X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

terra fria
(sovuq yer) deb atalib, u 
ekvatorial zonada 2000-2500 m dan to 3500-3800 m gacha balandlik oralig‘ida 
joylashgan, iqlimi mo‘tadil xarakterga ega. Harorat +12 C va +18°C atrofida bo‘lib, 
ayrim paytlarda +3°C va +5°C gacha pasayadi. Maksimal harorat +23°C gacha 
ko‘tarilishi mumkin. Atmosfera yog‘inlari markazda 1800-2000 mm dan chekka 
qismlarda 600-700 mm gacha kamayadi. Sovuq mintaqa uchun past bo‘yli, qing‘ir-
qiyshiq daraxtlardan va butalardan tarkib topgan baland tog‘ gileya o‘rmonlari 
xarakterli. O‘rmonlar epifit o‘simliklar va lianalar bilan chirmashib ketgan. Ular 
tekisliklardagi gileya o‘rmonlarini eslatadi. O‘rmonlarda doimiy yashil emanlar, 
past bo‘yli bambuklar, daraxtsimon qirqquloqlar ko‘p uchraydi. Aholi tog‘ oralig‘i 
botiqdarida 3500 m gacha bo‘lgan balandliklarda yashab, makkajo‘xori, bug‘doy, 
kartoshka kabi madaniy ekinlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 
Shimoliy And tog‘li o‘lkasining to‘rtinchi mintaqasi baland tog‘ mintaqa 
bo‘lib, mahalliy xalq 
paramos
deb ataydi. Paramosning yuqori chegarasi 4500 m 
balandlikkacha ko‘tariladi, iqlimi juda sovuq. Harorat kunduz paytlari 0°C dan 
yuqori bo‘lsada, kechalari qattiq sovuqlar bo‘lib, qor yog‘adi. O‘simlik qoplami 
kserofit xarakterga ega. Chimli va baland bo‘yli boshoqli o‘tlar, murakkab gulli 
o‘simliklar o‘sadi. O‘simliklarning poyasi 5 m gacha bo‘lib, chiroyli gullaydi. Tekis 
yuzalarda moxli botqoqliklar uchraydi. Tik yonbag‘irlar uchun o‘simliksiz toshloq 
yerlar xarakterli. 
Shimoliy Andning 4500 m dan baland qismida qor va muzliklar mintaqasi 
joylashgan. Bu mintaqada havo harorati yil davomida manfiy. Baland tog‘ 
massivlari va tog‘ cho‘qqilari uchun al’p tipidagi muzliklar xarakterli. Muzliklar 
ayniqsa Kolumbiyaning Markaziy va G‘arbiy Kordil’eralarida, Serra-Nevada-de-
Santa-Marta tizmalarida yaxshi rivojlangan. Chimboraso, Kotopaxi va Tolima 
vulkanlarining cho‘qqilari ham qor va muzliklar bilan qoplangan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish