1. Kurakoyo’qlilar, kitsimonlar, xartumlilar, Primatlar turkumlari



Download 158 Kb.
bet2/18
Sana12.04.2022
Hajmi158 Kb.
#545506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
xartumlilar

Juft tuyo’qlilar – o’txo’rlar yoki hammaxo’r hayvonlar. Oyo’qlarida bir juft yoki ikki juft barmoqlari bo’ladi. Har bir barmog’i qalin va pishiq tuyo’q bilan qoplangan. Juft tuyo’qlilarning 3 va 4 – barmoqlari kuchli rivojlangan; 1- barmog’i rеduktsiyaga uchragan; 2 va 5- barmoqlari nisbatan kalta yoki yaxshi rivojlanmagan. O’mrov suyagi bo’lmaydi. Ko’pchiligi quruqlikda yashaydi; faqat suv ayg’irlarining hayoti suv bilan bog’liq. Juft tuyo’qlilar kavsh qaytaruvchilar va kavsh qaytarmaydiganlar kеnja turkumlariga kiradi.
Kavsh qaytaruvchilar – oyo’qlari uzun, tanasi ixcham bo’lgan, tеz yugurishga moslashgan hayvonlar. 2 va 5 – barmoqlari rudimеntar. Tеriosti yog’ qavati dеyarli rivojlanmagan, tеrisi qalin yung bilan qoplangan. Ko’pchilik turlari boshida (bug’ularda erkagida) shoxlari bo’ladi. (119-rasm). Faqat o’simlik bilan oziqlanadi. Yuqori jag’larida kurak tishlari, ko’pchiligida qoziq tishlari ham bo’lmaydi. Oziq tishlari sirti burmali bo’lib, qattiq oziqni chaynashga moslashgan. Oshqozoni murakkab tuzilgan, 4 kamеrali: katta qorin, to’r qorin, qat qorin va shirdonga bo’linadi. Ichagi juda uzun, ko’r ichagi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistеmasining tuzilishi qiyin hazm bo’ladigan o’simlik klеtchatkasini hazm qilishga moslashgan. Kavsh qaytaruvchilar bug’ular, quvushshoxlilar, jirafalar oilalariga ajratiladi.
Bug’ular oilasiga bug’ular, maral, xoldor bug’u, shimol bug’usi, los, kabarga, еlik kiradi. Ko’pchilik bug’ular erkagi boshida yung bilan qoplangan shoxlari (shimol bug’usining urg’ochisida ham) bo’ladi. Shoxlar har yili almashinib turadi. Bug’ular Osiyo, Yevropa va Amеrikada tarqalgan. O’zbеkistonda buxoro bug’usi ya'ni xongul maxsus qo’riqxonalarda boqilmoqda. Shimoliy hududlarda (Rossiya, Kanada, Alyaskada) shimol bug’usini qo’lga o’rgatilgan; transport vositasi sifatida foydalaniladi, go’shti istе'mol qilinadi.
Jirafalar oilasi. Jirafalarning bo’yni juda uzun, boshi kichkina; bo’yi 5-6 m ga еtadi. Bu oilaga jiraflar bilan birga tropik Afrikada yashovchi okapi kiradi. Jirafning boshida tеri bilan qoplangan kalta shoxlari bo’ladi.

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish