X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Materik etagi
.
Materik etagi materik yonbag’iri bilan okean lojesi, ayrim 
joylarda o’tkinchi zona oralig’ida joylashgan. Geomorfologik strukturasi asosan 
to’lqinsimon qiya tekislik va past-baland tekisliklardan iborat. Maydoni 25,9 mln. 
km
2
. Geologik tuzilishiga ko’ra, yer po’stining okean ostidagi qismi bilan materik 
qismi qo’shilgan joydagi chuqur bukilmadan iborat bo’lib, qalin cho’kindi jinslar 
bilan qoplangan. Cho’kindi jinslar asosan okean va dengizlarga kelib quyiladigan 
daryolarning loyqa oqiziqlaridan hosil bo’ladi. Bunga Hind, Gang, Kongo, Missisipi 
daryolarining dengiz ostidagi keng suvosti vodiylari va mayda zarrachalardan 
tashkil topgan yoyilmalari misol bo’la oladi. Bundan tashqari cho’kindi jinslarning 
katta qismi suv qatlamidan ham cho’kadi. Materik etagida suvosti abissal oqimlari 
harakat qilib, okean ostiga yaqin qatlamda suv massalarini va chukindi jinslarni 
harakatga keltiradi, materik va okean ostidagi cho’kindilarni aralashtirib 
akkumulyativ rel’ef shakllarini hosil qiladi. Bular 
cho’kindi tizmalar
deb ataladi.
O’tkinchi zona
.
O’tkinchi yoki oraliq zona Dunyo okeanining al’p 
geosinklinal mintaqasi uchun xarakterli. Atlantika va Hind okeanlarining ko’pchilik 
cheka qismlarida, Shimoliy Muz okeanining hamma joyida materiklarning suv osti 
qismi to’g’ridan-to’g’ri o’tkinchi zonasiz okean lojesi bilan tutashgan. Tinch 
okeanning chekka qismlarida, Hind okeanining shimoli-sharqiy chekkasida, 


344 
Atlantika okeanining Karib dengizida materiklarning suv osti chekkasi bilan okean 
lojesi oralig’ida g’oyat murakkab geosinklinal tizim vujudga kelgan. Bu tizim 
polosasi o’tkinchi yoki oraliq zonadir. Uning maydoni 30,6 ml. km
2
ga teng. Oraliq 
zona chuqurligi 4000-5000 m gacha bo’lgan botiqlar, yoysimon tizilgan orollar va 
chuqur suv osti cho’kmalari kabi rel’ef shakllaridan iborat.
Orollar yoyi suv osti tog’ tizmalari bo’lib, ularning aksariyati kelib chiqishiga 
ko’ra vulkanik tog’ orollaridir. Harakatdagi vulkanlarning 70 % orollar yoyida 
joylashgan. Kuril orollar yoyi bunga yaqqol misoldir. Bundan tashqari Dunyo 
okeanida Aleut, Yapon, Filippin, Antil va boshqa orollar yoyi ham mavjud. Oraliq 
zonaning chuqur suv osti cho’kmalari juda tor, lekin minglab kilometr masofaga 
cho’zilgan. Bular Aleut, Kuril-Kamchatka, Marianna, Kermadek, Peru, Chili kabi 
cho’kmalardir. Dunyo okeanining eng chuqur nuqtalari ana shu cho’kmalarda 
joylashgan. Masalan, Marianna cho’kmasining chuqurligi 11022 m, Tonga 10882 
m, Filippin 10265 m, Karmadek 10047 m. Bu zona yer po’stining alohida 
geosinklinal tipini tashkil etadi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish