X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Okean ostidagi geografik zonalar tizimi.
Dunyo okeani ostida O.K.Leontev 
(1982) tomonidan quyidagi 7 ta tabiiy geografik zonalar ajratilgan: Shimoliy qutb, 
Shimoliy qutbyoni, Shimoliy mo’tadil, ekvatorial-tropik, janubiy mo’tadil, janubiy 
qutbyoni va janubiy qutb. 
Shimoliy qutb zonasi Shimoliy Muz okeanining aksariyat qismini egallaydi. 
Uning hamma hududida organik moddalarga kambag’al bo’lgan terrigen yotqiziqlar 
keng tarqalgan. Yotqiziqlar ichida Shimoliy Muz okeani ostiga xos bo’lgan qo’ng’ir 
va kulrang tipdagi balchiqlar hukmronlik qiladi. Shimoliy qutbyoni zonasi Barens, 
Kara, Oxota, Bering dengizlarining ostini, Alyaska ko’rfazini, Tinch okean ostining 
eng shimoliy qismini o’z ichiga oladi. Bu zonada, ayniqsa dengiz sayozliklarida 
bentos yaxshi rivojlangan. Tinch okean sektorida diatom yotqiziqlari ko’p tarqalgan. 
Shimoliy mo’tadil zona Atlantika va Tinch okeanlarining ostida yaxshi shakllangan 
bo’lib, u o’zining provinsial farqlari bilan xarakterlanadi. Atlantika okeanining 
shimoliy mo’tadil zona doirasida terrigen yotqiziqlar bilan bir qatorda ohakli 
foraminifer balchig’i ko’p uchraydi. Ekvatorial-tropik zonaga xos bo’lgan ohakli 
foraminifer yotqizig’ini Atlantikaning shimoliy qismida uchrashiga sabab Shimoliy 
Atlantika iliq oqimining yuqori kengliklardagi suv massalariga va shu joydagi 
planktonlarga ta’sir etishidir. Shimoliy mo’tadil zona Tinch okean sektorining 
janubida marjon riflarining keng tarqalgan joylari bilan chegaralanadi. Zonaning 


354 
chuqur suv osti yotqiziqlarining asosiy tipi terrigenli alevrit-gil balchig’idir. Qizil 
loy yotqiziqlari ham keng tarqalgan. 
Ekvatorial tropik zona Dunyo okeani ostidagi boshqa zonalardan karbonatli 
yotqiziqlarning intensiv ravishda hosil bo’lish xususiyati bilan ajralib turadi. Bu 
yerda karbonatli yotqiziqlar – forominefer, nokkolit, petropod, marjon va 
chag’onoqlar zonaning 65% hududini egallaydi. Ekvatorial tropik zonaning aniq 
chegarasi marjon riflari va ular bilan bog’liq bo’lgan marjon qumlar hamda marjon 
balchiqlarining geografik tarqalishiga to’g’ri keladi. Zonaning sayoz joylaridagi suv 
osti qismida organik hayot juda xilma-xil, yaxshi rivojlangan va biomassalarga boy. 
Bu yerda ham 5000-5500 m chuqurlikdagi hududlarda qizil loy ko’p uchraydi.
Janubiy mo’tadil zona okean ostidagi boshqa zonalardan shu bilan farq qiladiki 
bu yerda aniq ifodalanadigan yaqqol ko’zga tashlanadigan xarakterli yotqiziqlar kam 
tarqalgan. Majvud bo’lgan yotqiziqlar orasida poraminifer balchig’i ko’pchilikni 
tashkil etadi. Zonaning janubiy chekka qismida o’tkinchi xarakterga ega bo’lgan 
ohakli kremniy yotqiziqlari shakllangan. Marjon yotqiziqlari va rif qurulmalari 
uchramaydi.
Janubiy qutbyoni zonasi kremniyli diatom yotqiziqlarning keng tarqalganligi 
bilan keskin ajralib turadi. Bu yerdagi diatom yotqiziqlari shimoliy yarim shardagi 
diatom yotqiziqlari shu bilan farq qiladiki, ularning tarkibida kremnozem 70-80% ni 
tashkil etadi. Aysberg cho’kindilari ham uchraydi. Janubiy qutb zonasi deyarli 
aysberg yotqiziqlarining keng tarqalganligi bilan farq qiladi. Ularning tarkibida ohak 
va organik moddalar juda kam, autgen kremnozem esa ko’proq uchraydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish