X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Patagoniya Andi.
Patagoniya Andi shimolda 42° j.k. dan boshlanib, janubda 
materikning oxirgi nuqtasigacha davom etadi. Bu o‘lka hududida And tog‘lari 
shimoldan janubga tomon pasayadi, kuchli parchalanib boradi va minglab tog‘li 
orollarni, Chili arxipelagini hosil qiladi. Chilining Bo‘ylama tektonik vodiysi janub 


136 
tomon pasayib, okean suvi tagida qolib ketadi. Eng janubdagi qo‘ltiqlar va bo‘g‘izlar 
uning davomi hisoblanadi, Chili arxipelagini materikdan ajratib turadi. 
Patagoniya Andining baland nuqtasi shimolda 3000 m dan oshsa, janubda 
2000 m ga ham yetmaydi. Uning shimoliy qismida harakatdagi vulkanlar keng 
tarqalgan. 
Minchimavida (2470m), Korkovado (2110m)
va 
Ueki (1050m)
vulkanlari 
shular jumlasidandir. Kordil’eraning o‘rta qismida Patagoniya Andining eng baland 
nuqtasi 
San-Valentin (4058 m)
tog‘i joylashgan. 
Patagoniya Andi tabiiy geografik o‘lkasi uchun nam, mo‘tadil okean iqlimi 
xarakterli. Janubda joylashgan bo‘lishiga qaramasdan qish va yoz oylarining 
o‘rtacha haroratida katta farqlar uncha sezilmaydi. O‘lka hududi doimo kuchli nam 
g‘arbiy shamollar ta’sirida bo‘lib, ular And tog‘larining g‘arbiy yonbag‘irlariga 
katta miqdorda namlik olib keladi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori 2000-3000 mm ni 
tashkil etadi. Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarida yillik yog‘in miqdori 
5000-7000 mm dan ham oshadi. Bu ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalarida 
joylashgan Amazoniya pastekisligiga tushadigan yog‘in miqdoridan bir necha marta 
ko‘p. Shuning uchun bu yerda gileyalarga o‘xshash qalin, baland bo‘yli, o‘tib 
bo‘lmaydigan 
gemigeliya 
o‘rmonlari yaxshi rivojlangan. 
Patagoniya Andining iqlim xususiyatlaridan biri yil davomida yomg‘irli, past 
bulutli, tumanli, kuchli shamolli kunlarning ko‘p bo‘lishi va havo haroratining 
mo‘tadilligidir. Kuchli shamollarning va yomg‘irli kunlarning takrorlanishi bir yilda 
200 kundan oshadi. Qishning o‘rtacha harorati +4°+7°C atrofida bo‘ladi. Yozning 
o‘rtacha harorati +15°C dan oshmaydi, janubda esa +10°C gacha pasayadi. Baland 
tog‘larda yil davomida manfiy harorat hukmronlik qiladi. Tizmaning sharqiy 
yonbag‘rida harorat -30°C gacha pasayadigan sovuqlar bo‘lib turadi. 
O‘lka iqlimining ikkinchi xususiyati Patagoniya Andida qor chizig‘ining juda 
ham past bo‘lishiga va muzliklarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratganligidir. 
Bosh Kordil’eraning shimolida qor chizig‘i 1500 m balandlikda bo‘lsa, janubda 
1000 m dan ham pasayadi. Markaziy Andda qor chizig‘i Patagoniya Andiga nisbatan 
juda yuqori bo‘lib, 5600-6100 m gacha Punada hatto 6300 m balandlikkacha 
ko‘tariladi. 
Patagoniya Andida hozirgi muzliklar keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan ikkita 
markazda mujassamlashgan. Birinchi shimoliy markaz 46°-47°40 j.k. lar oralig‘ida 
va ikkinchi janubiy markaz 48°20 - 51°30 j.k. lar oralig‘ida vujudga kelgan. Bu 
muzliklar 
Patagoniya muzlik qalqoni
deb ataladi. Shimoliy muzlik San-Valentin 
tog‘ massivida joylashgan bo‘lib, uzunligi 700 km va eng keng joyi 70 km masofaga 
cho‘zilgan. Umumiy maydoni 20 000 km
2
dan ortiq, bu Kavkazning tog‘ 
muzliklaridan 10 hissa katta. Janubiy muzlik Piramide (3380 m) va Muralon (3600 
m) tog‘ massivlarini qoplab olgan. Umumiy maydoni 14 000 km
2
ga teng. Ikkita 
muzliklar markazi bir-biridan materik ichkarisiga ko‘ndalang yorib kirgan chuqur 
Beyker fordi orqali ajralib turadi. Patogoniya Andining muzlik qoplami o‘zining 
shakliga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, uni ayrim olimlar pleystosen davridagi qalin 
muzliklarning qoldig‘i (relikt muzlik) deb hisoblashadi. 
Patagoniya Andida ko‘llar ham keng tarqalgan. Bulardan eng yiriklari 
Buenos-Ayres, Pueyrredon, San-Martin, Vedma, Arxentino va boshqa ko‘llardir. 


137 
Buenos-Ayres (2400 km
2
) o‘lka hududida eng katta ko‘l hisoblanadi. Muzliklar va 
ko‘llar Tinch okeanga va qisman Atlantika okeaniga quyiladigan daryolarni suv 
bilan ta’minlaydi. 
O‘lkaning o‘simlik qoplami nihoyatda xilma-xil. O‘rmonlar tarkibida doimiy 
yashil daraxt turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Patagoniya Andidagi o‘rmonlarning 
qalinligi, turlarga boyligi, ko‘p yarusliligi, chirmashib o‘sadigan lianalar, moxlar va 
lishayniklarning keng tarqalganliga nam subtropik yoki tropik o‘rmonlarni eslatadi. 
Tuproq qoplami shimolda qo‘ng‘ir va janubda podzol tuproqlardan iborat. Tekislik 
joylarda botqoq tuproqlar uchraydi. O‘lka flora majmuasining asosiy o‘simlik turlari 
doimiy yashil va bargini to‘kadigan janub buk, magnoliya, igna bargli alerse va 
libosedruslar, 
bambuklar, 
daraxtsimon 
qirqquloqlardan 
tarkib 
topgan. 
O‘rmonlarning sernamligi tufayli daraxtlarning tanalarini mox va lishayniklar 
qoplab olgan. O‘rmonlar materikning janubiy qismiga borgan sari siyraklashib 
boradi. Eng janubda ular tundra tipidagi o‘simliklar bilan almashinadi. Bosh 
Kordil’eraga ko‘tarilgan sari qalin o‘rmonlar tarkibi bir oz o‘zgarib, siyrak va past 
bo‘yli o‘rmonlar bilan almashinadi. Siyrak o‘rmonlar qariyb qor chizig‘igacha 
ko‘tarilib boradi. Tog‘ o‘tloqzorlar mintaqasi o‘lka hududida uchramaydi. 
Tizmaning Patagoniya yassi tog‘ligiga qaragan sharqiy yonbag‘rida yog‘in g‘arbiy 
yonbag‘riga nisbatan kam bo‘ladi. Bu yerdagi o‘rmonlar Tinch okean 
qirg‘oqlaridagi o‘rmonlarga nisbatan siyrak va o‘simlik turlariga kambag‘alroq. 
Asosiy o‘simlik turlari buklardan va igna bargli daraxtlardan tarkib topgan. Tog‘ 
etaklaridagi o‘rmonlar o‘rnini quruq dasht landshaftlari va kserofit butazorlar 
egallagan. 
Patagoniya Andining tabiiy landshaftlari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida kam 
o‘zlashtirilgan. O‘lkaning shimolida o‘rmonlardan tozalangan yerlarda yem-hashak 
beradigan o‘tlar ekiladi. Janubiy qismida haydalgan yerlar juda kam uchraydi. 
Shuning uchun tabiiy o‘simliklar ham tabiiy landshaft majmualari ham o‘zining asl 
holatini hozirga qadar yaxshi saqlab kelgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish