126
va
grabenlar
– tog‘ oralig‘i botiqlari hosil bo‘lgan. Meridional cho‘zilgan tog‘
tizmalarini
bir-biridan Salta, Tukuman, Kordova, San-Xuan, Mendos, La-Rioxa,
Katamarki bo‘ylama botiqlari ajratib turadi. Ularning uzunligi 100-150 km dan 400
km gacha boradi.
Bo‘ylama tog‘ oralig‘i botiqlari okean sathidan
turli xil balandliklarda
joylashgan. Ularning o‘rtacha balandligi 2000-2500 m gacha yetadi. Faqat sharq
tomonda joylashgan botiqlar juda pastligi bilan ajralib turadi. Jumladan,
Salinas-
Grandes (Katta sho‘rxok) botig‘i okean sathidan 170 m va Mar-Chikita (Kichik ko‘l)
ko‘li 70 m balandlikda joylashgan. O‘lkaning tog‘ oralig‘i botiqlaridagi paleogen va
neogen yotqiziqlari neft, tabiiy gaz konlariga, kristall jinslardan iborat tog‘ tizmalari
rangli metallar konlariga boy.
G‘arbiy Pampa tekisligida va tog‘ oralig‘i botiqlarida sharqdan g‘arbga tomon
iqlimning kontinentalligi va quruqligi orta boradi. Yillik yog‘in miqdori G‘arbiy
Pampada 250-300 mm dan o‘lkani And tog‘laridan ajratib turuvchi bo‘ylama tog‘
oralig‘i botiqlarida va meridional cho‘zilgan tog‘larning g‘arbiy yonbag‘irlarida 100
mm gacha kamayadi. Atmosfera yog‘inlari faqat yoz oylari kuzatiladi. Namlikning
yetishmasligi qish oylarida kuchli seziladi. Qurg‘oqchilik bo‘lgan yillarda Mendos,
San-Xuan kabi botiqlarda yog‘in umuman bo‘lmaydi. Bu yerlarda qurg‘oqchilik
ikki-uch yillab davom etadi. Masalan, San-Xuan botigida qurg‘oqchilik surunkasiga
671 kun davom etib, bir tomchi ham yomg‘ir yog‘magani kuzatilgan.
Gran-Chako va G‘arbiy Pampa tekisliklari ustidan ko‘tarilib turgan Serra-del-
Akonkixa, Serras-de-Kordova tog‘ tizmalarining sharqiy yonbag‘irlari Atlantika
okeanidan keladigan havo massalarini ushlab qolganligi sababli yog‘in miqdori
botiqlarga va tizmalarining g‘arbiy yonbag‘irlariga tushadigan yog‘in miqdoriga
nisbatan qariyib uch-to‘rt martaga ko‘payadi va 700-1000 mm ni tashkil etadi.
Kordil’era oldi va Pampa serralarida havo harorati sutka
va yil davomida keskin
o‘zgarib turadi. Qish oylarida haroratning qeskin o‘zgarishi botiqlarda yaxshi
seziladi. Bu yerlarda o‘rtacha oylik harorat +10
0
+11° C atrofida bo‘ladi. Kechalari
haroratning pasayishi tufayli suv yuzalari muzlaydi, kunduz paytlari quyosh chiqishi
bilan harorat +20°C gacha ko‘tariladi.
O‘lka hududi, ayniqsa uning g‘arbiy qismi daryo to‘riga juda kambag‘al.
Botiqlar ichki oqimlarning mahalliy havzalari hisoblanadi. Ayrim sharqqa qarab
oquvchi daryolar kam suvligi tufayli qumlar orasida yo‘qolib ketadi yoki sho‘r
botqoqliklarga va ko‘llarga kelib quyiladi. Daryolardan
Rio-Dulse Mar-Chikita
ko‘liga, Rio-Kolorado Atlantika okeanining Rinkon qo‘tig‘iga quyiladi.
Tog‘ oralig‘i botiqlarida chala cho‘l va tog‘ etaklarida dasht landshaftlari
rivojlangan. Chala cho‘l va dashtlarda o‘t o‘simliklari bilan bir qatorda past bo‘yli
akasiyalar, mimozalar, kaktuslar, tikanli butalar o‘sadi. Tog‘
tizmalarida
landshaftlarning vertikal zonalligi mavjud. Bu tizmalarning 400-1600 m
balandlikdagi sharqiy yonbag‘irlari tropik o‘simlik tipidan subtropik o‘simlik tipiga
o‘tuvchi qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Zirk daraxtidan tashkil topgan o‘rmonlar
2500 m gacha ko‘tariladi. Undan yuqorida kserofit dasht o‘t o‘simliklari o‘sadi.
Kordil’era oldi va Pampa serralarining tog‘ oldi tekisliklarida, tog‘ oralig‘i
botiqlarida agrolandshaftlar keng tarqalgan, Tukuman, Kordova, Mendos va boshqa
127
vohalar barpo etilgan. Mendos vohasida uzumchilik rivojlangan, sug‘oriladigan
maydonlarda shakarqamish, makkajo‘xori, bug‘doy, tamaki,
turli xil mevalar
yetishtiriladi. O‘zlashtirilmagan tipik chala cho‘l va dasht ladshaftlaridan yaylov
sifatida foydalaniladi.
O‘lka hududida chorvachilikning bir necha turlari mavjud: shimolda xachir va
go‘sht uchun qoramol, g‘arbda buqa va echki, janubda qo‘y boqiladi. Shuning uchun
botiqlardagi sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi beda va turli xil o‘t ekinlari bilan
band.
Do'stlaringiz bilan baham: