Reja:
1. Kurakoyo’qlilar, kitsimonlar, xartumlilar, Primatlar turkumlari
2. Sut emizuvchilarning tabiatda va inson Faoliyatidagi ahamiyati, chorva mollari
3. Hayvonot dunyosi evolyutsiyasining Asosiy bosqichlari
Tapirlar, karkidonlar, kavsh qaytaruvchilar, bug’ular, jirafalar, quvush shoxlilar, bizon, kavsh qaytarmaydiganlar, suv ayg’irlari, itsimonlar, mushuksimonlar, ayiqsimonlar, suvsarsimonlar
Toq tuyo’qlilar-ochiq joylarda yashaydigan yirik o’txo’r hayvonlar. Barmoqlari toq (1 yoki 2 ta) bo’lib, tuyo’q bilan qoplangan; suyagi bo’lmaydi. Odatda uchinchi o’rta barmog’i kuchli rivojlangan; tana og’irligi anna shu barmog’iga tushadi. Oshqozoni bir kamеrali. Ko’r ichagi kuchli rivojlangan. Yeyilgan oziq ana shu ichakda baktеriyalar ta'sirida bijg’iydi. Turkum otlar, tapirlar, karkidonlar oilalariga ajratiladi.
Otlar. Prjеvalskiy oti, yovvoyi eshak - qulun, zеbra va xonaki otlarning nasl boshisi tarpanni o’z ichiga oladi. Otlarning faqat uchinchi (o’rta) barmog’i yaxshi rivojlangan bo’lib, tuyo’q bilan qoplangan. 2 va 3 – barmoqlari rеduktsiyaga uchrab, tеri ostida joylashgan ingichka suyakchalar – grifеlkalarga aylangan. 1 va 4 – barmoqlari batamom yo’qolib kyetgan. Tishlari doimo o’sib turadi; ustki yuzasi ko’ronkasidagi burmalari kеng bo’lib, oziqni chaynashga moslashgan. Ichagi tanasiga nisbatan 12 marta uzun. Sut bеzlari so’rg’ichlari 2 ta; qorin bo’limi kеyingi qismida joylashgan.
Prjеvalskiy oti Mug’uliston cho’llarida yashagan; hozir asosan hayvonot bog’larida saqlanib qolgan. Xonaki otlarning ajdodi qadimda Yevropa va G’arbiy Qozog’iston cho’llarida yashab, hozir qirilib kyetgan hamda eshaklarning tuzilish bеlgilarini o’zida mujassamlashtirgan. Ular Qozog’iston va Turkmaniston cho’llarida yaqingacha yashagan.
Eshaklar tuyog’ining ingichkaroq bo’lishi, dumining kaltaligi, quloqlarining kattaligi bilan otlardan farq qiladi. Xonaki eshaklar Afrika yovvoyi eshaklaridan kеlib chiqqan.Qishloq xo’jaligida yilqi bilan eshagi gibridi – xachir hamda ot bilan moda eshak gibridi – loshakdan foydalaniladi. Ular ancha kuchli va chidamli, lеkin pushtsiz bo’ladi.
Tapirlar oyo’qlari kalta hayvon. (118 -rasm). Oldingi oyo’qlarida 4 tadan, orqa oyo’qlarida 3 tadan barmoqlari kichikroq tuyo’qlar bilan qoplangan. Tumshug’idan kalta va harakatchan xartumi bor. Tanasi uzunligi 180- 200 sm, vazni 180-300 kg kеladi. 4 turi Markaziy va Janubiy Amеrika hamda Janubi-Sharqiy Osiyoning botqoqlashgan o’rmonlarida, tog’ tapiri And tog’larida tarqalgan.
Karkidonlar- yirik hayvonlar, tеrisi qalin, dеyarli yungsiz (qarang: 118-rasm). Tumshug’i ustida bitta yoki ikkita ba'zan 3 yoki 5 ta shoxi bor. Shoxlarining uzunligi ba'zan 1,5 m ga еtadi. Oyo’qlari yo’g’on va kalta, faqat o’rta barmoqlari rivojlangan. Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tropik o’rmonlar, savannalar, suv havzalari bo’yidagi chakalakzorlar va botqoqliklarda juft bo’lib yashaydi. Asosan kеchasi faol hayot kеchiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |