O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti Pedagogika fakultеti Boshlang`ich ta'lim metodikasi kafеdrasi



Download 12,33 Mb.
bet83/374
Sana04.07.2022
Hajmi12,33 Mb.
#739328
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   374
Bog'liq
2 5296572958125329659

III. Bu bosqichda 100 dan 1000 gacha bo`lgan sonlar bilan tanishtiriladi. O`quvchilar 0 lar bilan tugaydigan (100, 200,…900) uch xonali sonlar bilan oldindan tanish bo`lganligi uchun har ikki qo`shni sonlar orasidagi bo`shliqni to`ldirish kerak.
Shu maqsadda eng oldin qatorda navbatdagi har bir son qanday hosil bo`lishini, bir necha mashq bajarish yo`li bilan takrorlash kerak.
a) Yuzlikda nechta birlik bor? 4 yuzda-chi?
b) 100 da nechta o`nlik bor? 400 dachi?
v) 1000 da nechta yuzlik bor? 5000 dachi
g) 200 so`mda necha tiyin bor? 300 so`mdachi?
d) 200 sm necha metrni tashkil qiladi? 600 sm chi?
Shundan keyin bolalarga qatorg a 100 sondan keyin keladigan sonlarning hosil bo`lishini (101, ) ko`rsatish kerak, hamda bir sondan ikkinchi songa o`tishning qiyin hollari 198, 199, 200, 201 hollarini oydinlashtirib olish kerak.
Ko`rsatma qo`llanma sifatida “ming lentasi” va ruletkadan ham foydalanish mumkin.
IV. Bosqichda uch xonali sonlar o`nli tarkiblarini, ya'ni ularning yuzliklaridan, o`nlik va birliklardan hosil bo`lishini qarash kerak. Ko`rsatma qo`llanma sifatida «cho`p va cho`plar dastasi», «kvadratlar va poloskalar» dan foydalanish mumkin. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga 3 ta kichkina kvadrat (birlik) 2 ta poloska (o`nlik), 5 ta katta kvadrat olishni buyuradi va hosil bo`lgan sonni aytishni so`raydi. (523) yoki teskari mashqlar bajariladi: 231 aytiladi, o`quvchilar tegishli poloska va kvadratlarni qo`yishadi.
Bu mashqlarni bajarish natijasida o`quvchilar quyidagicha savollarga javob berishni o`rganib olishlari kerak:
1) Quyidagilardan iborat sonni ayting. 4 yuzlik 5 o`nlik 2 birlik.
2) 452 sonida nechta yuzlik, o`nlik va bi rlik bor?
Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim xonalarda raqamlari yo`q sonlar o`quvchilarga qiyinlik qiladi. (501, 804, 600…). Bu sonlarni qarashda ko’rsatmalilikdan foydalanishga ko’proq ahamiyat berish kerak.
Uch xonali sonlarning o’nli tarkibini o’rganishdagi bilimlarni mustahkamlash uchun «Jonli nomerlash» o`yinidan foydalanish maqsadga muvofiq: Doskaga uchta o`quvchi chiqariladi, ular bir qator bo`lib turishadi. Ularning har biriga hamma raqamlar nabori beriladi. Birinchi o`quvchi yuzliklar sonini, ikkinchi o’quvchi o`nliklar sonini, uchinchi o`quvchi birliklar sonini ko`rsatishi kerak. Masalan: o`qituvchi 308 sonini aytadi. O`quvchilar esa mos ravishda 3, 0, 8 raqamli kartochkalarni ko`tarishadi. 200+30+5, 430-30 kabi misollarni yechishda uch xonali sonning o’ngli tarkibidan foydalaniladi.
V. Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirishga va aksincha almashtirishga bog`liq bo`lgan mashqlar ham uch xonali sonlarning o`nli tarkiblarini o`zlashtirishga yordam beradi: Masalan:
1) 2 m necha sm ga teng? 3 m- chi? 5 metrchi?
2) 400 sm necha m ga teng? va hokazo.
Shu bosqichda o`quvchilarni biror berilgan uch xonali sondagi birliklarning umumiy sonini, o`nliklarning umumiy sonini aniqlashga o`rgatish kerak. O’qituvchi ko`rgazmalilikdan foydalanib, o’quvchilarga 257 sonida 5 ta alohida o`nlik borligi, ammo hamma o`nliklarni hisoblasak, ya'ni yuzliklardagi o`nliklarni ham hisoblasak, u holda berilgan sonda 25 ta o`nlik bor ekanligini tushuntirish kerak. bundagi hamma birliklar 257 ta bo’lishi ham shunga o’xshash tushuntiriladi.
Yozma nomerlash. Agar o’quvchilar yuzliklar, o’nliklar va birliklardan uch xonali son tuzishni bilsalar va uch xonali sonni yuzliklar, o’nliklar va birliklarga ajrata olsalar. U vaqtda bunday sonlarni yozish va o’qish o’quvchilarga qiyinlik qilmaydi. Uch xonali sonlarni yozma nomerlashni o’rgatish o’quvchilar birlarni o’ngdan birinchi o’ringa, o’nlar ikkinchi o’ringa yuzlarni uchinchi o’ringa va minglarni to’rtinchi o’ringa yozilishini anglashi kerak. Shuningdek,

mingliklar

yuzliklar

O’nliklar

birliklar













Davom ettiradilar. So’ngra o’nliklar bilan yuz o’ttiz, yuz qirq, yuz ellik, yuz oltmish va hokazo ta yuz to’qsongacha sanash mumkin. O’quvchilar ikkinchi yuzlikning oxirgi sonlarini, yani 199 soniga yetguncha ketma – ket aytadilar. Lentada undan keyingi santimetrni ko’rsatadilar. Bu ikkita yuzlik yoki ikki yuz bo‘lganini tushunadilar. O’quvchilar ikki yuz so’zini o’zlashtirganidan keyin, sanashni oldin bittalab, so’ngra o’nliklar bilan uchinchi yuzlikning oxriga kelib uchta yuzlik yoki uch yuz hosil bo’ladi. Shunday qilib o’quvchilarsanashni 10 yuzga yetguncha davom ettiradilar va 10 yuzlikni boshqacha bir ming deb aytiladi. Yuzlik tushunchasini, sanoq birligi tushunchasi bilan mustahkamlash uchun o’quvchilarga oraliqdagi sonlarni uch xonali sonlarni yozma nomerlashga tayyorlash maqsadida ikki xonali sonlarni yozma nomerlashni takrorlash kerak. «Son», «Raqam» raqamlarning o`rin qiymati, xona birligini takrorlovchi bir qancha mashqlar bajariladi. Uch xonali sonlarni yozma nomerlashni o`rganishga oid ishni ko’rgazmali jadvalda kvadratlar yoki cho`plar yordamida tasvirlarini qarashdan boshlash kerak. Bunda cho`plar va kvadratlar tegishli xona nomlari tagiga qo`yiladi. Masalan, 235 sonini tasvirlash uchun «yuzlik» grafikasi 2 ta katta kvadratni, «o`nlik» grafikasiga 3 ta poloskani va birliklar grafikasiga 5 ta kichik kvadratni joylashtirish kerak.
Shu joyning o`zida sonlarni sonli kar tochkalar yordamida tasvirlashni o`rgatish kerak. O`quvchilarda 0, 1, 2,…9, 10, 20 90, 100, 200…900 sonlari yozilgan kartochkalar nabori bo`lsa, undan foydalanib 637 sonini tasvirlash uchun 600 soni yozilgan kartochka olinadi, uning yoniga 30 soni yozilgan kartochka 2 ta nolni berkitadigan qilib qo`yiladi, uning ustiga 7 raqamli kartochka 30 raqami nolini berkitadigan qilib qo`yiladi.
300+8, 740-40, 960-900, 400+0+ kabi misollarni kartochkalardan foydalanib yechish mashqlari bajariladi.
Bir xonali, ikki xonali sonlar deb qanday sonlarni aytishni takrorlab, so`ngra uch xonali son tushunchasi bilan tanishtiriladi. Sonlarni yozilishida nollarga ko`proq e'tibor beriladi. Nol raqami biror xona birligi yo`qligini bildirishi aniqlashtiriladi. O`quvchilar 1, 2, va 3 - xona birligi tushunchasi bilan tanishadi. O`ngdan chapga hisoblaganda yuzliklar uchinchi o`ringa yozilishi bilib olish kerak. 1000 soni yozilishi ko`rsatiladi.
Mustahkamlash maqsadida quyidagicha mashqlarni bajarish lozim:
1) Sonlarni yozing, o`qing. 1986, 408, 699, 700, 1000.
2) Uch yuz bir soni yozilishini tushuntiring.
3) 696 bilan 703 sonlari orasidagi sonlarni yozing.
4) 5,7,9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo`lgan hamma uch xonali sonlarni yozing, har bir sonni yozishda raqamlardan faqat bir marta foydalaning.
5) Ushbu 635, 63, 306, 666 sonlari yozilishida 6 raqami nimani bildiradi?
6) 6 yuzlik 1 birlikdan iborat sonni yozing.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishlari kerak.

  1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilishi, sonlar qatorida har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo’lishini, har bir berilgan son bevosita o’zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va o’zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishlari kerak.

  2. Har bir sonning sonlar qatoridagi o’rnini bilish kerak.

  3. Raqamlarning o’rin qiymatini bilgan holda sonlarni o’qish va yoza olishi kerak.

  4. Sonni uning xona qo’shiluvchilarining yigindisi bilan almashtira olish kerak.

  5. Sonlarning naturol ketma – ketligi va o’nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo’shish va ayira olish kerak.


Download 12,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish