X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Sharqiy Amazoniya
G‘arbiy Amazoniya kengligi 350 km ni tashkil etadi. 
Uning eni Riu-Negru va Madeyra daryolarining Amazonkaga quyilish joyidan 
boshlab sharqqa tomon torayib boradi. Pastekislikdan shimolda va janubda 
cho‘zilgan Gviana va Braziliya yassi tog‘liklari sharq tomonda bir-biriga 
yaqinlashib, Sharqiy Amazoniyani ancha toraytirib qo‘ygan. Shuning uchun uning 
shimoliy va janubiy qismlarida kembriydan oldin hosil bo‘lgan kristall jinslar va 
paleozoyning dengiz yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib qolgan. Bunday holat Sharqiy 
Amazoniyaning chekka qismlarida paleozoyning qattiq jinslaridan tarkib topgan, 
balandligi 360 m gacha yetadigan platosimon tepaliklarni, sharsharalarni, 
ostonalarning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Pastekislikning o‘rta o‘q vodiy 
qismida yangi tektonik harakatlar natijasida cho‘kish jarayoni sodir bo‘lgan. Shu 
boisdan bu hududdan oqib o‘tadigan daryolarning vodiylari chuqur o‘yilgan, daryo 
oraliqlaridagi suvayirg‘ichlar kuchli parchalangan. 
Sharqiy Amazoniyaning iqlimi G‘arbiy Amazoniya iqlimidan bir oz farq 
qiladi. G‘arb uchun tipik nam ekvatorial iqlim tipi xarakterli bo‘lsa, sharq uchun 
tipik subekvatorial iqlim tipi xarakterli. Bu yerda havo harorati yuqori (+26°+28°C) 
bo‘lib, yomg‘irli va qurg‘oqchil fasllar yaqqol ifodalangan. Sharqiy Amazoniyada 
qurg‘oqchilikni vujudga keltiradigan shamol iyundan sentabr oyigacha Braziliya 
yassi tog‘ligidan esib turuvchi janubi-sharqiy passatlardir. Sharqiy Amazoniyaning 
sharqiy qismida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2800 mm ni, markaziy qismida 1800 
mm ni tashkil etadi. Quruq davrda sharqda 175 mm, markazda 400 mm yomg‘ir 
yog‘adi. 
Sharqiy Amazoniyada yomg‘irli va qurg‘oqchil fasllarning muayyan ravishda 
takrorlanib turishi doimiy yashil subekvatorial o‘rmonlar bilan bir qatorda bargini 
to‘kuvchi o‘rmonlarning shakllanishiga ham imkon yaratadi. Doimiy yashil 
o‘rmonlar keng polosalar hosil qilib alyuvial tuproqli baland qayirlarni (varzea) va 
past qayirlarni (igapo) qoplab olgan. Suv bosmaydigan yerlardagi o‘rmonlarda 
bargini to‘kuvchi daraxtlar ko‘pchilini tashkil etadi. Ayrim joylarda qalin 


121 
o‘rmonlardan tashqari siyrak o‘rmonlar, palma savannalari, buta savannalari, 
o‘tloqlar uchraydi. Ochiq savanna landshaftlarida mazama bug‘ulari, mayda 
qalqondorlar, o‘rtacha kattalikdaga chumolixo‘rlar yashaydi, in qazib yashaydigan 
kemiruvchilar ham uchraydi. 
Amazoniya faqat o‘rmonlargagina boy emas. Cho‘kindi jinslar orasidan neft, 
tabiiy gaz, rangli metallar, marganes, gematit konlari topilgan. Daryolarda Yer 
yuzidagi chuchuk suvda yashaydigan baliqlar turining uchdan biri yashaydi. 
Amazoniya havzasi uchun chuchuk suv delfinlari xarakterli. Selvada qurilgan 
Transamazoniya avtomobil yo‘li (uzunligi 5000 km) Amazoniyaga yersiz 
dehqonlarning ko‘chib kelishiga sabab bo‘lgan. Ular kesib olingan o‘rmonlar o‘rnini 
haydab dehqonchilik qilmoqdalar, chorva mollarini boqmoqdalar. Amazoniyaning 
asosiy aholisi hindular bo‘lib, ular ovchilik, baliq tutish, ibtidoiy dehqonchilik va 
meva-cheva terish bilan shug‘ullanadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish