X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Olovli yer. 
O’lka
 
materikning janubiy sohili yaqinida 53
0
va 55° j.k. lar 
oralig’ida joylashgan ko’plab katta-kichik orollardan iborat arxipelag hisoblanadi. 
Orollar materikdan va bir-birlaridan tor bo’g’izlar orqali ajralgan. Arxipelag 
geologik va geomorfologik jihatdan And tog’lari va Patagoniya platosining davomi. 
G’arbiy orollarning qirg’oqlari qoyali hamda fordlar chuqur o’yib yuborgan, 
sharqiy orollar qirg’oqlari esa tekis va kam parchalangan. Arxipelagning butun 
g’arbiy qismi balandligi 2400 m gacha bo’lgan tog’lar bilan band. Rel’efida 
qadimgi va hozirgi zamon muzliklari hosil qilgan shakllar katta rol o’ynaydi. Bular 
trog vodiylari, qo’y peshanalar va morena to’g’on ko’llaridan iborat. Muzliklar 
bo’lib yuborgan tog’ tizmalari okeandan tik ko’tarilib turadi, ularning 
yonbag’irlarini fordlar o’yib yuborgan. Chekka sharqiy qismidan tashqari Olovli 
Yerning iqlimi juda sernam, doim qattiq va nam janubi-g’arbiy shamollar ta’sirida 
bo’ladi. G’arbda yiliga 3000 mm gacha yog’in tushadi, yomg’ir ko’p yog’adi va 
yiliga 300-330 kun yomg’irli bo’ladi, sharqda esa yog’in miqdori keskin kamayadi. 
Harorat butun yil bo’yi past va fasllarga qarab uncha ko’p o’zgarmaydi. Olovli 
Yer orolining iqlimi yozgi haroratiga ko’ra tundraga, qishki haroratiga ko’ra 


138 
subtropiklarga o’xshash. Olovli Yerning iqlim sharoiti muzliklarning rivojlanishi 
uchun qulay. G’arbda qor chegarasi 500 m balandlikda joylashgan va muzlar bevosita 
okeanga tutashib, aysberglarni hosil qiladi. Tog’ tizmalarini muz qoplagan va faqat 
baland cho’qqilargina muzdan holi bo’lib ko’tarilib turadi. 
Arxipelagning tor okean g’arbiy sohilida doimiy yashil va barg to’kuvchi 
daraxtlardan tashkil topgan o’rmonlar rivojlangan. Janubiy buk, magnoliya 
gullilardan oq xushbo’y gullaydigan kanelo va ignabarglilar xarakterlidir. 
O’rmonlarning yuqorigi chegarasi qor chegarasiga to’g’ri keladi. Ayrim joylarda 
500 m dan yuqorida, ba’zan dengiz bo’yida ham (sharqda) o’rmonlar siyrak 
subarktika tog’ o’tloqlari bilan almashinadi, bu o’tloqlarda gullaydigan o’simliklar 
va torfzorlar yo’q. Doim kuchli shamollar esib turadigan hududlarda siyrak va past 
bo’yli daraxtlar hamda butalar to’p-to’p bo’lib o’sadi.
Olovli Yer arxipelagi va Janubiy And tog’lari o’lkasining hayvonot dunyosi 
bir xil hamda juda o’ziga xosdir. Bu yerda guanako bilan birga havo rang tulki
tulkisimon it yoki magellan iti hamda turli xil kemiruvchilar yashaydi. Yer ostida 
yashaydigan endemik kemiruvchi tukotuko bu yer uchun xarakterli tur, qushlardan 
to’tilar, kolibrilar ko’p uchraydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish