X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Okean lojesi.
Dunyo okeani osti rel’efi va geologik strukturasining asosiy 
qismini 3000 m chuqurlik bilan 6000 m chuqurlik orasida joylashgan okean lojesi 
tashkil etadi. Maydoni 195 mln. km
2
yoki Dunyo okeani ostining 50 % dan ko’proq 
maydonini egallaydi. Okean lojesi rel’efi va tektonik strukturasi okean botiqlari va 
ularni ajratib turgan okean ko’tarilmalaridan iborat. Uning katta qismi o’rtacha 
chuqurligi 5000 m atrofida bo’lgan botiqlar bilan band. Bular Tinch okeandagi 
Shimoli-sharqiy, G’arbiy va Janubiy botiqlar, Atlantika okeanidagi Shimoliy 
Amerika, Braziliya va Kongo botiqlari, Hind okeanidagi Markaziy va G’arbiy 
Avstraliya botiqlari, Shimoliy Muz okeanidagi Amundsen, Nansen va Kanada 
botiqlaridir. Botiqlar yuzasi past-baland abissal tipdagi rel’ef shakllaridan, yassi va 
qiya abissal tekisliklardan tashkil topgan. Okean lojesidagi ko’tarilmalar morfologik 
jihatdan tizmalarga (okean o’rtasidagi suv osti tog’ tizmalari bundan mustasno), 
balandliklarga va platolarga bo’linadi. Bunday morfoloik strukturalarga Tinch 
Okeandagi Gavay tizma tog’i, Shaskiy balandligi, Manikixi platosi, Atlantika 
okeanidagi Bermud platosi misol bo’la oladi.
O’rtalik okean tog’ tizmalari
.
Okean o’rtasidagi suv osti tog’ tizmalari 
Dunyo okeani ostidagi global morfostrukturaning to’rtinchi yirik rel’ef shakli bo’lib, 
maydoni 55 mln. km
2
ni tashkil etadi. O’rtalik okean tog’ tizmalari barcha okeanlarni 
boshidan oxirigacha kesib o’tgan. Umumiy uzunligi 60000 km dan va eng keng 
joylari 1000 km dan ziyod. 
Ulkan sayyoraviy tizim Shimoliy Muz okeanida Lomonosov suv osti tog’ 
tizmasidan boshlanib, Atlantika okeanida Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika 
tizma tog’lari nomi bilan davom etadi. Undan janubda joylashgan Afrika-Antarktika 
tizmasi Afrikaning janubiy suv osti qismini aylanib o’tib Hind okeanida G’arbiy 
Hind suv osti tizmasi bilan davom etadi. Hind okeanining markaziy qsmida o’rtalik 
okean tog’ tizmasi uch tarmoqqa bo’linadi: 
birinchisi,
yuqorida aytilgan G’arbiy 
Hind tizmasi, 
ikkinchisi
undan shimolga tomon cho’zilgan Arabiston-Hind tizmasi 
va 
uchinchisi
janubi-sharqqa yo’nalgan Markaziy Hind tizmasidir. Oxirgi tizma 
Amsterdam platosigacha davom etib, platoda o’tgandan keyin yo’nalishini 


345 
o’zgartiradi va Tinch okeangacha Avstraliya-Antarktika ko’tarilmasi nomi bilan 
cho’zilib boradi. Tinch okeanda bu ko’tarilma Janubiy Tinch okean va Sharqiy 
Tinch okean ko’tarilmalari bilan almashinadi. O’rtalik tizmalar asosan manityaga 
yaqin qattiq jinslardan tarkib topgan.
O’rtalik okean tog’ tizmalari Yer yuzidagi eng yirik tizim bo’lib, unga teng 
keladigani materiklarda uchramaydi. Tizmalarning o’q qismi uchun riftli struktura 
xarakterli. Rift tizmalari ko’plab tektonik yoriqlar bilan parchalangan. Bu yoriqlarda 
uzun cho’kmalar, yoki rift vodiylari vujudga kelgan. Ular tizmalarni ko’ndalang 
kesib o’tib ko’ndalang yoriq zonalarini hosil qiladi. O’rtalik okean tizmalari uchun 
intensiv vulkanizm va kuchli seysmik harakatlar ham xarakterli. Shuning uchun 
riftlarda yirik vulkan massivlari ko’p uchraydi. Vulkanizm rivojlangan joylarda 
lavali platolar, vulkanik orollar keng tarqalgan. Atlantika okeanidagi Islandiya, Azor 
platosi, Tristan-da-Kunya va Gof orollari ana shunday hududlardan hisoblanadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish