X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

kaatingalar
shakllangan. Janubi-
sharqdagi to‘siq vazifasini bajaruvchi tog‘lar podzollashgan laterit tuproqlar 
qimmatbaho daraxtlar o‘sadigan qalin nam doimiy yashil tropik o‘rmonlar bilan 
qoplangan. Subtropik iqlimli baland platolarda asosan Braziliya araukariyasidan 
tashkil topgan o‘rmonlar o‘sadi. Ularning birinchi yarusida doimiy yashil 
o‘simliklar keng tarqalgan. Bu o‘simliklar orasida paragvay choyi alohida ajralib 


123 
turadi. Tuproq qoplamida qizil va sariq tuproqlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Yassi 
tog‘likning eng janubiy qizg‘ish-qora tuproqli qismi o‘rmonsiz savannalar – 
kampos 
limposlar
bilan qoplangan. Siyrak o‘rmonlar va savannalarda qizil tumshuq, yolli 
bo‘ri, qizil butu, mayda mazama bug‘usi, qalqondor, jayra, Nandu tuyaqushi, tapirlar 
yashaydi. 
Yassi tog‘likning o‘rmonlardan tozalangan joylarida agrolandshaftlar barpo 
etilgan. O‘zlashtirilgan maydonlarda kofe, kakao, paxta, shakarqamish, maniok, 
makkajo‘xori, loviya va boshqa xil tropik ekinlar yetishtiriladi. Gidroenergiya 
zahiralariga boy bo‘lgan daryolarda GESlar qurilgan. 
Markaziy tekisliklar. 
Markaziy yoki Ichki tekisliklar o‘lkasi shimolda 
Amazonka pastekisligi, janubda Patagoniya yassi tog‘ligi, g‘arbda And tog‘lari va 
sharqda Braziiliya yassi tog‘ligi bilan chegaralangan. Markaziy tekisliklar 
morfologik tuzilishi va tabiiy geografik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq 
qiladigan ikkita yirik qismga – Gran-Chako tekisligi va La-Plata pastekisligiga 
bo‘linadi. 
Gran-Chako tekisligi
 
Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan 
tabiiy geografik oblast hisoblanadi. Uning yer yuzasining qiyaligi g‘arbdan sharqqa 
tomon pasayib boradi. G‘arbda And tog‘lari etagida tekislikning okean sathidan 
balandligi 500-700 m ni, sharqda La-Plata pastekisligi bilan tutash joylarda 50 m ni 
tashkil etadi. Gran-Chakodan shimolda platformaning kristall poydevori yer 
yuzasiga ko‘tarilib balandligi 1425 m keladigan Chochi tepaligini hosil qilgan. Bu 
tepalik Amazonka va Paragvay daryolari o‘rtasida suvayirg‘ich vazifasini bajaradi. 
Gran-Chako tekisligi meridional yo‘nalishda uzoq masofa cho‘zilganligi 
tufayli uning shimoliy katta qismi tropik iqlim mintaqasiga va janubiy qismi 
subtropik iqlim mintaqasiga qaraydi. Har ikki mintaqaning iqlim sharoitida nam va 
quruq fasllar juda yaqqol ifodalangan. Shu bilan birga tekislikning iqlim sharoiti 
kontinentallik xususiyati ham hukmronlik qiladi. Binobarin, haroratning keskin 
o‘zgarishi faqat yilning issiq va salqin oylari oralig‘i uchun xarakterli bo‘lib 
qolmasdan, sutkalik harorat uchun ham xarakterlidir. 
Materikning boshqa tabiiy geografik o‘lkalariga nisbatan Gran-Chakoda 
harorat juda yuqori va materikning eng issiq joyi hisoblanadi. Yozning o‘rtacha 
harorati +27°+30°C gacha boradi. Maksimal harorat +47°C gacha ko‘tariladi. Salqin 
oylarning harorati shimoldan janubga tomon +20°C dan +15°C gacha o‘zgaradi. 
Qish oylarida kunduz kunlari issiq bo‘lsa-da, kechalari harorat 0° C dan pasayadi. 
Janubdan sovuq shamollar esgan paytlarda kunduzlari ham harorat keskin pasayadi. 
Gran-Chakoning katta qismida namlik balansi salbiy. Tekislikning shimoli-
sharqida yillik yog‘in miqdori 1200 mm dan janubi-g‘arbida 500 mm gacha 
kamayadi. Yog‘in asosan yozda 2-3 oygina davom etadi. Qurg‘oqchilik davr uzoq 
cho‘ziladi. Shuning uchun dehqonchilikda daryo suvlaridan foydalanishni taqazo 
etadi. Shimolda Mamore va Beni daryolari havzalarida subekvatorial iqlim 
mintaqasiga o‘tish kengliklarida yilning namlik davri 5-6 oygacha cho‘ziladi. Yillik 
yog‘in miqdori 1500 mm gacha ortadi. 
Gran-Chakoning ichki hududlarida yer usti suvlari juda kam, gidrografik to‘r 
tekislikning chekka qismlaridagina rivojlangan. Uning shimolidagi Pilkomayo va 


124 
Rio-Bermexo, janubidagi Rio-Salado daryolari Paragvay havzasiga mansub bo‘lib, 
ular yomg‘ir faslida toshib oqadi. Toshqin paytida suv tekisliknig quyi qismlarini 
bosib botqoq yerlar hosil qiladi. Yomg‘ir faslida mavsumiy sho‘r ko‘llar ham 
vujudga keladi. 
Tekislikning shimoliy va sharqiy namlikka nisbatan boy qismlari, 
botqoqlangan yerlar o‘simlik qoplamiga va hayvonot dunyoga boy. Daryo vodiylari 
bo‘ylab bo‘yi 40-50 m ga yetadigan palma o‘rmonlari o‘sadi. Vodiy o‘rmonlarida 
qushlardan flamingo, kaptar, o‘rmon tovug‘i, qarqara to‘tilar yashaydi. Daryo 
qirg‘oqlaridagi balchiqlarda yirik suv kemiruvchisi – paka uchraydi. 
Gran-Chakoning quruq hududlarida kserofit tropik o‘rmonlar butazorlar, o‘t 
o‘simliklari va baland daraxtlar o‘sadigan savanna landshaftlari mavjud. Siyrak 
o‘rmonlarda qimmatbaho yog‘och beradigan qizil kebracho va oq kebracholar 
o‘sadi. O‘rmonlar orasida qing‘ir-qiyshiq o‘sadigan algarrabo daraxti uchraydi. 
Balandlik quruq joylarda 
monte
deb ataluvchi butazorlar keng tarqalgan. Butazorlar 
tarkibida mimozalar, xilma-xil kaktuslar, tikanli o’simliklar ko‘pchilikni tashkil 
etadi. Madaniy o‘simliklardan asosan paxta yetishtiriladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish