X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Shri-Lanka oroli. 
Shri-Lanka Hindiston yarim orolidan janubi-sharqda 
joylashgan va undan 60 km kenglikdagi Polkskiy bo’g’izi orqali ajralib turgan 
o’rtacha kattalikdagi oroldir. Maydoni 65 600 km
2
. Orol geotektonik struktura 
jihatidan Hindiston platformasining peneplenlashgan bir qismi hisoblanadi. Uning 
janubiy qismi bir oz ko’tarilgan, shimoli-g’arbiy va sharqiy qismlari ancha pasaygan 
va yosh yotqiziqlar bilan qoplangan. Orolning janubiy qismida gneys va 
kvarsitlardan tuzilgan Markaziy massiv joylashgan. Massivni chuqur vodiylar, 
botiqlar palaxsali tog’larga va platolarga bo’lib yuborgan. Uning eng baland nuqtasi 
Pidurutalagala tog’ida 2524 m ga va piramida shaklidagi qoyali Adamov 
cho’qqisida 2243 m ga teng. Markaziy massivning atrofi pastekisliklar bilan 
o’ralgan. 
Shri-Lankaning shimoli-sharqiy katta qismi subekvatorial iqlim mintaqasiga va 
janubi-g’arbiy chekka qismi ekvatorial iqlim mintaqasiga qaraydi. Pastekisliklarda 
yil davomida o’rtacha harorat +24°S dan +28°S gacha o’zgarib turadi. Markaziy 
massivning 2000 m balandligida harorat +16°S gacha pasayadi. Yog’inning asosiy 
qismini yozgi janubi-g’arbiy va qishki shimoli-sharqiy mussonlar keltiradi. Ayniqsa 
janubi-g’arbiy musson orolning janubi-g’arbiy sohilini va Markaziy massivning 
yonbag’irlarini juda katta miqdordagi namlik bilan ta’minlaydi. Bu yerda yillik 
yog’in miqdori 3000-5000 mm gacha yetadi. Orolning shimolida va shimoli-
sharqida yog’in bir oz kam bo’lib, yiliga 1000-2000 mm atrofida yomg’ir yog’adi. 
Shri-Lankaning janubi-g’arbida yog’in yil bo’yi bir tekisda taqsimlangan bo’lsa, 
shimoli-sharqida ikkita mavsum-namlik va qurg’oqchil mavsumlari yaqqol 
ifodalanadi. Orolning oqar suvlari Markaziy massivdan boshlanib, atrofdagi 
pastekisliklarga tarqaladi. Daryo suvlari qurg’oqchil shimoli-sharqiy hududlarda 
madaniy ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Musson yomg’irlari paytida daryolar 
toshib dengizbo’yi pastekisliklarini suv bosadi. 
Orolning katta qismi qizil va laterit tuproqlar bilan, daryo vodiylari va sohillar 
allyuvial tuproqlar bilan qoplangan. Tuproqlarning asosiy qismi o’zlashtirilib, uzoq 
yillar davomida tropik madaniy ekinlarini yetishtirishda foydalanib kelinmoqda. 
Shri-Lankaning qurg’oqchil shimoliy va shimoli-sharqiy hududlari savanna tipidagi 
tikanli butazorlar va kserofit tropik o’rmonlar bilan band. O’rmonlarda atlas daraxti, 
palu va boshqalar o’sadi. Janubi-g’arbiy hududlarning o’simlik qoplami nam tropik 
o’rmonlardan tashkil topgan. Qadimda qirg’oqbo’yi pastekisliklari, Markaziy 
massivning yon bag’irlari nam tropik o’rmonlar bilan band bo’lgan. Hozir 
o’rmonlarning katta maydoni o’zlashtirilib, ularning o’rnini tropik ekinlari, kauchuk 
beradigan geveya daraxtlari egallagan. Terrasalashtirilgan tog’ yonbag’irlarida choy 
plantasiyalari barpo etilgan. Dengiz sohillari uchun mangra o’rmonlari va kokos 


335 
palmazorlari xarakterli. Markaziy massivning baland yon bag’irlari va keng platolari 
turli xil o’tlar bilan qoplangan. 
Hayvonot olami turlarga juda boy. Ularning ko’pchiligi Hindiston va 
Hindixitoyda yashaydigan hayvonlarga o’xshash. O’rmonlarda Seylon ayig’i, 
qoplon, silovsin, bug’u, viveralar, maymunlarning bir necha turlari yashaydi. Daryo 
vodiylaridagi chakalakzorlarda yovvoyi buyvol, yovvoyi cho’chqa, hind bo’risi 
uchraydi. Yovvoyi fillar juda kam qolgan. Sudralib yuruvchilardan timsohlar, ilonlar 
va toshbaqalar keng tarqalgan. Shri-Lanka florasi va faunasini muhofaza qilish 
uchun botanika bog’lari, milliy bog’lar va qo’riqxonalar tashkil etilgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish