X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Subtropik And. 
And tog‘ tizimining 27°-42° j.k. lar orilig‘idagi qismi
Subtropik And tog‘li o‘lkasini tashkil etadi. Bu o‘lka Chili Argentina Andi deb ham 
atalib, And tizimining eng toraygan va eng baland qismi hisoblanadi. Subtropik And 
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan And tizimining boshqa o‘lkalaridan farq qiladi, 
ular 
birinchidan,
relyef tuzilishining 3 ta meridional yo‘nalgan Bosh Kordil’era, 
bo‘ylama tektonik vodiy va Qirg‘oq Kordil’erasidan iborat ekanligi, 
ikkinchidan,
Bosh Kordil’eradan g‘arbda subtropik mintaqaning o‘rta dengiz iqlim tipining va 
doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlarning keng tarqalganligi, 
uchinchidan
al’p 
tipidagi relyef shakllari, tog‘ o‘tloqzorlari va muzliklarning yaxshi rivojlanganligi, 
to’rtinchidan
yiliga ikki marta toshib oqadigan daryolarning mavjudligi va h.k. 
Subtropik Andning g‘arbiy qismida Tinch okean sohili bo‘ylab uncha baland 
bo‘lmagan Qirg‘oq Kordil’erasi cho‘zilgan. U Markaziy And Qirg‘oq 
Kordil’erasining janubiy davomi bo‘lib, o‘rtacha balandligi 800 m dan ayrim 
cho‘qqilari 2000 m gacha ko‘tariladi. Qirg‘oq tizmasi chuqur daryo vodiylari bilan 
kesilib, bir necha yassi platolarga bo‘linib ketgan. 
Qirg‘oq Kordil’erasidan sharqda Markaziy tektonik cho‘kma joylashgan. Bu 
vodiy orografik jihatdan Atakama cho‘kmasining janubiy davomi hisoblanadi. 
Bo‘ylama vodiy And tizimining ko‘ndalang tog‘lari bilan bir necha mustaqil 
botiqlarga bo‘lingan. Botiqlar yuzasining balandligi shimolda 100-200 m gacha 
pasayadi. Vodiylarda aholi juda zich joylashgan. Chilining poytaxti Santyago shahri 
ham Markaziy vodiyda barpo etilgan. 
Markaziy vodiydan sharq tomonda Bosh Kordil’era tizmasi 
joylashgan. Uning asosiy suvayirg‘ich qismidan Chili va Argentinaning davlat
chegarasi o‘tadi. Bosh Kordil’era kuchli burmalangan mezozoy 
yotqiziqlaridan va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Bu tizmada o‘lkaning 
eng baland nuqtalari bo‘
lgan Akonkagua (6960 m) va Mersedario (6770 m)
tog‘lari 
joylashgan. Bulardan tashqari balandligi 500 m dan oshadigan o‘nlab cho‘qqilar va
harakatdagi vulkanlar bor. Jumladan 
Tupungato (6800 m), Maypo (5323 m) 
vulkanlari, Toro (6380 m), Tortolas (6354 m), Olivares (5926 m)
tog‘lari va 
boshqalar. Balandliga 3000-4000 m atrofida bo‘lgan vulkanlar 
Domuyo (4708 m), 
Lyayma (3060 m), Lanin (3776m), Antuko (2990m)
kabilardir. O‘lka hududida 
kuchli zilzilalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Chilida 10-12 balli zilzilalar bir necha 
marta takrorlangan. 
O‘lka hududi subtropik kengliklarda joylashganligi sababli uning g‘arbiy
qismida yozi quruq va qishi nam bo‘lgan subtropik iqlim shakllangan. Bu 
iqlim tipi okean sohillarini, Markaziy vodiyni va Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yon 
bag‘irini pastki qismini qamrab olgan. Bosh Kordil’eraning tog‘ etagidan yuqori
qismida iqlimning balandlik zonalligi vujudga kelgan. Subtropik Andning iqlim 
sharoiti shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon o‘zgarib boradi. O‘lkaning 
shimoli uchun xarakterli bo‘lgan chala cho‘l subtropik iqlim tipi markazda o‘rta 


135 
dengiz iqlim tipi bilan, janubda mo‘tadil kengliklarga yaqin joylarda nam o‘rmon 
iqlim tipi bilan almashinadi. Subtropik Andning sharqiy qismi uchun qurg‘oqchil 
iqlim tipi xarakterli. 
O‘lka hududida havo harorati bir tekisda taqsimlanmagan. Yoz bilan qish 
oylarining harorati o‘rtasidagi tafovutlar ham aniq ifodalangan. Eng salqin oyning 
o‘rtacha harorati +11°C bo‘lsa, eng issiq oyniki +17°+18°C ni tashkil etadi. 
Santyagoda eng salqin oyning o‘rtacha harorati +7°+8° C ga va eng issiq oyniki 
+20°C ga teng. Yog‘in miqdori ham shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa tomon 
ko‘payib boradi. O‘lkaning shimolida yiliga o‘rtacha 100 mm, o‘rta qismida 350 
mm, janubida 750 mm yog‘in yog‘adi. Janubda yog‘inlar yil davomida deyarli bir 
xilda taqsimlangan. O‘lkaning eng janubiy qismida 37°- 42° j.k. lar oralig‘ida yog‘in 
miqdori 2000 mm dan oshadi. Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘rida yog‘in 
sharqiy yon bag‘iriga nisbatan ko’p bo‘ladi. Dehqonchiliq asosan sun’iy sug‘orish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Subtropik And tog‘li o‘lkasining tuproq-o‘simlik qoplami xilma-xil. Bu yerda 
quruq subtropiklar uchun xarakterli bo‘lgan tipik jigar rang tuproqlar keng tarqalgan. 
Markaziy vodiyda qora tuproqlarga o‘xshash qoramtir rangli tuproqlar rivojlangan. 
Chilining markaziy qismida aholining juda ham zich joylashganligi va ularni qishloq 
xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligi tufayli tabiiy holdagi tuproqlar va o‘simliklar 
qoplami kuchli o‘zlashtirilgan. Tabiiy landshaftlar o‘rnini seliteb shahar va 
agrolandshaftlar egallagan. 
O‘lkaning tabiiy o‘simlik qoplamida doimiy yashil butalar ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Janubda butazorlar asta-sekin past bo‘yli va seyrak o‘rmonlar bilan, 
keyin baland bo‘yli qalin o‘rmonlar bilan almashinadi. O‘rmonlarda doimiy yashil 
janub buki, Chili arakuariysi relikt asal palmasi, tik (sovun daraxti), persee dafnasi 
ko‘p uchraydi. Daryo vodiylarida evkaliptlar va piramidal teraklar ekilgan. 
O‘rmonlar Bosh Kordil’eraning g‘arbiy yonbag‘irlarida janub buki keng tarqalgan 
bo‘lib, ular quruq davrda bargini to‘kadi. O‘rmonlarning yuqori chegarasi Subtropik 
And tizmalarida 2000-2500 m gacha ko‘tariladi. Tog‘ o‘rmon mintaqasidan
yuqorida tog‘ o‘tloqzorlari joylashgan. Bu mintaqada al’p o‘tloqlari uchun xarakterli 
bo‘lgan yoron gul, qimizak, primula, lyutik, toshyorar kabi o‘t o‘simliklari o‘sadi. 
Buta o‘simliklaridan barbaris (qoraqand) va smorodina (qoraqat) uchraydi. Tog‘ 
o‘tloqlari yaylov sifatida foydalaniladi. 
Subtropik And o‘lkasining madaniy o‘simliklari ko‘proq Shimoliy Amerika 
va Yevropa subtropik iqlim mintaqalariga xos o‘simliklarga o‘xshaydi. Ayniqsa 
subtropik madaniy o‘simliklarning ko‘pchilik turlari Yevropaning O‘rta dengiz 
mamlakatlaridan keltirilgan. Bular toklar, zaytun daraxtlari, sitruslar va boshqa 
mevali daraxtlardir. Qishloq xo‘jaligida asosan bug‘doy va makkajo‘xori 
yetishtiriladi. Tog‘ yonbag‘irlarida mahalliy aholi kartoshka, no‘xat, yasmiq, loviya, 
piyoz va qalampir ekishadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish