Foydali qazilmalari.
Foydali qazilmalar tarqalish xarakteri materikning
geologik strukturasiga, tektonikasiga va relyefiga bog‘liq. Binobarin, qazilma
boyliklarni regional tarqalish xususiyatlarini hisobga olib, Shimoliy Amerika
hududida beshta majmua ajratish mumkin: Kanada qalqoni, Markaziy va Buyuk
tekisliklar, Appalachi tog‘lari, Kordil’era tog‘ tizimi foydali qazilmalar majmuasi.
Materikning foydali qazilmalari Kanada qalqoni turli xil rudali konlarga juda
boy. Majmuaning rudali qazilmalari qadimiy kristall va metamorfik jinslarda hosil
bo‘lgan temir, nikel, mis, kobalt, oltin, platina, kumush, uran va boshqa metallardan
iborat. Bu boylikllarni qazib olish va qayta ishlash tog‘-kon
sanoatlari asosan Buyuk
ko‘llar atrofida va qalqonning g‘arbidagi Katta Nevolniche ko‘li yaqinida barpo
etilgan. Temir konlari Labrador yarim orolida ham mavjud.
Markaziy va Buyuk tekisliklar majmuasi hududida rudali va rudasiz foydali
qazilmadar keng tarqalgan. Bu yerdan asosan neft va toshko‘mir qazib olinadi.
Toshko‘mir Appalachioldi cho‘kmasidagi Pensilvaniya havzasida, Missisipi
pastekisligi botig‘ida, Kordil’eraoldi cho‘kmasida, Texas havzasida ko‘p uchraydi.
Shimoliy Amerikaning asosiy ko‘mir konlari va ko‘mir zahirasi AQSh hududiga
to‘g‘ri keladi. Toshko‘mir konlari paleozoy va mezozoy yotqiziqlarida hosil
bo‘lgan.
Materikning asosiy qazilma boyliklaridan biri neft hisoblanadi. Neft konlari
hosil bo‘lishiga ko‘ra turli geologik davrlarga to‘g‘ri keladi. Texas, Kanzas va
Oklaxoma havzalaridagi neft konlari silur, devon va karbon davrlari yotqiziqlarida
hosil bo‘lgan. Eng yirik neft konlari Appalachi tog‘lari atrofida va paleozoy
strukturasining botiqdarida to‘plangan. Meksika qo‘ltig‘i sohillarida neft perm
qatlamlaridan qazib olinadi. Florida yarim orolida juda katta fosforit koni
joylashgan. Appalachi majmuida paleozoy tog‘ burmalanishlarida vujudga kelgan
qazilma boyliklar uchraydi. Eng ko‘p tarqalgani toshko‘mir va temir rudalari
hisoblanadi. Appalachining shimoliy kristalli qismida polimetallar, mis, qo‘rg‘oshin
va boshqalar bor.
Kordil’era foydali qazilmalar majmui Shimoliy Amerika hududida xilma-xil
rudali va rudasiz qazilmalarning keng tarqalganligi bilan farq qiladi. Kordil’eraning
butun yo‘nalishi bo‘ylab, nevada va laramiy orogenik zonalarida ham polimetallar,
mis, oltin, kumush, surma, simob, molibden, vanadiy, volfram, uran va boshqa
qazilma boyliklar joylashgan. Bu majmuadan toshko‘mir, neft grafitlar ham qazib
olinadi. Kaliforniyada tog‘ oralig‘i botig‘ining neogen yotqiziqlarida hosil bo‘lgan
juda katta neft konlari bor.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |