Birinchi yuzlik ichida sonlarni nomerlash ham ogzaki nomerlash va yozma nomerlashga bolinadi.
Bu vaqtda oquvchilar odatda 100 gacha sanashni biladilar. Bu sanash har bir onlikdagi sozlarning bir xildagi ketma ketligiga asoslanadi. Bundan oquvchilar texnik ravishda foydalanadilar. Buni bir onlikdan ikkinchi onlikga otishda oquvchilarning qiynalganligidan ham bilish mumkin. Masalan: 29, 39, 49 va hokazo sonlarga yetganda toxtalib qoladilar yoki mana bunday sanaydilar yigirma toqqiz, yigirma on va hokazo.
100 ichida sonlarni ongli suratda organish uchun oquvchilar bilimlarning onglik sistemasida gruppalanishlariga bogliq ekanini tushunishlari kerak. Shuning uchun sanashni shunday korsatmali qurollar yordamida olib borish kerakki, oquvchilar ikki xonali sonlarning onlik tarkiblarini oydinlashtirib borishga imkon bersin. Bunday korsatmali qurollarga gugurt choplari va 100 santimetrlik uzunlikdagi lenta bolishi mumkin.
Bunday korsatmali qurollardan foydalanish quyidagicha boladi:
1. 100 tagacha narsalarni sanashda har bir oquvchining stoli ustida yetarli miqdorda gugurt choplari yoki boshqa choplar bolishi kerak. Oquvchilar ongacha sanaydilar va onlikni boglaydilar. Sanashni yigirmagacha davom ettiradi va ikkinchi onlikni boglaydilar. Sanashni yana davom ettiradilar. Yani, yigirma bir, yigirma ikki, yigirma uch va hokazo yigirma toqqizga etguncha sanaydilar. Yana bir chop oladilar va yangidan yana bir onlik toplanganligini anglaydilar. Dastlan bu onlikni boglaydilar. Oqituvchining yonaltiruvchi rahbarligida oldin ikkita onlik yigirma hosil bolgan edi. Endi bizda uch onlik hosil boldi yoki ottiz hosil boldi. Sanoqni yana tortinchi onlik tolgincha davom ettiramiz. Tort onlik yoki qirq boldi. Tortinchi onlikni ham boglab, sanashni davom ettiramiz. Har bir yaxlit son ustida toxtalib otiladi va nihoyat toqqizinchi onlik tolgincha davom ettiramiz va bitta chop qoshamiz oninchi boglamni hosil qilamiz. On onlik yoki 100 boladi.
Sonlarni 100 ichida sanash organilgandan keyin, yaxlit onliklarga toxtalish lozim. Chunki bular asosan yangi nomlar bilan atalgan bolib, oquvchilar yaxshi ozlashtirib olishlari kerak. oquvchilar oldida sanash jarayonida hosil bolgan boglam choplar turadi. Oquvchi 2 onlikni, 3 onlikni, 4 onlikni, 5 onlikni va hokazo larni korsatishni va boshqacha aytishni taklif qiladi. Oquvchilar 3 boglamni korsatib bu ottiz, 5 boglamni korsatib bu ellik va hokazo. Shuningdek, 30 bu 3 boglam (3 onlik), 40 bu 4 boglam (4 onlik) va hokazo.
Ikki xonali sonlarning onli tarkiblarini organishda quyidagi ikki gruppa mashqlardan foydalaniladi:
Ikki xonali sonlarning onliklar va birliklardan tuzilganligi;
Ikki xonali sonlarni onliklar va birliklarga ajratish;
Birinchi gruppa mashqlar onliklarni birliklarga maydalash bilan bogliq, ikkinchi gruppa mashqlar esa birliklarni onliklarga aylantirish bilan bogliq. Bu mashqlar ham oldingi mashqlarning davomi hisoblanadi.
Oqituvchi oquvchilardan 2 onlik va 6 birlikni korsatishni soraydi. Oquvchilar 2 boglam va 6 ta ayrim chopni korsatadilar. Bu sonni boshqacha qanday atash mumkin? deb oqituvchi soraydi. Shunda oquvchilar yigirma olti deb javob beradilar. Oqituvchi savol berishni davom ettiraveradi qachonki oquvchilarda ikki xonali sonlarning tarkiblari haqida konikma va malaka hosil bolguncha. Bu savollarni teskariga ham berish mumkin. Masalan: yigirma tort, qirq sakkiz, ottiz ikki va hokazo savollarni berish mumkin. Oquvchilar ikki onlik tort birlik, 4 onlik va sakkiz birlik va hokazo javoblarni beradilar.
Yozma nomerlash. Oquvchilar ikki xonali sonni onlik va birliklardan tuzishni yoki sonni onlik va birliklarga ajratishni ozlashtirib olsalar. Bu sonlarni qoshish va yozish qiyinlik qilmaydi. Shuningdek ikkinchi onlikni yozish va oqish tajribasiga ham egalar. Onlik sonini chapda birlik sonini ongga yozilishini oquvchilarga takrorlash lozim. Shu maqsadda ortasidan bolingan sanoq jadvalidan gugurt choplaridan, kesma raqamlardan foydalanish mumkin.
Sonlarni yozishni korsatish uchun oqituvchi biror ikki xonali sonni xonalari boyicha aytadi. Masalan: 3 onlik 5 birlik. Oquvchilar buni onlik boglamlar va ayrim choplardan tuzadilar. 3 boglamni onliklar yozilgan chap tomonga qoyadilar,ayrim 5 chopni esa birliklar deb yozilgan ong tomonga qoyadilar.
-
Onliklar ostiga 3 raqamini, birliklar ostiga 5 raqami yoyadilar. Sonni soz bilan ottiz besh deb aytadilar va uni oz daftarlariga raqam bilan yozib oladilar.
Oqituvchi ikki xonali sonlardan yaxlit onliklarni yozishni orgatadi. Masalan: 5 onlik. Oquvchilar bu sonni onlik boglamlardan tuzadilar, uni jadvalning chap tomoniga yozadilar. Bunda ong tomon bosh qoladi bunga 0 qoyadilar.
-
Hosil bolgan sonni aytadilar va raqam bilan yozadilar.
Sonlarni oqish uchun oqituvchining taklifi bilan jadvalning chap tomoniga 6 raqami, ong tomoniga 4 raqamini qoyadilar.
-
6 raqami nimani korsatadi? 6 onlikni.
4 raqami nimani korsatadi? 4 birlikni. oltmish tort boladi.
Demak, ko`rinib turibdiki, 21-100 va 11- 20 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish ko`pgina o`xshashliklarga ega ekan. Bunda xona va xona sonlarini tarkib toptirsh yanglikdir. (Xona soni - biror xona birliklaridan iborat bo`lib, ular 9 ta dan ortmaydi; 100 ichida esa bu sonlar yo faqat birliklardan yoki faqat o`nliklardan tuzilgan sonlardan iborat). I xona birliklari va II xona birliklari sonlarning o`nli tarkibini tahlil qilish jarayonida ta'rifsiz, amaliy ravishda kiritiladi. Masalan: 46 sonda 4 o`nlik va 6 birlik bor deyiladi. Buni boshqacha: 46 son I xonaning 6 birligi va II xonaning 4 birligidan tashkil topgan deyish ham mumkin.
Xona soni tushunchasini egallab olish uchun o`quvchilar bilan 1, 2, 3
. 9, 10, 20
. 90 kabi xona sonlari yozilgan kartochkalar yasash foydali. Bu kartochkalar yordamida istalgan ikki xonali sonni belgilash mumkin. Masalan: 7 soni yozilgan kartochkani 10 sondagi birlik ustida qo`yib 17 sonini hosil qilinadi. Teskari topshiriqlar ham berish mumkin: 42 va 24 qaysi xona sonlaridan tashkil topgan?
(42=40+2, 24=20+4)
50+7, 48-40, 37-7 kabi qo`shish va ayirish hollari uchun ham kartochkalarni qo`llash mumkin.
Kartochkalar bilan bajariladigan bunday amaliy ishlar har qanday sonni xona sonlarining yig`indisi shaklida tasvirlashdek muhim operatsiyani o`zlashtirib olishning asosi bo`lib qoladi (67=60+7,
). Shuni aytib o`tish kerakki, bu bosqichda sonlar ikki sonning yig`indisiga namunaga qarab almashtiriladi, xona qo`shiluvchilari termini keyin kiritiladi. Bu bilimlar qo`shish va ayirishni o`rganishda mustahkamlanadi.
100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak:
1. 100 ichida sonlarning nomlarini o`zlashtirish; ular o`nlik va birliklardan qanday hosil bo`lishini tushunish:
2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish:
3. 100 ichida sonlarni yozish va o`qiy olish; o`ngdan chapga sanalganda birlik va o`nмliklar qaysi o`ringa yozilishini o`zlashtirish.
4. Natural ketma-ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo`shish va ayirishni bilish (39+1,50-1…), shuningdek sonlarning o`nli tarkiblarini bilganlik asosida qo`shish va ayirishni bilish (60+5, 85-5, 54-50...), sonlarni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan almashtirish malakasini egallab olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |