X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Okean osti yotqiziqlari.
 
Okean osti yotqiziqlari mayda qattiq ma’danli 
zarrachalarning suv ostiga cho’kishidan hosil bo’lgan turli qalinlikdagi g’ovak 
qatlamdir. Ular kelib chiqishiga ko’ra terrigen, biogen, vulkanogen, poligen va 
xemogen yotqiziqlarga bo’linadi. 
Terrigen yotqiziqlar
materiklarning suv ostidagi chekkalarida, okean 
lojesining materik osti bilan tutashgan qismida, chuqur suv osti cho’kmalarida keng 
tarqalgan. Ularning asosiy qismi materiklardan Dunyo okeaniga mayda zarrachalar 
shaklida daryo oqimi, shamol, qirg’oq muzlari, aysberglar va qirg’oq abraziyasi 
yordamida kelib tushadi. Terrigen yotqiziqlarning qalinligi materik yonbag’rida bir 
necha metrdan materik ostiga yaqin bo’lgan zonalarda 2000-3000 m gacha boradi.
Biogen yotqiziqlar
ohakli va kremniyli cho’kindilardan tashkil topgan. Ular 
Dunyo okeanining ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo’tadil kenglik 
mintaqalarida ko’proq tarqalgan. Ohakli yotqiziqlar okean lojesida foraminifera va 
kokkolit – foraminifera cho’kindilaridan, sayoz joylarda chig’anoq va marjon 
cho’kindilaridan iborat. Kremniyli yotqiziqlar radiolyariya va diatom 
cho’kindilaridan tashkil topgan.
Vulkanogen yotqiziqlar
suv osti vulkanizmi rivojlangan zonalarda va vulkan 
massivlariga yaqin bo’lgan joylarda shakllangan. Vulkanik yotqiziqlar tarkibida 
okean yer po’stining katta chuqurliklariga xos bo’lgan ma’danlar va vulkanik 
shishalar ko’pchilikni tashkil etadi. Vulkanogen yotqiziqlar orasida paligonik 
cho’kindilar alohida o’rin tutadi.
Poligen yotqiziqlar
Dunyo okeanining 4500-5000 m va undan ham chuqur 
botiqlarida uchraydi. Bu yotqiziqlar chuqur suv qizil gillaridan tashkil topgan. Qizil 
gillar tarkibida doimiy ravishda kremniyli biogen qoldiqlar ishtirok etadi. Dengiz 
suvlarida va okean ostida kimyoviy jarayonlar natijasida kimyoviy cho’kindilar 
hosil bo’ladi. Ular xemogen yotqiziqlar deb ataladi. Bulardan tashqari okean osti 
yotqiziqlarining hosil bo’lishida kosmik changlar ham ishtirok etadi. Dunyo okeani 
ostining 150 mln. km
2
maydoni karbonatli yotqiziqlar, 110 mln. km
2
maydoni 
chuqur suv qizil gillari va 60 mln. km
2
maydoni kremniyli gillar bilan band. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish