka pastekisliklari oralig‘ida 
joylashgan bo‘lib, g‘arbda And tog‘lari etaklaridan sharqda Atlantika okeanigacha 
200 km masofaga cho‘zilgan. Uning eng baland nuqtasi Markaziy Gviananing 
janubiy qismida joylashgan va okean sathidan 3014 m ko‘tarilib turgan La-Neblina 
tog‘idir. Gviana yassi tog‘ligining poydevori qadimgi Janubiy Amerika 
platformasining anteklizasi bo‘lib, kembriygacha bo‘lgan kristall jinslardan tarkib 
topgan. Ayrim joylari mezozoyning kontinent qumtoshlari bilan qoplangan. Yassi 
tog‘lik tabiiy geografik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi uchta qismga bo‘linadi:
G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy. 


118 
G‘arbiy qismi Gviana yassi tog‘ligining eng past qismi bo‘lib, uncha baland 
ko‘tarilmagan kristalli platodan tashkil topgan. Uning eng baland joyi uning g‘arbiy 
qismida joylashgan qoldiqli Pardaos (910 m) tog‘ massivi hisoblanadi. Sharqqa 
tomon plato zinapoya hosil kilib pasayib boradi. Bu yerning nam ekvatorial iqlim 
sharoitida rivoj topgan nam ekvatorial o‘rmonlar G‘arbiy yassi tog‘likni qoplab 
olgan. 
Markaziy qismi Gviana yassi tog‘ligining eng ko‘tarilgan qismi. Uning 
hududida qoldiqli qumtosh qoplamlaridan oralariga kirib qolgan intruziv jinslardan 
tuzilgan Serra-Pakaraig, Serra-Parima kabi balandligi 2200-2300 m, uzunligi 650 
km bo‘lgan tekis tepalikli tizmalar yaxshi saqlangan. Markaziy Gvianada alohida-
alohida orollar shaklida ko‘tarilib turgan tog‘ massivlari Rorayma (2810 m), 
Marauka (2579 m), Serra-Duida (2334 m), Auyan-Tepun (2287 m), Anxel 
sharsharasi yaqinidagi cho‘qqi (2950 m) va butun Gviana yassi tog‘ligining eng 
baland nuqtasi bo‘lgan La-Neblina (3014 m) va boshqalar yassi tog‘likning 
morfologik tuzilishini murakkablashtadi, landshaftlarning vertikad zonalligini 
vujudga keltiradi. 
Markaziy Gviana yassi tog‘ligining baland qumtoshli tog‘ massivlaridan 
boshlanuvchi daryolarda sharsharalar va ostonalar juda ko‘p, vodiylari chuqur 
kesilgan. Churun daryosining yuqori oqimida suv 1054 m balandlikdam otilib tushib 
dunyodagi eng baland Anxel sharsharasini hosil qilgan. Potaro daryosidagi Kayeteur 
sharsharasida suv 225 m balandlikdan otilib tushadi. Agar bu sharsharalarni 
Shimoliy Amerikaning mashhur Niagara sharsharasi bilan taqqoslasak, u holda 
Anxelning 21 marta va Kayeteuri 4,5 marta baland hisoblanadi. 
Markaziy Gviana yassi tog‘ligining iqlimi qurg‘oqchil davr 3-4 oy davom 
etadigan subekvatorial iqlim. Shuning uchun bu yerda aralash, bargini to‘kadigan va 
doimiy yashil o‘rmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shamolga teskari qismlarda 
butazorli savannalar keng tarqalgan. Nam tropik o‘rmonlar daryo vodiylari bo‘ylab 
yassi tog‘likning ichki hududlarigacha kirib borgan. Nam tropik o‘rmonlar va 
savannalar balandlikka ko‘tarilgan sari tog‘ tropik o‘rmonlari bilan almashinadi. 
Tog‘ massivlarining 2000 m dan baland qismida o‘rmonlar tugab, ularning o‘rnini 
butazorli va baland bo‘yli dasht o‘tlari egallagan. Baland cho‘qqilarda o‘simliklar 
juda siyrak, toshloq tog‘ chala cho‘l mintaqasi bilan almashinadi. Havo harorati 
markazda deyarli bir xil bo‘lib, +26°+27°C ni tashkil etadi. Tog‘ massivlariga 
ko‘tarilgan sari harorat pasayib boradi va 2000 m balandlikda +10°+15°C dan 
oshmaydi. 
Sharqiy Gviana yassi tog‘ligi G‘arbiy qismiga nisbatan baland va Markaziy 
qismga nisbatan past, uning yuzasidagi qumtosh jinslar kuchli yuvilib ketgan. Yer 
yuzasiga chiqqan va peneplenlashgan kristall jinslar daryo vodiylari bilan 
parchalanib, bir xil balandlikdagi kryajlarga bo‘linib ketadi. Eng baland nuqtasi 
Vilgelmin (1281m) tog‘i hisoblanadi. Bu yertga shimoli-sharqiy passatlar Atlantika 
okeanidan ko‘p miqdorda (2200-3500 mm) namlik keltiradi. Kuz paytiga kelib 
Braziliya yassi tog‘ligidan esuvchi quruq shamollar tufayli yog‘in kamayadi, 
o‘rtacha oylik harorat +26°+28° C.


119 
Gviana yassi tog‘ligi hayvonot dunyosiga juda boy. Uning hududida 
Neotropik zoogeografik oblastning Braziliya kichik oblastiga mansub bo‘lgan 
yapaloq burunli maymunlar, yalqovlar, chumolixo‘rlar, qalqondorlar tapirlar, 
pekarlar, opossumlar, yaguarlar va boshqa xil hayvonlar yashaydi. Rang-barang 
qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish