X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Dunyo okeanining geografik zonalari



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Dunyo okeanining geografik zonalari
.
Dunyo okeani akvatoriyasida Quyosh 
energiyasining taqsimlanishi bir tekis bo’lmay, ekvatordan qutblar tomon o’zgarib 
boradi va zonallik qonuniyatiga bo’ysunadi. Shuning uchun umumsayyoraviy 
zonallik faqat materiklarning muhim xususiyatlaridan biri bo’lib qolmasdan, u butun 
Yer landshaft sferasining, jumladan Dunyo okeanining ham muhim xususiyatlaridan 
biridir. Okeanlardagi geografik zonalarni tadqiq etishda va ularni ajratishda 
V.G.Bogorov, D.V.Bogdanov, K.K.Markov, L.A.Zenkevich, O.K.Leontev, 
A.V.Gembellarning xizmati katta.
Dunyo okeanida suv massalarining o’ziga xos harakatchanligi, landshaft 
sferasining ikki yarusligi, akvatoriyasining nisbatan bir xilligi, okean yuzasida 
orografik to’siqlarning yo’qligi va tabiiy chegaralarning keskin ifodalanmaganligi, 
geografik zonalarda o’zining aksini topgan. Bu hol Dunyo okeanida mavjud bo’lgan 
tabiiy geografik zonalarni ajratishda va chegaralashda bir muncha qiyinchiliqlarni 
tug’diradi.
V.G.Bogorov va O.K.Leontevlarning ta’kidlashicha, Dunyo okeanining yuqori 
va quyi yaruslarida geografik zonalar soni bir xil emas. Dunyo okeanining yuza 
qatlamida shakllangan zonalar soni okean tubidagi zonalar soniga nisbatan ko’proq 
va ular okean ostidagi zonalarga qaraganda yaqqolroq ifodalanganligi bilan farq 
qiladi. Quyida Dunyo okeani yuzasida va ostida ajratilgan tabiiy geogafik 
zonalarning tavsifi bilan tanishasiz. 
Okean yuzasidagi geografik zonalar tizimi
.
Dunyo okeanida geografik 
zonalarni ajratish tajribasi dastlab D.V.Bogdanov (1961) tomonidan amalga 
oshirilgan. U shimoliy va janubiy yarim sharlarda quyidagi 11 ta geografik zona 
ajratgan: 
arktika, subarktika, mo’tadil, subtropik, tropik (passatli), ekvatorial, tropik 
(passatli), subtropik, mo’tadil, subantarktika va antarktika
. Keyinchalik 
A.B.Gembel (1979), O.K.Leontev (1982) va boshqalar ham okeanlarni tabiiy 
geografik rayonlashtirishda D.V.Bogdanovning rayonlashtirish sxemasini asos qilib 
olib, shu tartibdagi geografik zonalarni ajratganlar.


352 
Arktika zonasi Arktika havzasining yoki Shimoliy Muz okeanining katta 
qismini egallaydi. Zona akvatoriyasida suv va havo harorati juda ham past va yil 
davomida uning ko’rsatkichi manfiydir. O’rtacha yillik radiasiya balansi 2-10 
kkal/sm
2
ni tashkil etadi. Lekin bu issiqlik qisman bo’lsada muzni eritish va sovuq 
suvni bug’lantirishga sarf bo’ladi. Shu boisdan suv harorati yil bo’yi manfiyligicha 
qolaveradi. Zonaning ayrim qismlarida suvning ilishiga Shimoliy Atlantika oqimi 
ta’sir ko’rsatadi. Arktika havosining keskin sovuq bo’lishi, zonaning fauna va flora 
kompleksiga, ularning turlariga, miqdoriga, biomassasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Shuning uchun dengiz hayvonlari va baliqlar tur jihatdan ham, miqdor jihatdan ham 
kam rivojlangan. Suvining sho’rligi o’rtacha me’yordan ancha past.
Subarktika zonasi Barens, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka 
dengizlarining janubiy qismlarini, Bering dengizi va Atlantika okeanining shimoliy 
qismini hamda Bofort dengizini o’z ichiga oladi. Uning janubiy chegarasi mavsumiy 
muzlik va aysberglar chegarasi hisoblanadi. Subarktika zonasining janubiy 
chegarasi Atlantika sektorining g’arbiy qismida, Sharqiy Grenlandiya va Labrador 
sovuq oqimlari tufayli ancha janubga, sharqiy qismida esa Shimoliy Atlantika iliq 
oqimi tufayli katta masofada shimolga siljigan.
Zona akvatoriyasida qishda arktika va yozda mo’tadil havo massalari 
hukmronlik qiladi. O’rtacha yillik radiasiya balansi 20-30 kkal/sm
2
ga teng. Yoz 
oylarida suv yuzasi 5
0
S gacha isiydi. Quyosh nurining suvga bo’lgan ta’siri 
natijasida organik hayot yuqori darajada rivojlangan. Fitoplankton va 
zooplanktonlar massasi 200 mg/m
3
ni tashkil etadi. Suvining sho’rligi o’rtacha 
me’yordan past.
Mo’tadil zona 40
0
va 60
0
sh.k. lar oralig’ini egallaydi. Janubiy chegarasi 
Shimoliy Amerika qirg’og’idagi Keyp-Kod yarim orolidan va Pireney yarim 
orolidagi Finisterri burnidan o’tadi. Bu zonaga Norvegiya, Shimoliy, Boltiq, Azov 
dengizlari hamda Qora va Kaspiy dengizlarining shimoliy qismlari ham kiradi. Zona 
akvatoriyasida g’arbiy atmosfera sirkulytsiyasi, sharqiy va shimoli-sharqiy oqimlar 
hukmronlik qiladi. Suvning harorati +5
0
S dan pasaymaydi, yoz oylarida +20
0
S dan 
yuqori ko’tariladi. O’rtacha yillik radiasiya balansi 40 kkal/sm
2
atrofida. Atmosfera 
yog’inlari 1000 mm dan ko’p tushadi. Organik hayot yaxshi rivojlangan (200-500 
mg/m
3
) va xilma xil xarakterga ega. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan baliq turlari 
keng tarqalgan. Dunyo okeanidan ovlanadigan baliqlarning 65-70% i shu zonaga 
to’g’ri keladi. Suvining sho’rligi o’rtacha me’yorga yaqin. 
Subtropik zona 30
0
va 40
0
sh.k. lar oralig’ida joylashgan bo’lib, uning janubiy 
chegarasi Azor va Shimoliy Tinch okean maksimumi markazidan o’tadi. Bu zonaga 
Qora va Kaspiy dengizlarining janubiy qismlari, O’rta dengiz va qisman Sariq, 
Yapon dengizlari ham kiradi. Zona akvatoriyasida qishda mo’tadil, yozda tropik 
havo massalari ustunlik qiladi. Havo bosimi baland, atmosfera yog’inlari fasllarga 
qarab taqsimlangan, yilning aksariyat paytlarida shamolsiz ob-havo kuzatiladi. 
O’rtacha yillik radiasiya balansi 75 kkal/sm
2
gacha yetadi, suvining o’rtacha harorati 
+15
0
+16
0
S. Yoz oylari quruq va issiq, bug’lanish midori katta. Shuning uchun 
suvining sho’rligi 38-40 ‰, O’rta Dengizda 39‰. Suvning vertikal sirkulyasiyasi 
sekin bo’lganligi sababli organik hayotning rivojlanishi ancha sust, plankton 


353 
biomassalari 50-100 mg/m
3
gacha kamayadi. Baliq resurslari ham mo’tadil 
zonadagiga nisbatan juda kam. Zonada ko’proq yirik qisqichbaqasimonlar va 
boshoyoqlilar ovlanadi.
Tropik zona yil davomida tropik havo massisining, atmosfera yuqori 
bosimining va passat shamollarining doimiy barqarorligi bilan xarakterlanadi. Uning 
janubiy chegarasi Atlantika sektorida Puerto-Riko va Yashil Burun orollari 
chizig’idan o’tadi. Zona akvatoriyasida suvning harorati va sho’rligi yuqori. 
O’rtacha yillik harorat +20
0
S, radiasiya balansi 100 kkal/sm
2
ga teng, sho’rligi 37-
38‰. Tropik zonada passat shamollari doimiy ravishda esib turganligi sababli 
bulutli kunlar va yog’in kam. Shuning uchun bu zonani okean sahrosi deb ham 
ataydilar. Suvning vertikal sirkulyasiyasi kuchsiz, biomassalarning hajmi uncha 
katta emas, plankton massasi 50 mg/m
3
gacha boradi, marjon qurilmalari keng 
tarqalgan. 
Ekvatorial zona uchun yil bo’yi yuqori harorat, serob yog’in, kam farqli harorat 
amplitudasi, suvning o’rtacha meyordan past sho’rligi xarakterli. Yillik radiasiya 
balansi 115 kkal/sm
2
ni tashkil etadi. Bunday sharoit organik hayotning yaxshi 
rivojlanishiga, biomassa miqdorining (100-150 mg/m
3
) mo’l-ko’l bo’lishiga, xilma-
xil hayvon turlarining tarkib topishiga qulaylik yaratadi. Ekvatorial zona marjon 
riflar, mangra o’simliklar va issiqsevar hayvonlar makonidir. Zona akvatoriyasidan 
juda qimmatbaho hisoblangan oltin makrel, sardiniya, tunes kabi baliqlar ovlanadi. 
Marvarid va suv jonivori – bulutlar ham ko’p tarqalgan. Ekvatorial zonadan janubda 
shimoldagi zonalarning aksi takrorlanadi. Lekin ekvatordan janubda joylashgan 
tabiiy geografik zonalar shimoldagi zonalardan o’zlarining chegarasini tashqi 
qiyofasi, konfigurasiyasi, akvatoriyasining maydoni va tabiiy sharoitining ayrim 
xususiyatlari bilan farq qiladi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish