X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Malay arxipelagi. 
Malay arxipelagi Yer sharidagi eng yirik orollar landshaft 
o’lkasi bo’lib, Osiyoning janubi-sharqida joylashgan. Uning tarkibiga Katta Zond 
(Kalimantan, Sumatra, Yava, Sulavesi), Kichik Zond (Bali, Lombok, Sumbava, 
Sumba, Flores, Lomblen, Alor, Vetar, Timor), Malukka va Filippin orollar guruhi 
kiradi. Maydoni 2 mln km
2
ga yaqin. Arxipelagning qirg’oq chiziqlari turli xil 
kesilgan. Ko’pchilik orollarning g’arbiy va janubi-g’arbiy tog’li qirg’oqlari kam 
kesilgan, sharqiy va shimoli-sharqiy pasttekislikli va botqoqli qirg’oqlari kuchli 
kesilgan. 
Arxipelag rel’efida o’rtacha baland va past tog’lar ustunlik qiladi. Barcha 
tog’lar Al’p burmalanishi jarayonida vujudga kelgan antiklinal ko’tarilmalar 
tizimida joylashgan. Aksariyat tog’lar mezozoy va uchlamchi davr ohaktoshlari
qumtoshlari va mergellaridan tuzilgan bo’lib, ularni vulkanik jinslar yorib chiqqan. 
Vulkan konuslari burmalangan poydevorlar ustida orollar shaklida alohida-alohida 
ko’tarilib turadi. Kalimantan va Sulavesi orollaridagi tog’lar paleozoy jinslaridan 
tarkib topgan va burmali - palaxsali xarakterga ega. Sumatra, Yava va Kalimantan 
orollaridagi pastekisliklar sinklinal cho’kmalarda hosil bo’lgan. 
Malay arxipelagida vulkanlar keng tarqalgan. Sumatra orolida 15 ta 
harakatdagi vulkanlar mavjud. Shulardan Kerinchi vulkani dengiz sathidan 3800 m, 
Marapi 2891 m va Pyoetsagu 2780 m baland. Yavadagi 136 ta vulkandan 30 tasi 
harakatda, eng yiriklari Semeru (3676 m), Salamet (3428 m), Gede (2958 m) 
vulkanlaridir. Filippin arxipelagidagi eng katta vulkanlar Mindano orolidagi Apo 
(2954 m) va Luson orolidagi Mayon (2416 m) lardir. Sumatra va Yavani bir-biridan 
ajratib turgan Zond bo’g’izida balandligi 800 m bo’lgan mashhur Krakatau vulkanik 
orol joylshgan. Krakatau vulkanining eng dahshatli otilishlari 1883 va 1973 yillarda 
sodir bo’lgan va juda katta talofotlar keltirgan. Malay arxipelagi orollari ichida eng 
kattasi Kalimantan oroli bo’lib, uning maydoni 734 ming km
2
. Orolning markaziy 
qismini janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon yirik palaxsali tog’lik massivi kesib 
o’tgan. Bu massiv Shvaner, Myuller, Apo-Duat va Kroker tizmalaridan tarkib 
topgan. Kalimantanning eng baland nuqtasi Kroker tog’idagi Kinabalu cho’qqisida 
4101 m ga yetadi. 
Malay arxipelagining o’rta qismi ekvatorial, shimoliy va janubiy qismlari 
subekvatorial 
iqlim 
mintaqalarida 
joylashgan. 
Ekvatorial 
mintaqadagi 
pastekisliklarda va tog’oldi zonalarida havo harorati yil davomida +25°+27°S ni 
tashkil etadi. Tog’larning 1500-2000 m balandliklarida eng sovuq oyning o’rtacha 
harorati +15°S ga, eng issiq oyniki +17°S ga teng. Xuddi shunday balandliklarda 
harorat -2°-3°S gacha pasayishi mumkin. Tekisliklarda o’rtacha yillik yog’in 
miqdori 1500-2000 mm ga teng. Hind va Tinch okeanlaridan esadigan mussonlarga 
ro’para bo’lgan tog’ yonbag’irlariga 4000-5000 mm dan 7000-8000 mm gacha 
yog’in yog’adi. Havo namligi o’rtacha 80%, ayrim joylarda 95% gacha yetadi. 
Subekvatorial mintaqalarda mussonlarning sirkulyasiyasida qishki qurg’oqchil va 
yozgi namlik davrlari aniq ifodalangan. 
Malay arxipelagida daryo to’ri yaxshi rivojlangan. Daryolari sersuv, gidrologik 
rejimi kam o’zgaruvchan qisqa daryolardir. Ularning yuqori qismi tog’li, ostonali va 
tez oqar, tekislikka chiqqandan keyin vodiylar kengayadi, oqim tezligi sustlashadi. 


340 
Eng yirik daryolari Klimantan orolidagi Kapuas va Barito, Sumatradagi Jambi, 
Inderagiri va Musi, Lusondagi Kagayan, Mindanodagi Agusan daryolaridir. 
Botqoqlangan pastekisliklarda va daryo vodiylarida mayda ko’llar ko’p. Tekislik va 
tog’larda qizil tuproqlar va podzollashgan turli xil laterit tuproqlar keng tarqalgan. 
Atmosfera yog’inlari kam tushadigan botiqlarda qizg’ish-qo’ng’ir, jigar rang 
savanna tuproqlari hosil bo’lgan. Pastekisliklarning katta qismini o’tloqli, o’tloqli-
botqoq tuproqlar egallagan. Tog’larda vulkanik tuproqlar ham keng tarqalgan. 
Malay arxipelagi Yer sharida floraga eng boy hudud hisoblanadi. Bu yerda 
o’simliklarning 45000 dan ziyod turi mavjud. Arxipelagning 1300-1500 m 
balandlikkacha bo’lgan qismida doimiy yashil nam tropik o’rmonlar hukmronlik 
qiladi.
 
Bu o’rmonlar qalin, baland bo’yli, ko’p yarusli, liana va epifitlarga juda boy. 
Tuproq yuzasini orxideyalar, moxlar va lishayniklar qoplab olgan. Lianalar orasida 
uzunligi 200-300 m ga yetadigan va tevarak-atrofdagi daraxtlarni o’rab olgan rotang 
palmasi alohida o’rin tutadi. O’simlik qoplamida palmadoshlar oilasiga mansub 
bo’lgan palmalarning bir qancha turlari, bambuklar, fikuslar, panduslar, daraxtsimon 
paporotniklar, yovvoyi bananlar ko’pchilikni tashkil etadi. 1300-1500 m dan 
yuqoridagi tog’ tropik o’rmonlarida doimiy yashil eman, rododendron, kashtan, 
zarang va igna bargli daraxtlar o’sadi. 3000-3500 m balandlikda past bo’yli tog’ 
o’rmonlari, undan yuqorida Al’p o’tloqlari tarqalgan. Kalimantanning yog’in 
kamroq tushadigan ichki hududlarida nam tropik o’rmonlar savannali o’rmonlar 
yoki savannalar bilan almashinadi. Savannalarda baland bo’yli boshoqli o’simliklar, 
yovvoyi shakarqamishlar o’sadi. Aholi punktlari atrofida banan, non daraxti, mango, 
palma, duryan plantasiyalari barpo etilgan. 
Fauna tarkibida o’rmonlarga xos hayvon turlari ko’p uchraydi. Ayniqsa 
maymunlar oilasiga mansub bo’lgan orangutan, gibbon, baqaloq lori, pugalo, 
makakalar keng tarqalgan. Ahyon-ahyonda fillar, karkidonlar, cheprachli tapirlar, 
selebes babirussasi uchraydi. Endemik hayvonlardan makakalardan tashqari anoa 
buyvoli ham saqlanib qolgan. Malay arxipelagi tabiiy geografik hududlashtirish 
sxemasi bo’yicha uchta tabiiy geografik hududga bo’linadi: 1) Katta Zond orollari. 
2) Kichik Zond va Malukka orollari, 3) Filippin arxipelagi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish