X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Dunyo okeanidagi hayot
.
Dunyo okeani suvlari turli xil organizmlarning 
yashashi va rivojlanishi uchun benuqson qulaylikka ega bo’lgan muhit hisoblanadi. 
Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, hayot avvalo okeanda paydo bo’lgan, 
keyinchalik chuchuk suvlarga va quruqliklar yuzasida tarqalgan. 
Dunyo okeanida tirik organizmlarning rang-barang turlari yaxshi rivojlangan 
bo’lib, ular okean yuzasidan tortib eng ostigacha keng tarqalgan. Okeanda 
o’simliklarning 15000 dan ortiq turi, hayvonlarning 150000ga yaqin turi yashaydi. 
Flora tarkibining 5000 turi diatom o’simliklardan, 2500 turi qizil o’simliklardan, 
1000 turi qo’ng’ir o’simliklardan va 500 turi yuqori o’simliklardan tashkil topgan. 
Fauna kompleksining 80000 turi mollyuskalardan, 20000 turdan ortiqrog’i 
qisqichbaqasimonlardan, 15000 turi eng oddiy jonivorlardan (radiolyariyalar, 
foraminiferlar, infuzoriyalar), 9000 turi kovakichlilardan, 7 turi turli xil 
chuvalchanglardan, 5000 turi bulutlardan, 16 000 turi baliqlardan va boshqalardan 
iborat. Dunyo okeanidagi o’simliklar asosan bir hujayrali suv o’tlaridan tashkil 
topgan. Ular okean fitomassasining 80 % ini tashkil etadi. 
Dunyo okeanining barcha tirik organizmlari yashash sharoitiga ko’ra uchta 
asosiy guruhga – plankton, nekton va bentosga bo’linadi. Plankton tarkibiga bir 
xujayrali suv o’tlari (fitoplanktonlar) va mayda hayvonlar (zooplanktonlar) – 
meduzalar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar, oddiy hayvonlar va 
mollyuskalar kiradi. Fitoplanktonlar quyosh nuri yaxshi tushadigan suv qatlamining 
50-100 m chuqurlikkacha bo’lgan qismida, zooplanktonlar suv havzasining barcha 
chuqurliklarida keng tarqalgan. Ular erkin suzib yurish qobiliyatiga ega emas, ammo 
bir joydan ikkinchi joyga siljib borishi suv to’lqinlari va dengiz oqimlari tufayli 
amalga oshadi.


349 
Nekton
dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzib 
yuruvchi barcha tirik organizmlarni o’z ichiga oladi. Bu guruhga birinchi navbatda 
baliqlar, dengiz sut emizuvchilari – kitsimonlar, kurakoyoqlilar, mollyuskalarning 
ayrim vakillari – kalmarlar, yolg’on oyoqlilar, reptiliyalar – dengiz ilonlari, dengiz 
toshbaqalari va hayoti doimo okean bilan bog’liq bo’lgan ba’zi qushlar – pingvinlar, 
chaykalar, albatroslar kiradi. Nekton yirik hayvonlardan tarkib topgan bo’lishiga 
qaramasdan uning biomassasi plankton biomassasidan 23 marta kam. 
Bentos
dengiz va okean ostida yashaydigan o’simliklar va hayvonlar 
majmuasidir. Bentos organizmlari plankton va nektondan farq qilib, ular suv ostida 
gruntga yopishgan holda hayot kechiradi. Bentos turli xil mollyuskalar, bulutlar, 
marjonlar, ko’plab qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar, chuvalchanglar va eng oddiy 
foraminiferlardan tashkil topgan. O’simliklardan bu guruhga yashil, ko’kyashil, qizil 
va qo’ng’ir suv o’tlari, baland o’simliklardan dengiz o’ti kiradi. Okean ostidagi 
balchiqlarda yashaydigan bakteriyalar ham bentosga mansub. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish